Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari
Download 3.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция 6 osd9d3c
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
- Ключевые слова
* * *
jo‘rayev Narzulla, O‘zDJTU kafedra mudiri, siyosiy fanlar doktori, professor. OILA – MILLIY QADRIYATLAR BESHIGI Annotatsiya. Ushbu maqolada oila fenomenining milliy qadriyatlar tizimini shakllantirishdagi o‘rni, oilaviy qadriyatlarning ijtimoiy hayot taraqqiyotida, yoshlarni milliy g‘oya, milliy va umuminsoniy axloq asosida tarbiyalashda oilaning roli yoritib berilgan. Muallif Sharqda oilaning o‘zi asosiy qadriyat ekanligiga e’tibor qaratgan. Kalit so‘zlar: oila, Sharq, milliy qadriyatlar, yoshlar tarbiyasi, milliy va umuminsoniy qadriyat. Аннотация: В статье освещается роль феномена семьи в формировании системы национальных ценностей, роль семьи в формировании семейных ценностей в общественной жизни, воспитании молодежи на основе национальных идей, национальной и общечеловеческой морали. Автор отмечает, что на Востоке семья является основной ценностью. Ключевые слова: семья, Восток, национальные ценности, воспитание молодежи, национальные и общечеловеческие ценности. Annotation: This article highlights the role of the family phenomenon in the formation of the national value system, the role of the family in the development of family values in social life, educating young people on the basis of national ideas, national and universal morality. The author points out that in the East, the family itself is a core value. Keywords: family, East, national values, youth upbringing, national and universal values. Sharqda azaldan oila ijtimoiy mohiyati bilan o‘ziga xos qadriyat hisoblanadi. U avlodlar davomiyligining, shajaralar uzviyligining o‘ziga xos ko‘rinishidir. Ayni paytda erkak va ayolning birgalikdagi hayotiy taqdiri, saodatli turmushi, hayot farog‘ati va orzu-umidlarning mo‘tabar maskani hamdir. Ana shu maskan qanchalik mehrli, muhabbatli, ezguliklarga yondosh, yaxshiliklar, muruvvat va saxovatlarga asoslansa, u sog‘lom va mustahkam oila muhitini vujudga keltiradi. Bu muhit o‘zining ma’naviy-axloqiy yеtukligi bilan erkak va ayolning o‘zaro munosabatlaridagi holatdan kelib chiqib, oilani muqaddas maskanga – avlodlar va sulolalar qo‘rg‘oniga aylantiradi. Albatta, ikki yoshning qovushishidan iborat holat bu hali to‘laqonli oila emas. Muhabbatli hayotning, birgalikdagi turmushning dastlabki ko‘rinishi, xolos. Farzand tug‘ilgach tom ma’nodagi oila vujudga keladi. Farzand – oilaning mustahkam tayanchi. Uning butun og‘irligi-yu zavqli tomonlarini uyg‘unlashtirib turadigan, ota-onani kelajakka qat’iy ishonch bilan qarashga da’vat etadigan qudratli kuchdir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling