Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari


“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”


Download 3.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet181/270
Sana28.10.2023
Hajmi3.48 Mb.
#1732433
TuriСборник
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   270
Bog'liq
Конференция 6 osd9d3c

“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
154
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda hamkorlikda oilalarda tashkil etiladigan ma’naviy-ma’rifiy 
ishlarni yakka, guruhli, jamoaviy, ommaviy shaklda tashkil etish, yoshlar, ota-ona, tarbiyachi-o‘qituvchi, 
jamoatchilikning ijtimoiy ehtiyoji, talablari, ta’lim muassasasi xarakteri, mintaqa hamda hududning ma’naviy-
madaniy manfaatlari, geografik joylashuvi hamda demografik vaziyatni inobatga olish muhim ahamiyat 
kasb etadi. 
Xulosa. Shunday qilib, zamonaviy oila va uning ma’naviy-axloqiy asoslarini takomillashtirishda 
innovatsion tarbiya texnologiyalardan keng foydalanish maqsadga muvofiqdir. Jumladan, multimedia 
resurslari, o‘quv va badiiy adabiyotlar, elektron axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, maxsus teleradio 
rukunlari va reportajlar, ijtimoiy loyihalar, ilmiy-ommabop, badiiy va multiplikatsiyaviy va hujjatli filmlar, 
elektron ta’lim resurslari, ma’sus interaktiv veb loyihalar, audivizual va boshqa vositalaridan foydalanish 
o‘zining samarasini berishi muqarrar.
Zamonaviy oilani shakllantirish samaradorligini ta’minlashda foydalaniladigan tarbiya metodlarining 
rang-barangligi muhim rol o‘ynaydi. Olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlarning maqsadi, mazmuni, 
tematikasi va xarakteriga ko‘ra savol-javob, kichik guruhlarda ishlash, hikoya, davra suhbati, munozara, 
klaster, aqliy hujum va boshqa metodlarlardan foydalanish ijobiy samaralar beradi. 
Jumladan, jamoatchilik fikrini o‘rganish, ta’lim-tarbiya natijalarini monitoring qilish, uning mazmunini 
takomillashtirish, ish shakl va metodlarini to‘g‘ri tanlashda muhim rol o‘ynaydi. Buni o‘rganishning 
metodologik asosini aniqlash; mazmunini va tamoyillarini belgilash; samarali metodlarni tanlash; tahlil 
etish, xulosa chiqarish, tavsiyalar berish yo‘llarini aniq belgilab olmoq lozim.
Zamonaviy oilani rivojlantirish, oilada ichki munosabatlar, shaxslararo munosabatlarni, boy madaniy 
tarixiy meros va an’anaviy oilaviy qadriyatlar muammolari bo‘yicha fundamental, amaliy va innovatsion 
tadqiqotlarni o‘tkazish, ularning ma’naviy-axloqiy asoslarini mustahkamlash, yoshlarni oilaviy hayotga 
tayyorlash kabi ustuvor masalalar bo‘yicha muhim natijalarga erishiladi.

Download 3.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling