Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari
Download 3.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция 6 osd9d3c
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iogann Gyote Audiatur et altera pars (Ikkinchi tomon ham eshitilmog‘i darkor) Qadimgi yunon aforizmi
- “Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami 157
Keywords: exponential development, paradigm, competencies, mediation, conflict management.
Yod olingani emas, foyda beradigani ilmdir. Imom Shofe’iy Inson uchun bilim olishning o‘zi kifoya emas, bilimni taraqqiyot yo‘lida sarflamoq kerak. Iogann Gyote Audiatur et altera pars (Ikkinchi tomon ham eshitilmog‘i darkor) Qadimgi yunon aforizmi Eksponensial taraqqiyot, murakkab ijtimoiy xususiyatga ega informatsion jamiyat, to‘rtinchi sanoat inqilobi, yuqori sur’atlarda axborot almashinuvi, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar transformatsiyasi, siyosiy va ekologik xatarlar – XXI asrning evolyutsion paradigmasi inson, jamiyat hamda ta’lim oldiga yangi vazifalarni qo‘ydi, xususan, ta’lim nazariyasi va metodologiyasini qayta ko‘rib chiqish, gumanistik g‘oyalarni generatsiya qilish, postmodernistik jamiyatda yashash ko‘nikmalarini egallash, shaxsning o‘z-o‘zini rivojlantirishni taqozo etdi. “Lifelong learning” – “umr davomida ta’lim olish” konsepsiyasining paydo bo‘lgani bejiz emas. XXI asr ko‘nikmalari yo‘lida hamkorlik tashkiloti (Partnership for 21 st Century Skills) tomonidan XXI asrda insoniyatning barcha sohada muvaffaqiyatli faoliyati uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalar qatorida quyidagi ijtimoiy kompetensiyalar sanab o‘tilgan. – liderlik (peshqadamlik) ko‘nikmalari; – shaxslararo va muammolarni hal qilish ko‘nikmalari yordamida boshqalarga ta’sir ko‘rsatish va ularni maqsad sari yo‘naltirish; – boshqalar bilan tegishli va mahsuldor tarzda ishlash; “Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami 157 – guruhlarning jamoaviy aqliy qobiliyatidan zarur hollarda foydalanish; – yangilik kiritish va ish sifatini oshirish maqsadida madaniyatlar orasidagi tafovutni bartaraf etish va turlicha nuqtayi nazarlardan foydalanish; – tolerantlik. Ushbu muhim kompetensiyalar qatoridan nizolarni samarali hal qilish, nizoni boshqarish kabilar ham o‘rin olgan 78 . XXI asrda uzluksiz shaxsiy va kasbiy kamolot hamda o‘zgarib, rivojlanib borayotgan dunyoning talablariga moslashishning samarali shakllaridan biri bu shaxslararo nizolarni samarali boshqarish ko‘nikmalaridir. Xristof Besemer 79 , Vendi Suzuki (Wendy Suzuki) 80 , Liza Parkinson 81 , Rojer Fisher (Roger Fisher), Uilyam Yuri (William Ury) 82 , Anita fon Xertel 83 , Garold Abramson 84 tadqiqotlarida shaxs uyg‘un rivojlanishining omillari, inqirozlarni samarali bartaraf etish orqali shaxsiy rivojlanish muammolari tadqiq qilingan. Nizo (ixtilof, nifoq, mojaro, ziddiyat, qarama-qarshilik, kolliziya, konflikt) zamonaviy dunyoning ajralmas elementi hisoblanadi. Nizolar ijtimoiy hayotning etnik, irqiy, milliy, oilaviy, mehnat, tijorat, biznes, g‘oyaviy-mafkuraviy munosabatlarga oid masalalarida yuzaga kelishi mumkin. Zamonaviy ta’lim paradigmasi kontekstida O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab- quvvatlash vazirligi huzuridagi “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot institutida ham xodimlarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish, faoliyatga ilg‘or g‘oya va innovatsiyalarni implementatsiya qilish yo‘lida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, mutaxassislar xalqaro hamda hududiy miqyosda konferensiya, intensiv kurslar, timbilding, treninglarda ishtirok etib, zamonaviy bilimlarni o‘zlashtirmoqda. Buning mahsuli o‘laroq mutaxassislarda zamonaviy korporativ muhit va unga qo‘yilayotgan talablar haqida yaxlit kartina shakllanmoqda. Xususan, mahalla va oila instituti sohasida zarur ko‘nikmalardan biri jamiyatda va oiladagi shaxslararo munosabatlarda kelib chiqadigan nizolarni bartaraf etishga qaratilgan konflikt-menejment hamda mediativ texnikalarni rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-fevraldagi “Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5938-sonli farmonida mahalla va oila tizimi oldida turgan eng muhim vazifalar qatorida oilalar va mahallalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, oila institutini mustahkamlash, notinch va muammoli oilalarga manzilli ko‘maklashishni tashkil etish, xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, yordamga muhtoj bo‘lgan va og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam ko‘rsatish kabilar belgilangan. Farmon bilan tasdiqlangan “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyiliga asoslangan tizimni samarali joriy etish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ning 21-bandida “oila institutini yanada mustahkamlash va Download 3.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling