darajasidan ham afzal amal haqida gapiraymi? Bu amal – odamlar orasini yaxshilashdir, chunki odamlar
oralarining buzilishi bor diyonatni yo‘q qiladi”, deya marxamat qilinadi. Va yana aytiladiki, “Musulmonga
o‘z birodaridan uch kechadan ortiq arazlash halol emas” (Abu Ayub Ansoriy roziyallohu anhudan rivoyat
qilinadi). Turli nizo va bahslarni hal etishda mahalla, urug‘-aymoqlar, oilaning kattalari va qarindoshlar
aralashuvi va ko‘magiga tayanilgan.
Xalqimizda vositachilikning qozi, oqsoqol, dallol, miyonchi, sovchi kabi o‘ziga xos shakl va elementlari
mavjud bo‘lgan. Xususan, qozilik mansabiga obro‘-e’tiborga sazovor shaxslar tayinlangan. Qozilarni
tayinlashda quyidagi qoidaga amal qilingan: “Qozida besh xislat bo‘lsa, u mukammal bo‘ladi: o‘zidan
oldingilar ilmini o‘rganish, ta’madan saqlanish, tomonlarga nisbatan halimlik, imomlarga iqtido qilish
va ahli ilm bilan maslahatlashish”.
Burhoniddin Marg‘inoniy “Hidoya” asarida vositachilikning tabiati
haqida so‘z yuritib, hakamlik qilishga rozilik bildirgan shaxs qozilarga xos barcha fazilatlar egasi bo‘lishi
lozimligini ta’kidlaydi: “Mabodo ikki odam birovni hakamlikka loyiq ko‘rib, uning chiqargan qaroridan
mamnunlik izhor etgan ekan, bu qaror shak-shubhasiz haqiqiydir”.
Zamonaviy ko‘rinishdagi mediatsiya XX asrning o‘rtalarida AQSH, Buyuk Britaniyada tarkib topgan.
Bugungi kunga kelib, mediatsiya nizolarni hal etishning eng keng tarqalgan alternativ usuli hisoblanib,
fuqarolik jamiyatining muhim elementi sifatida deyarli barcha rivojlangan davlatlar amaliyotida qo‘llanadi.
BMT Bosh Assambleyasining 2018-yil 20-dekabrdagi Rezolyutsiyasi asosida
“BMTning mediatsiya
natijasida xalqaro tinchlik kelishuvlari to‘g‘risidagi konvensiya”si qabul qilingan. BMT xalqaro savdo
huquqi bo‘yicha maxsus Komissiyasi tomonidan
Do'stlaringiz bilan baham: |