“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
158
ishlatiladi
86
. Zamonaviy jamiyatlarda ijtimoiy, iqtisodiy, shaxslararo munosabatlarning rivojiga xizmat
qiladigan va ijtimoiy tizimning barcha shakllarida – oila, iqtisodiyot, ishlab chiqarish, mehnat bozori, davlat
ma’muriy amaliyotida keng qo‘llaniladigan, hayotdagi turli xil nizolarni tinchlik, muzokara va murosa
yo‘li bilan hal etishning ilg‘or va muqobil usuli mediatsiyadir. Mediatsiya ingliz tilidan tarjima qilinganda
“vositachilik” ma’nosini anglatadi.
Keyingi yillarda oila sohasida olib borilayotgan tadqiqotlar oilalarning mustahkamligiga salbiy ta’sir
ko‘rsatuvchi omillardan bo‘lgan oilaviy nizolarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda nizolar preventsiyasi
mutaxassislarning nizo predmetini tushunish, nizolar bilan ishlash sohasida nazariy bilim va amaliy
kompetensiyalarni, xususan, mediativ ko‘nikmalarni (faol tinglash, empatiya, konstruktiv dialog, refreyming,
murosaga keltirish va h.k.) o‘zlashtirganiga ham bog‘liqligini ko‘rsatadi.
Ijtimoiy, fuqarolik va huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarni sudgacha hal etish mexanizmi
sifatida mediatsiya, ya’ni maxsus vositachi — mediator ishtirokida nizolashuvchi tomonlarni suddan tashqari
tartibda yarashtirish usullari xorijiy davlatlar tajribasida uzoq yillardan beri qo‘llanib kelinadi. Endilikda
mediatsiya milliy qonunchilikdan ham munosib o‘rin egalladi. U kelib chiqqan nizoni taraflarning o‘zaro
maqbul qarorga erishish maqsadidagi ixtiyoriy roziligi asosida, xolis bo‘lgan shaxs, ya’ni mediator ko‘magida
hal qilish usulidir. Uchinchi shaxs ko‘magida nizolarni hal qilish usullari qadim tarixga ega bo‘lib, jumladan,
Shumerlar davlati, Mesopotamiya, Yunoniston, Hindiston, Misr, Rimda bahs-munozaralarni hal qilish
uchun aynan vositachilik texnologiyasidan foydalanilgan.
Milliy tariximizda qadimdan yurt tinchligi, el osoyishtaligini ta’minlash, ijtimoiy nizolarni hal qilishda
adolatli bo‘lishga alohida e’tibor bilan qaralgan. Hadisi Sharifda: “Sizlarga namoz, ro‘za va sadaqa
Do'stlaringiz bilan baham: |