Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari
“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
Download 3.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция 6 osd9d3c
“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami 153 – kiyinish, ota-ona bo‘lish, yashash tarzini tashkil etish, farzandlik, qarindosh-urug‘chilik burch va vazifalarini bajarishda sharqona odob-axloqdan keskin yiroqlik; – oiladagi har bir shaxsning o‘zi uchun individual turmush tarzi asosida hayot kechirishi; – bir jinsliklar turmushiga e’tiborsizlik; – oilalarning ma’naviy-axloqiy asoslarining qadrsizligi; – guruhli jinsiy aloqalar; – yoshlarni oilaviy hayotga tayyor bo‘lmasdan oila qurishi va boshqalar. Darhaqiqat, bunday salbiy ta’sirlardan xoli zamonaviy oila qurishning asosiy mezoni uning ma’naviy- axloqiy poydevor asosiga qurilishi hisoblanadi. Shundagina u mustahkam va baxtli bo‘lishi mumkinligini tadqiqotlar va hayotiy tajriba ko‘rsatmoqda. Zamonaviy oilaning ma’naviy-axloqiy asoslari umuminsoniy va milliy qadriyatlar hisoblanadi. Chunki oilaning ma’naviy-axloqiy negizlarini yanada rivojlantirish, azaliy qadriyatlarini asrab-avaylash va mustahkamlash zamirida jamiyatning ma’naviy takomilligiga erishiladi. Oilada ma’naviy muhitni keng qaror toptirish, milliy mentalitetimizga mutlaqo yot bo‘lgan turli xil zararli ta’sirlarga qarshi turish oilaning jamiyatdagi o‘rni va ahamiyatini yanada oshiradi. Uning asosiy manbalari quyidagilardan iboratdir: – Sharq va G‘arb mutafakkirlari merosida bayon etilgan oila borasidagi qarashlari; – xalq og‘zaki ijodi namunalari; – milliy va umuminsoniy moddiy va ma’naviy qadriyatlar; – oila ma’naviyatini takomillashtirish borasidagi huquqiy-me’yoriy hujjatlar (Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan qonunlar, ratifikatsiya qilingan xalqaro huquqiy-me’yoriy hujjatlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon, qaror va farmoyishlari,Vazirlar Mahkamasining qarorlari, vazirlik va idoralarning me’yoriy hujjatlari, mutaxassis-olimlarning ilmiy-metodik asarlari va b.); – adabiyot va san’at asarlari; – OAV materiallari, teleradio ko‘rsatuv va eshittirishlari; – hayotiy ilg‘or xalqaro va milliy tajriba. Mazkur manbalar asosida zamonaviy oilaning quyidagi ma’naviy-axloqiy mezonlari takomillashtiriladi: oilaning muqaddasligi, oilaviy-huquqiy madaniyat, oilaviy hayot psixologiyasi, oila iqtisodi va budjeti, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash masalalari, ro‘zg‘orshunoslik sirlari, oila gigiyenasi, reproduktiv salomatlik va jinsiy tarbiya asoslari, sog‘lom turmush tarzi (kiyinish, ovqatlanish, shaxsiy gigiyena, jismoniy salomatlikni saqlash) qoidalariga amal qilish, kundalik hayot tartib-qoidalariga rioya etish, har qanday vaziyatda o‘zini tuta bilish, kamtarlik, sabr-toqatlilik, saranjom-sarishtalilik, orastalilik, sermulohazalilik, odob doirasida so‘zlash, turli noaxloqiy illatlardan xolis bo‘lish, e’tiqodlilik, ongli intizom, milliy iftixor tuyg‘usiga ega bo‘lish, yurish-turish, xatti-harakat qoidalariga, milliy oilaviy qadriyatlarga muhabbat, ro‘g‘orshunoslik madaniyatiga amal qilish, kattalarga izzatda va kichiklarga nisbatan e’tiborda bo‘lish, adabiyot va san’atga muhabbatni namoyon etish, turli millat urf-odatlari, an’analari, tili, dini va madaniyatiga hurmat, bag‘rikenglik, mehnat madaniyati, sog‘lom ma’naviy muhit tartib-qoidalari, kiyinish madaniyati, muloqot madaniyati, zamonaviy uy bekalari odob-axloq qoidalari, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash, ota-onalikning ijtimoiy-ma’naviy jihatlari, erta turmush, erta tug‘uruq, qarindosh-urug‘lar o‘rtasidagi nikoh, ajrimlar, oilada nizo, ziddiyat, zo‘ravonlik va tazyiqlarning sabablari va zararli oqibatlari, farzand tarbiyasi va uning o‘ziga xos xususiyatlari, еtimlik, shar’iy nikoh kabilarning salbiy oqibatlari va boshqalar. Demak, ma’naviy-axloqiy tarbiyaning maqsadi shaxsning insoniyat tomonidan qabul qilingan umuminsoniy va milliy odob-axloq qoidalarini zamonaviy ma’naviy mezonlar bilan uyg‘un holda kundalik hayotda, amaliy faoliyatda yaxlit tarzda o‘z xatti-harakati, xulq-atvori orqali ongli ravishda namoyon etish demakdir. Mazkur mezonlar ma’naviy muhiti sog‘lom yoki nosog‘lom; tinch yoki notinch; to‘liq yoki noto‘liq; ehtiyojmand; kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan; turli millatli, diniy e’tiqodli, ijtimoiy mavqega ega; ziyoli, ishchi-tadbirkorlar va boshqa toifa oilalarning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda takomillashtiriladi. Albatta, bu o‘rinda ota-onalar, mahalla fuqarolar yig‘inlari mutasaddilar va boshqa mutasaddilarning tashkilotchilik kompetentligi muhim rol o‘ynaydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling