Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari


Download 3.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet196/270
Sana28.10.2023
Hajmi3.48 Mb.
#1732433
TuriСборник
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   270
Bog'liq
Конференция 6 osd9d3c

Keywordsmakhalla, national games, value, games on mobile, activity, upbringing, spiritual environment.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-noyabrdagi “Aholining sog‘lom turmush 
tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 
735-sonli qarorida qayd etilgan muhim vazifalarni amalga oshirish maqsadida mahallalarda milliy o‘yinlar 
vositasida ijtimoiy faollikni oshirish, mahalla bolalari orasida milliy qadriyatlarimiz, milliy o‘yinlar va 
shaxs ijtimoiylashuviga ushbu o‘yinlarning ta’siri, hududlarda milliy o‘yinlarning tashkil etilishi nazariy va 
amaliy shart-sharoitlarini aniqlash lozim. Asosiy e’tibor o‘zbek mahallalarida milliy o‘yinlar mazmuni va 
tashkil etish metodikasi samaradorligini tekshirish, aniqlash imkonini beradigan metodikalarni tatbiq etish. 
Mahallangizda milliy xalq o‘yinlari tashkil etiladimi? Milliy xalq o‘yinlari qaysi paytlarda o‘tkazilishi kerak 
deb hisoblaysiz? Mahallangizda milliy xalq o‘yinlari tashkil etish uchun sharoit mavjudmi? va boshqa shu 
kabi qator savolnomalar asosida o‘rganish. 
Mahallalarda milliy o‘yinlar vositasida ijtimoiy faollikni oshirishning nazariy va amaliy masalalari
pedagogik shart-sharoitlarini ishlab chiqish masalalari M.Abrorov, S.Bulatov, O.Bo‘riyev, I.Jabborov, 
T.Javliyev, M.Inomova, Y.Ovlyakuliyev, N.Ortiqov, Q.Tohir, O.Usmonov, A.Madrahimov, I.Xayrullayev, 
M.Quronov, D.Ro‘ziyevalarning ishlarida xalq og‘zaki ijodi namunalari, milliy urf-odat, marosim va 
an’analarning mohiyati, ularda ilgari surilgan g‘oyalar, milliy madaniyat asoslari hamda ularning shaxs 
ma’naviyatini shakllantirishdagi o‘rni va roli ochib berilgan.
Mahallalarda milliy o‘yinlar bolalarning jismonan va ruhan sog‘lom etib tarbiyalash, mahalla 
bolalarida xalqimizga xos bag‘rikenglik, jamoaviylik, jipslik tamoyillarini qaror toptirishga ko‘maklashadi. 
Mahallalardagi milliy o‘yinlarni tashkil etish milliy qadriyatlar tarkibidagi xalqning eng sevimli ma’naviy 
tadbirlaridan biridir. Kurash, ko‘pkari (uloq), “Oq terakmi, ko‘k terak”, “G‘ozlar va oqqushlar”, “Kuchlilar va 
chaqqonlar”, “Arqon tortish”, “Quvlashmachoq” “Durra”, “Otib qochar”, “Uchtalik to‘ptosh”, “Xakkalakam 
sharti”, “Otambaqala-Qoqbosh”, “Ikki tosh”, “Yong‘oq urish”, “Beshtosh” kabi o‘yinlar vositasida shaxs 
ijtimoiy faolligi oshiriladi. Yurtimizda xalq milliy o‘yinlarini o‘rganish va ularni qayta tiklash bilan yoshlarning 
ma’naviy va jismoniy kamolotini tarbiyalashda ulardan maqsadli foydalanish amalga oshirib kelinmoqda. 



Download 3.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling