Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari
“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
Download 3.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция 6 osd9d3c
“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami 166 “Arg‘imchoq”, “Tortishmachoq”, “Oq terakmi ko‘k terak”, “Bekinmachoq” va shunga o‘xshash o‘yinlar yoshlikdan otalikka, onalikka, mehnatga, hayotga tayyorlov vositasidir. Shunday ekan, yurtimizda barkamol avlodni tarbiyalashda mahallalarda milliy xalq o‘yinlarini keng tatbiq etish orqali yoshlar ijtimoiy faolligini oshirishga erishiladi. Ularda mehr-oqibat, chidamlilik, zukkolik, chaqqonlik va shu kabi qator fazilatlar o‘yinlar orqali rivojlantirishga erishilishi qadimdan ma’lum. Asrlar osha avlod-ajdodlarimiz milliy o‘yinlarni o‘ynashgan va e’zozlashgan. Mahallada yoshi ulug‘ ota-onalar tajribasini yosh avlodga o‘rgatishning o‘zida ham tarbiyaviy jarayonga benihoya ta’sir etadi. “Ajdodlarimiz o‘z o‘yinlarida ovchilik, urush, dehqonchilik ishlarini aks ettirganlar. Ba’zi hollarda esa o‘yin mehnat qilish istagi orqali yuzaga keladi. Ayrim hollarda o‘z o‘yinida oldin kattalar mehnatiga taqlid qiladi, keyinchalik ularning mehnatida qatnashadi. Psixologlar o‘yinni bog‘cha yoshi davridagi yetakchi faoliyat deb hisoblaydilar. O‘yin tufayli bolaning yuqori rivojlanish bosqichiga o‘tishini ta’minlovchi sifatlar shakllanishini, ruhiyatda sezilarli o‘zgarishlar sodir bo‘lishini e’tirof etadilar” 87 . Mahallada, oilada bolalarning turli salbiy muhit ta’sirida qolmasligi uchun bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish uchun xalq milliy o‘yinlarining turli usullarini faol tatbiq etish zarur. Xalqimiz orasida, mahallalarda har bir faslga mos milliy o‘yinlar mavjud bo‘lib ular qadimdan o‘ynalib kelingan. O‘zbek milliy o‘yinlari hayotiyligi, har tomondan puxta o‘ylab yaratilganligi uchun ham katta-yu kichik va hatto xotin-qizlar tomonidan sevib o‘ynalgan. Ota-bobolarimiz o‘z farzandlarini qiyinchiliklar oldida dovdiramaslik, o‘z-o‘zini tahlil qilishga, qo‘rqmaslik ruhida tarbiyalab, uni yechishga o‘rgatganlar. Ko‘p yillar davomida yiqqan malakalariga tayanib, o‘z farzandlariga o‘yinlar orqali tarbiya berganlar va shuningdek, aqliy o‘yinlardan foydalanish yo‘l-yo‘riqlarini ko‘rsatganlar. Mehnatkash xalqimiz og‘ir mehnatdan keyin kishilar mahallada bir joyga to‘planib turli milliy o‘yinlar bilan mashg‘ul bo‘lganlar, madaniy hordiq chiqargan, dam olgan. Bu o‘yinlar orqali ular kayfiyatlarini ko‘targan, tetiklashib kuch to‘plab olgan. Fasllarga mos bo‘lgan o‘yinlarni butun-butun qishloqlar o‘ynab, o‘zlarini shod etishga harakat qilganlar. Bu o‘yinlar katta bayramlarga ulanib, o‘yinlarning rivojlanishiga katta yo‘l ochib bergan. Mahalla milliy o‘yinlarning keng rivojlantirish aholining sog‘lomlashtirish maskani bo‘lib, milliy o‘yinlar qadim-qadimdan milliy qadriyatlarimiz timsoli ularni rivojlantirishda aynan mahalla yoshlarining kundalik hayotida o‘z aksini topgan. To‘g‘ri, bugungi kunda mahallalar o‘rtasida milliy o‘yinlar turli sayllar, tadbirlar doirasida o‘tkazilib, musobaqalar tashkil etilmoqda. Mahalla yig‘inlarida targ‘ibot ishlari olib borilib, 87 Сиддиқов Б. Ҳаракатли ўйинларнинг вариантлари / “Алпомиш халқ ўйинлари ва миллий спорт турларини ривожлантириш муаммолари” мавзусидаги илмий-амалий анжуман материаллари. – Фарғона, 2000. – Б. 84. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling