“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
170
jarayonidir. Kasb egallovchi (tanlovchi) ehtiyoji, o‘qituvchi (murabbiy)ning kasbiy mas’uliyatidan kelib
chiqqan holda ilmiy-amaliy xususiyati yo‘llanmalar berish jarayonidir.
Maslahat o‘zining maqsadga yo‘llanganligi, izchilligi, obyektivligi, axborotlar bilan to‘yinganligi bilan
boshqa asosiy qismlardan keskin ajralib turadi.
Kasbiy saralash – muayyan kasbni muvaffaqiyatli ravishda egallab, o‘z oldiga qo‘ygan fuqarolik (xususiy)
burchini yuqori saviyada ado eta biladigan shaxslarni ajrata olishdan iborat jarayondir
94
.
Kasbiy bilimlar, shakllangan ma’lum ko‘nikmalar, malakalarga asoslangan holda tekshirish mezonlariga
suyanib omilkorlik bilan oqilona saralash o‘tkaziladi.
Saralash jarayoni o‘tkazilgandan keyin kasbiy moslashish davri boshlanadi. Odatda kasbiy moslashish
deganda, yosh kasb egalarining mutaxassislarning kasbiy faoliyatiga, uning shart-sharoitlariga, talablariga
muvaffaqiyatli ravishda moslashish (bir necha bosqichlardan iborat) jarayoni tushuniladi.
Kasb mohiyatiga kirishish, bilimlar, ko‘nikmalar, malakalar bilan tanishish, ularni egallash uchun oqilona
usullar tanlash, ulardan amaliyotda unumli foydalanish, shart-sharoitlarga odatlanish, mahorat qirralarini
o‘zlashtirish kabi muhim qismlar moslashish tarkiblarini tashkil qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 31-avgustdagi “Oliy, o‘rta maxsus va professional
ta’lim muassasalari o‘rtasida ta’lim jarayoni hamda tarmoq tashkilotlari bilan ishlab chiqarish
amaliyoti uzviyligini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5241-son qarori.
2. Карандашев В.Н. Психология введения в профессию. 2-е изд. –Москва: Смысл, 2003. – C. 22.
3. Jumayev U.S. O‘quvchilarni kasbga yo‘naltirishning ijtimoiy-psixologik asoslari. – Buxoro, 2002.
– B. 98-99.
4. Климов Е.А. Как выбирать профессию. – Москва: “Проcвещение”, 1990. – C. 46.
Do'stlaringiz bilan baham: |