Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari
“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
Download 3.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция 6 osd9d3c
“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami 169 Adabiyotlar va tadqiqotlar natijalari quyidagi kasbiy-ahamiyatli sabablarni ajratib olish imkonini beradi: – kasb va o‘quv muassasasini tanlash sabablari; – o‘qish, o‘quv kasbiy faoliyat sabablari; – ish joyini tanlash sabablari; – mehnat (kasbiy faoliyat) sabablari; – kasbiy o‘sish va martabasi oshish sabablari 90 . Texnikum o‘quvchilarining motivatsiyalash tizimini shakllanishi ko‘proq maktabda shakllangan o‘qishga, bilimlarni egallashga bo‘lgan munosabatga, bo‘lajak, kasbga va kasbiy faoliyat vazifalari va mohiyatini tushunishga bo‘lgan munosabatga bog‘liq. Texnikumda o‘qish davomida kasb tanlash va “kasbiy motivatsiya”ning nutq shakllanishi o‘quvchilar ongida aks etgan aniq ijtimoiy-kasbiy yo‘nalish ta’sirida ham shartlanadi, ya’ni: – jamoatchilik fikri bo‘yicha kasbning nufuzi; – mazkur kasb bo‘yicha iste’molchilar uchun mehnat natijalarining (mahsulotlar, xizmatlar) ahamiyati; – mehnat bozorida kasbga (nomutaxassislikka) bo‘lgan talab; – katta maosh olish imkoniyati; – kasbiy faoliyatning ijodiy xususiyati; – mazkur kasbga bo‘lgan qiziqish va yaxshi mutaxassis bo‘lishga intilishi; – kasbiy o‘sish, mehnatda martaba oshirish istiqbollari 91 . Yoshlarni kasbga yo‘naltirish jamiyat taraqqiyotining muhim omili ekanligidan kelib chiqqan Sharq mutafakkirlari (Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Mahmud Qashg‘ariy, Alisher Navoiy, Abdulla Avloniy va boshqalar)ning qarashlari alohida ahamiyatga ega. N.P.Krilov tadqiqotlari natijasiga ko‘ra, o‘z niyatlarini amalga oshirish maqsadida oliy ta’lim muassasalariga kirgan talabalarning ko‘pchiligi o‘zining kim bo‘lishini oxirigacha hal qila olmaydi. Bunga sabab maktabni bitirgan o‘smirlarni mazkur oliy ta’lim muassasasiga olib kirgan kasb haqidagi tasavvurlari bilan bu kasbning haqiqiy mazmuni o‘rtasidagi muammo nomuvofiqlik hisoblanadi 92 . Tabiiyki, bugungi yoshlarning ko‘pchiligida o‘zlarining kasbiy taqdirlarini tasodifan hal etishlari ma’lum ma’noda murakkab kechinmalarga, tanlagan kasb sohasi yuzasidan ikkilanishlarga, ichki nizolarga olib kelmoqda. Jumladan, A.N.Leontyev talqinidagi shaxs, faoliyat, ong va ijtimoiy faollik o‘rtasidagi psixologik mutanosiblikning mavjudligi shaxs munosabatlari tizimining pedagogik-psixologik mexanizmlarini yaratilishida muhim metodologik ahamiyat kasb etadi. V.D.Shadrikov esa, munosabat motivatsiyasi jarayonini faoliyat tizimining funksional psixologik modeliga bog‘lagan holda faoliyatli yondashuv motivatsiyasi kasbiy tayyorgarlikning o‘ziga xos ijtimoiy-psixologik istiqbollarini ochib berishini ta’kidlaydi 93 . Kasb tanlash jarayoni ijtimoiy ahamiyat kasb etsa-da, lekin uning ortida jismoniy individual (yakkahol) shaxs turadi. Holbuki shunday ekan, har bir kasb tanlovchi shaxsiyatiga individual munosabatni amalga oshirish zarur. Buning uchun kasb tanlovchining yosh va jins xususiyatiga binoan kasb maorifini amalga oshirish maqsadga muvofiq. Bunda birinchi navbatda shaxsning kasbiy ehtiyoji, motivi, layoqati, qiziqishi va qobiliyatini hisobga olish darkor. Aks holda umumiy xususiyatli yo‘llanma, ko‘rsatma ijobiy natijaga olib kelmaydi, chunki individuallik o‘ziga xos talablarni taqozo etadi. Hatto, oddiy kasb maorifi turlicha yondashuvni talab qiladi, binobarin, uni qondirmasdan turib tub maqsadga erishib bo‘lmaydi. Kasb maorifi o‘quvchilarni kasbning mohiyati bilan, har bir kasbning shaxs oldiga qo‘yadigan talablari bilan tanishtirishdan iborat ta’sirchan axborotlar majmuasidir. Ma’lumotlarning aniqligi, to‘liqligi, xususiy va ijtimoiy ahamiyati ifodalanganligi bilan boshqa tarkiblardan ajralib turadi. Kasb maorifi insonning yoshi, jinsi, saviyasiga ko‘ra xilma-xil tarzda amalga oshiriladi, shakllari esa verbal va noverbal, kuzatuv va tanishuv, ko‘rgazmali va grafik, uchrashuv kabi tadqiqlarga ega. Kasbiy maslahat yo‘llashning mohiyatini inson ongiga chuqurroq singdirish uchun, shaxning ishtiyoqi va qobiliyatlariga mos kasb-hunar (ixtisos) tanlashi uchun muhim obyektiv va subyektiv shart-sharoit yaratish 90 Карандашев В.Н. Психология введения в профессию. 2-е изд. – Москва: Смысл, 2003. – C. 22. 91 Jumayev U.S. O‘quvchilarni kasbga yo‘naltirishning ijtimoiy-psixologik asoslari. – Buxoro, 2002. – B. 98-99. 92 Климов Е.А. Как выбирать профессию. – Москва: “Проcвещение”, 1990. – C. 37 . 93 Климов Е.А. Как выбирать профессию. – Москва: “Проcвещение”, 1990. – C. 46. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling