“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
135
bo‘lsa, barcha ushbu maqsadga erishishga еtarli darajada jiddiylik bilan yondashish uchun siz qo‘shimcha
ravishda tushuntirishingizga to‘g‘ri keladi.
“Buni menga qanday foydasi bor” degan savolga o‘z javobingizni o‘ylab qo‘ying. O‘quvchilar u yoki
bu ko‘nikma va qobiliyatga ega bo‘lishdan o‘zi uchun qisqa va uzoq muddatli foydani ko‘ra bilsa, ular ushbu
maqsadga erishishga ko‘proq intiladilar. Bajara olmaydigan ishlarni va’da qilmang. “Tushunish va bilish”
so‘zlarini ishlatmang. Ular uni tushunganligini qanday bilamiz? Ular uni tushunayotganliklarini qanday
namoyon qilishlari mumkin? Ushbu savollarning so‘nggisiga javob, ta’lim maqsadlarini yanada samarali
ifodalash usullarini belgilash masalasiga aniqlik kiritadi.
Baholash mezonlarini oldindan o‘ylab qo‘ying. Qanday qilib o‘lchash mumkinligini tushunish oson bo‘lsa,
maqsadlarni ta’riflashni boshlashingiz mumkin. Maqsad – ta’riflarini oldindan tekshirish. Siz maqsadlarni еtarli
darajada ravshan qilib tushuntirganingizga ishonch hosil qilish uchun, guruh ishtirokchilariga quyidagi savolni
bering: “bu еrda nima haqida gap ketmoqda?”, shuningdek, “maqsadlaringiz ta’rifini hamkasblaringizda
sinab ko‘ring”. O‘zingiz ta’limning yakuniy maqsadini aniq tasavvur qilmasangiz biror narsani o‘rgatishga
urinmang. Baholash mumkin bo‘lmagan maqsadlarni belgilamang. Biror-bir ta’lim maqsadini belgilashga
еtarli asos mavjud bo‘lsa, demak unga erishish ehtimoli va baholashning biror-bir usuli, albatta, mavjud
bo‘lishi kerak.
Xulosa shuki, yuqoridagilardan o‘quv maqsadlari pedagogik jarayonni tashkil etuvchi qismlarning
eng muhimi, yеtakchisi ekanligi ko‘rinib turibdi. Pedagogik jarayon o‘zining qanchalik murakkabligi va
davomiyligidan qat’i nazar, u, eng avvalo, maqsadni aniqlashdan boshlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |