Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari
Download 3.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция 6 osd9d3c
To‘rtinchi qoida: o‘quvchilarning hammasi u yoki bu darajada ishga jalb qilingan bo‘lishi kerak.
Beshinchi qoida: o‘quvchilarning ruhan tayyorgarligiga ko‘maklashish lozim. Gap shundaki, mashg‘ulotga kelganlarning hammasi ham u yoki bu ish shakliga bevosita kirishishga ruhan tayyor emaslar, bunga ma’lum darajada xulqning an’anaviyligi ta’sir ko‘rsatadi. Ta’lim, oluvchilarning ishda faol ishtiroklari uchun doimiy rag‘batlantirishlar, ta’lim oluvchining o‘zini namoyon etish uchun imkoniyat yaratish foydali bo‘ladi. Oltinchi qoida: interfaol usullar asosida mashg‘ulotlar o‘tkazilganda guruhda ta’lim oluvchilar soni ko‘p bo‘lmasligi kerak. Ishtirokchilar soni va o‘qitish sifati bir-biriga to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liq bo‘ladi. Odatda agarda ishda ishtirokchilar soni 30 kishidan oshmasagina, ish samarali bo‘ladi. Faqat shu shart bajarilganda, eng maqbul tarkibi 4-6 kishidan iborat. Kichik guruhlarda samarali ish olib borish mumkin. Interfaol o‘qitish ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi o‘rtasidagi munosabatlarni ko‘zda tutadi va shuning uchun u auditoriya bilan o‘zaro munosabat o‘rnatishni bilishi kerak. Oqilona maqsad mezonlari: – aniqlik; – hisoblash imkoniyati; – erishish; – bajarish ehtimoli; – vaqtda chegaralanganlik; Ta’limning har bir alohida qismi yakunida ishtirokchilarni aynan nimaga o‘qitishni xohlashingizni aniqlab oling. Hatto ta’lim maqsadlari berilgan darslik asosida ishlayotgan bo‘lsangiz ham aniq rejalaringizni yana bir bor o‘ylab ko‘rish va ishtirokchilar ta’limini turli qismlar bilan qanchalik bog‘liq ekanligini ko‘rib chiqish kerak. Mavjud ta’lim maqsadlari ta’riflariga ijodiy yondashing. Ba’zan ta’riflar kitobxon yoki ishtirokchi uchun tushunarsiz tilda tuzilgan bo‘ladi va asosan ta’lim jarayoni bilan emas fanni o‘qitish bilan bog‘liq bo‘ladi. Maqsadlar ishtirokchilar uchun yanada tushunarli bo‘lishi kerak. Buning uchun siz ta’riflar shaklini o‘zgartirishingizga to‘g‘ri keladi. Ta’lim maqsadlari dasturingizni “yo‘l davomida bosqichlar” vazifasini bajarishi kerak. Dastur, ehtiyoj va intilishlarga javob berish, bermasligini aniqlash uchun ishtirokchilar maqsadlarga o‘z e’tiborlarini qaratadilar. “Nima uchun” degan savolga javob berishga tayyor bo‘ling. Har bir maqsadni nima uchun dasturga kiritilganligini izohlashga tayyor bo‘ling. “Xo‘sh, nima bo‘pti?” kabi javobga ham tayyor bo‘ling. Ishtirokchilar, hamkasblar yoki tashqi kuzatuvchilar biror-bir maqsad mazmunini hech kim tushunmayotgan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling