“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
134
boyitish ta’lim oluvchilarning o‘zlashtirish darajasini ko‘tarishga olib keladi. Buning uchun dars jarayoni
oqilona tashkil qilinishi ta’lim beruvchi tomonidan ta’lim oluvchilarning qiziqishini orttirib ularning ta’lim
jarayonida faolligini muttasil rag‘batlantirilib turilishi, o‘quv materialini kichik-kichik bo‘laklarga bo‘lib,
ularning mazmunini ochishda interfaol usullarni qo‘llash va ta’lim oluvchilarni ommaviy mashqlarini
mustaqil bajarishga undash talab etiladi. Bu usullar qo‘llanilganda ta’lim beruvchi ta’lim oluvchini faol
ishtirok etishga chorlaydi. Ta’lim oluvchi butun jarayon davomida ishtirok etadi. Interfaol usullarni qo‘llash
bo‘yicha umumiy metodik tavsiyalar:
Birinchi qoida: ishlash uchun joyni tayyorlashga jiddiy qarash kerak. Bu avvaliga bekorchi ko‘ringandek
oddiy masala emas. Sinfxonasi yoki auditoriyani shunday tayyorlash kerakki, bunda ishtirokchilar kichik
yoki katta guruhlarda ishlash uchun o‘tirishga oson bo‘lishi kerak. Ya’ni ta’lim oluvchilarga jismonan qulay
sharoit yaratilishi kerak. Mashg‘ulotda kimdir guruhga teskari o‘tirib qolib, boshqalarga
boshini yonboshga
burib o‘tirishi noqulay. Shuning uchun stolni shunday qo‘yish kerakki, ular o‘ziga kerak vaziyatda kichik
guruh bilan oson munosabatda bo‘lishi kerak. Ijodiy ish uchun materiallar oldindan tayyorlangan bo‘lishi
maqsadga muvofiqdir.
Ikkinchi qoida: jarayon va reglamentga jiddiy munosabatda bo‘lish lozim. Bu haqida boshidan kelishib
olish kerak va uni buzmaslik lozim. Masalan, hamma tinglovchilar har bir nuqtayi nazarga sabrli bo‘lib, so‘z
erkinligini, uning qadrini hurmat qilishlari kerak.
Uchinchi qoida: o‘quvchilarning guruhlarga bo‘linishiga jiddiy e’tibor bering. Avvaliga u o‘z xohishiga
ko‘ra bo‘linishi kerak. Keyin tasodifan tanlash tamoyilidan foydalanish maqsadga muvofiq.
Do'stlaringiz bilan baham: