Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari


“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”


Download 3.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/270
Sana28.10.2023
Hajmi3.48 Mb.
#1732433
TuriСборник
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   270
Bog'liq
Конференция 6 osd9d3c

“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
130
shu jumladan, ijtimoiy jihatdan kam ta’minlangan oilalarga beg‘araz moddiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risida 
gap boradi. Ayniqsa kam ta’minlangan oilalarga har tomonlama yordam berish bizning insoniy burchimiz 
hisoblanadi. Shu o‘rinda yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek, “Aholining barcha toifalari bilan doimiy muloqotda 
bo‘lish, fuqarolarning qonuniy talab va ehtiyojlarini nafaqat o‘rganish, balki ularni ta’minlashdan iborat”
69
degan fikrlarida ham juda katta ma’no mujassam hisoblanadi. Kam ta’minlangan oilalar manfaatlarini himoya 
qilish va qolgan aholi qatlamlari bilan ularning ahvolini yaxshilashga birgalikda harakat qilinsa maqsadga 
muofiq hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek, “Avlodlar davomiyligini 
ta’minlaydigan ma’naviyat qo‘rg‘oni bu – oiladir”. 
Birinchi Prezidentimizning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida har qaysi millatning o‘ziga 
xos ma’naviyatini shakllantirish va yuksaltirishda, hech shubhasiz, oilaning o‘rni hamda ta’siri beqiyos 
ekanligini alohida ta’kidlaganlar. Darhaqiqat, insondagi ilk hayotiy tushunchalar, dunyoqarash, bokira 
tuyg‘ular, avvalo, oilaviy muhitda shakllanadi. Xalqimizda keng tarqalgan “Qush uyasida ko‘rganini qiladi” 
degan maqolning mazmun-mohiyati ham shunga ishora. Azal-azaldan oilaga muqaddas qo‘rg‘on sifatida 
qarashgan. Chunki inson oilada dunyoga keladi, ulg‘ayib kamol topadi. Afsuski, jamiyatimizda oilaning 
mustahkam va faravon bo‘lib shakllanishiga to‘sqinlik qiluvchi omillar ham yo‘q emas. Oiladagi muhit, 
ta’lim-tarbiya, ota-onalarning o‘zaro munosabatlari yosh avlod ulg‘ayishida o‘z ta’sirini o‘tkazmasdan 
qolmaydi. Ko‘pchilik zamonaviy oilalarda xalqimizga xos bo‘lgan qadriyatlar yoshi ulug‘larga hurmat, 
mehnatsevarlik, kamtarlik, o‘zini jamiyatda munosib tutish hamda keksa avlodga e’tiborning, ota-onaga 
hurmat, o‘zaro munosabatlardagi ishonch, yaqinlik, farzandlarning bir-biriga bo‘lgan mehr-muhabbatlari 
yo‘qolib borayotganligiga ham yo‘qolib borayotganligiga guvoh bo‘lmoqdamiz. Farzand tarbiyasida ota-
onaning muomalasi muhim o‘rin tutadi. Bola ota-ona tomonidan qo‘pol, dag‘al so‘zlar eshitib, kaltak 
yeb katta bo‘lsa, bu uning tabiatiga salbiy ta’sir qiladi. Bu esa o‘z navbatida oiladagi nosog‘lom muhitda 
tarbiyalanayotgan boladan “ma’naviy kasal” insonlar shakllanadi. 
XXI asr – globallashuv davrida turli axborotlarning tez tarqalishi ham yoshlarimiz ongiga o‘z ta’sirini 
ko‘rsatmoqda. Yoshlarning g‘arb madaniyatiga tez o‘rganishiga, ularga tanqid qilib “ommaviy madaniyat” 
ta’siriga kirishiga ham sabab bo‘lmoqda, desak adashmaymiz. Ba’zi yoshlarimiz esa o‘zlari ta’kidlaganidek, 
“zamonaviylik” niqobi ostida hattoki milliy, umuminsoniy qadriyatlarmizga eskilik sarqiti sifatida 
qarashmoqda. “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlarda 
ham oilalarda axloq me’yorlari shakllanishiga eng ko‘p ta’sir ko‘rsatadigan omillar sifatida oila, mahalla, 
ta’lim muassasalari, ijtimoiy muhit hamda televideniyaning ustuvor ta’siri haqidagi qarash yurtdoshlarimiz 
tafakkurida barqaror bo‘lib qolayotgani o‘z ifodasini topdi. Demak, tashqi muhit yoshlarimiz tarbiyasidagi 
asosiy omillardan biri hisoblanadi. Televideniya orqali berilayotgan kinolar va seriallar ham yoshlar 
ongiga ta’sir etmasdan qolmayapti. Bunda ko‘pchilik yoshlar real hayotdan uzoqlashib, ular ta’siriga tushib 
qolmoqdalar va turmush qurishganlaridan so‘ng ajrimlar soni ortmoqda. Ular esa jamiyat ma’naviyatiga 
salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli ham hozirda farzandlar tarbiyasiga alohida e’tibor berib kelinmoqda. Zero, 
har bir farzand kelajakda jamiyatimizda kerakli mutaxassis bo‘lib yetishiga, ularning har tomonlama ham 
ma’nan, ham jismonan kamol topishiga bor diqqat-e’tibor qaratilmoqdi. Umuman olganda, barchamizning 
nafaqat asosiy vazifamiz, balki insoniy burchimiz ham barkamol avlodni tarbiyalashdir. Shu bois ham 
mamlakatimizda barcha xayrli ishlar, avvalo oilalarni mustahkamlash va yosh avlodning yorug‘ kelajagini 
ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda. Zero, oila sog‘lom ekan, jamiyat mustahkam, jamiyat mustahkam 
ekan, mamlakat barqarordir. Bolalar tarbiyasiga nafaqat oila, ta’lim-tarbiya muassasalari balki mahalla 
ham ma’suldir. Chunki, farzand tarbiyasi ko‘p omillarga, avvalo, axloqiy-ma’naviy muhitga ham bog‘liq. 
Ta’lim-tarbiya muassasalari bilan oila hamkorligi bunda muhim ahamiyatga ega. Ona yurtiga muhabbatni 
shakllantirish, ma’rifatli va ma’naviyatli shaxs sifatida voyaga yetishlarini ta’minlash, bolalarning ma’naviy 
barkamol va jismonan sog‘lom bo‘lishlari uchun iqtisodiy va ijtimoiy muhitni yaratish har birimizning 
muqaddas burchimizdir.
Xulosa qilib aytish mumkinki, mustahkam ma’naviy immunitetli, o‘zining fikrlarini ravon ayta oladigan, 
yuqori marralarga erishuvchan avlodni tarbiyalash uchun ota-ona, oila muhiti juda katta ahamiyat kasb 
69
Мирзиёев Ш.М. Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатини биргаликда барпо этамиз. – Тошкент: 
“Ўзбекистон”, 2017 йил, – Б. 14.



Download 3.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling