Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari
“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
Download 3.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция 6 osd9d3c
- Bu sahifa navigatsiya:
- OILADAGI FARZAND TARBIYASIDA QADRIYATLAR O‘RNI Annotatsiya.
- Kalit so‘zlar
- Ключевые слова
“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami 129 Xolmurodov G‘ulom, O‘zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy ish kafedrasi o‘qituvchisi Abdusalamova Sarvinoz Baxodir qizi, O‘zbekiston Milliy universiteti talabasi OILADAGI FARZAND TARBIYASIDA QADRIYATLAR O‘RNI Annotatsiya. Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida mustaqillik yillarida oilalarning ijtimoiy, ma’naviy-axloqiy hamda huquqiy tomondan qo‘llab-quvvatlanganligi, bevosita davlatimiz rahbari tomonidan keng ko‘lamda ishlar olib borilayotgani, oilada farzand tarbiyasiga e’tibor qaratilishi kabi jihatlar yoritilgan. Kalit so‘zlar: mustaqillik, oila instuti, kam ta’minlangan oilalar, Harakatlar strategiyasi, “ma’naviy kasal” Аннотация. В статье освещается социальная, духовная, моральная и правовая поддержка семьи в годы независимости в Республике Узбекистан, масштабная работа, проводимая непосредственно главой государства, ориентированная на воспитание детей в семье. Ключевые слова: независимость, институт семьи, малообеспеченные семьи, стратегия действий, “моральная болезнь”. Annotation. This article highlights the social, spiritual, moral and legal support of families in the еars of independence in the Republic of Uzbekistan, the large-scale work carried out directly by the head of state, the focus on raising children in the family. Keywords: independence, family institution, low-income families, Action strategy, “moral illness” Mamlakatimizda olib borilayotgan demokratik yangilanishning bugungi bosqichidagi eng muhim yo‘nalishlardan biri – bu qonun ustuvorligi va qonuniylikni mustahkamlash, shaxs huquqi va manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan sud-huquq tizimini izchil demokratlashtirish va liberallashtirishdan iboratdir. 67 Mazkur jarayon mamlakatimiz mustaqillikka erishgach ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy va boshqa sohalarda keng qamrovli, tizimli va bosqichma-bosqich amalga oshirilgan islohotlarda o‘z ifodasini topadi. Ushbu islohotlar natijasida jamiyatda oila institutining o‘rni va nufuzini yuksaltirish hamda shaxs hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza etishga qaratilgan ishlar davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilab olindi. Jumladan, oilani jamiyatning ravnaq topishidagi tutgan o‘rni va ishtirokini yanada oshirish, oilalarning huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy-axloqiy manfaatlarini va farovonligini yaxshilash, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish hamda izchil ta’minlash, oilaga g‘amxo‘rlik qilish, yoshlarni oila qurishga tayyorlash, yosh oilalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, kam ta’minlangan oilalarga hukumatimiz tomonidan moddiy va ma’naviy jihatdan yordam berish tizimini takomillashtirish bugungi kundagi eng ustuvor va dolzarb masalalardan biriga aylandi. Xususan, mamlakatimizda 2012-yil “Mustahkam oila” yili, 2013-yil “Obod turmush” yili, 2014-yil “Sog‘lom bola yili”, deb e’lon qilinganligi bevosita oilalarning jamiyatdagi nufuzini yuksaltirish hamda qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan e’tiborning namunasidir. Zero, “Oila sog‘lom ekan – jamiyat mustahkam, jamiyat mustahkam ekan – mamlakat barqarordir” 68 . Shu bois mamlakatimizda oilaga, uning jamiyatdagi o‘rni va rolini mustahkamlashga, milliy qadriyatlarimizni avaylab-asrash hamda kelgusi avlodlarga yetkazishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ushbu mustaqil ishda hozirgi Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning “2017-2021-yillarga qaratilgan Harakatlar strategiyasi” da bizning mavzuga oid ijtimoiy himoya bandi haqida, 67 Каримов И.А. Мамлакатимизда демократик ислоҳотларни янада чуқурлаштириш ва фуқаролик жамиятини ривожлантириш концепцияси. – Тошкент, 2010. – Б. 15. 68 Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Тошкент, 2008. – Б. 58. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling