“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
131
etadi. Hech kimga sir emas, insonning qalbi va ongini egallash, ayniqsa, yoshlarning ma’naviy dunyosini
zaharlashga qaratilgan turli xavf-xatarlar ham kuchayib borayotgan bugungi kunda o‘zining kimligini, qanday
bebaho meros vorislari ekanini teran anglab, ona yurtga muhabbat va sadoqat hissi bilan yashaydigan, iymon-
e’tiqodi mustahkam yosh avlodgina muqaddas zaminimizni yot va begona ta’sirlardan, balo-qazolardan
saqlashga, Vatanimizni har tomonlama ravnaq toptirishga qodir bo‘ladi. Farzandlarimizga shunday tarbiya
beraylikki, ular o‘z ota-bobolariga, o‘z tarixi, Vatani, ona tiliga, millati, diniga va an’nalariga sodiq bo‘lib
kamol topishsin.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Каримов И.А. Мамлакатимизда демократик ислоҳотларни янада чуқурлаштириш ва фуқаролик
жамиятини ривожлантириш концепцияси. – Тошкент, 2010. – Б. 15.
2. Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Тошкент, 2008. – Б. 58.
3. Мирзиёев Ш.М. Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатини биргаликда барпо
этамиз. – Тошкент: “Ўзбекистон” НМИУ, 2017 йил. – Б. 14.
* * *
Tashpulatova Dilorom Mukimovna,
TVCHDPI Boshlang‘ich ta’lim kafedrasi o‘qituvchisi
Baxtiyorova Sevara Elyor qizi,
TVCHDPI Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabasi
BO‘LAjAK O‘QITUVCHILARNI BOSHLANG‘ICH TA’LIM
O‘QUVCHILARINING MA’NAVIY-AXLOQIY TARBIYASINI TASHKIL
ETISH VA TA’MINLASHGA TAYYORLASH
Annotatsiya. Maqolada kelajakda o‘qituvchilarni maktab o‘quvchilarining ma’naviy-axloqiy tarbiyasiga
o‘rgatish muammolari muhokama qilinadi. Mavzu respublika va xorijda ishlab chiqilganligi tahlil qilinadi.
Pedagogika oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilarining innovatsion malakasi (innovatsion tayyorligi) mazmunini
ko‘rib chiqishga alohida e’tibor qaratiladi.
Kalit so‘zlar: ma’naviy-axloqiy tarbiya, ma’naviy tiklanish, kelajakda o‘qituvchilarni ma’naviy-axloqiy
tarbiyalashga tayyorlash modeli, innovatsion yеtuklik, innovatsion yеtuklikning tarkibiy qismlari.
Аннотация: В статье рассматриваются проблемы обучения будущих учителей в духовно-
нравственном воспитании школьников. Анализируется разработки тем в республике и за рубежом.
Особое внимание уделяется вопросу рассмотрения содержания инновaционной квалификaции
(инновaционной готовности) выпускников высших педагогических учебных заведений.
Ключевые слова: духовно-нравственное воспитание, духовное возрождение, модель подготовки
педагогов к духовно-нравственному воспитанию в будущем, инновaционная зрелость, компоненты
инновaционной зрелости.
Annotation. The article discusses the problems of educating future teachers on the moral and moral
education of schoolchildren. The subject is analyzed by the fact that it is developed in the Republic and
abroad. Particular attention is paid to the review of the content of innovative qualification (innovative
readiness) of graduates of pedagogical universities.
Key words: spiritual-moral upbringing, spiritual recovery, model of training future teachers for
spiritual-moral upbringing, innovative maturity, components of innovative.
Mustaqil O‘zbekistonning jahon hamjamiyati tomonidan e’tirof etilishi, mamlakatimizning keng
tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyati o‘zbek xalqining ma’naviy qadriyatlari va salohiyatini tiklashga
Do'stlaringiz bilan baham: |