Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari


“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”


Download 3.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/270
Sana28.10.2023
Hajmi3.48 Mb.
#1732433
TuriСборник
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   270
Bog'liq
Конференция 6 osd9d3c

“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
128
sifati va ko‘lamini oshirishni taqozo etmoqda. Farzand tarbiyasida bola huquqlari hech qachon kamsitilmasligi 
kerak. Oilaviy tarbiya ijtimoiy tarbiyaga nisbatan bolalarning ruhiy olamiga, hissiyoti va tuyg‘ulariga chuqur 
ta’sir ko‘rsatadi. Qisqa qilib aytganda, ajdodlarimizning uzoq davr mobaynida tarbiya sohasida orttirgan 
tajribalari asosidagi ta’limotlar negizida shu ma’no anglashiladiki, tarbiyachining o‘zi hamisha o‘rnak 
bo‘lishi zarur.
Prezidentimiz qarori bilan tashkil etilgan Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligiga qarashli 
Mahalla va oila ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan oilalarni, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlashga muhim 
masala sifatida alohida e’tibor qaratilgani bejiz emas.
Jumladan, mazkur hujjatda an’anaviy oilaviy qadriyatlarni saqlab qolgan holda zamonaviy oila modelini 
shakllantirish uchun tarixiy-madaniy shart-sharoitlarni kompleks tadqiq etish, ularni keng targ‘ib qilish 
va hayotga joriy etish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflarni ishlab chiqish belgilangan. Bu borada yosh 
avlodda ma’naviy-axloqiy, odob qadriyatlarni va ota-onaga hamda katta yoshdagi insonlarga hurmatni 
shakllantirish, oilaning tarbiyaviy va madaniy-ilmiy salohiyatini oshirish, oilada avlodlar o‘rtasidagi o‘zaro 
aloqani saqlash va qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan oilaviy an’analarni rivojlantirish, bolalarning nazoratsizligi 
va qarovsizligi, ular orasidagi huquqbuzarliklar va jinoyatlarning oldini olishga doir samarali mexanizmlarni 
joriy qilish, farzand tarbiyasida oilaning javobgarligini oshirish, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, saqlash 
va rivojlantirish, oila a’zolarining huquqlariga rioya qilish, bolaning oilada yashash va tarbiya olish huquqini 
ta’minlash, barkamol avlodni tarbiyalash omillariga alohida e’tibor qaratish nazarda tutilgan.
Bugun yurtimizda olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar, qabul qilinayotgan qaror va farmonlarning 
zamirida ham biz uchun muqaddas bo‘lgan oila asoslarini yanada mustahkamlash, xonadonlarda tinchlik-
xotirjamlik, ahillik va o‘zaro hurmat muhitini yaratish, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni aniq mazmun bilan 
to‘ldirishdek hamda
 zamonaviy oilalarni shakllantirishdek oliy maqsadlar mujassamdir. Inson uchun zarur 
bo‘lgan olijanob insoniy tuyg‘u va fazilatlar, inson kamoloti oiladan, uning sog‘lom turmush tarzidan 
boshlanadi. Har bir yurtning buguni va kelajagi, Vatan taraqqiyoti, millat istiqboli tom ma’noda, mamlakat 
kelajagi bo‘lmish yoshlarga, ularning jisman sog‘lom, ma’naviy, barkamol va aqlan yetuk bo‘lishi 
masalalariga bog‘liq. Oiladan boshlangan mehr-muruvvat, tinchlik-osoyishtalik kabi qator xatti-harakatlar 
o‘zaro munosabatlarda davom etadi, unadi, o‘sadi, meva beradi. Bu esa oiladagi sog‘lom muhit, ma’naviy, 
ruhiy va axloqiy tamoyil hamda me’yorlar asosida shakllanadi, ijtimoiy rivojlanish jarayonida yangi mazmun-
mohiyat kasb etadi, takomillashib boradi va zamonaviy, namunali oilalarni shakllanishida asosiy omil bo‘ladi.
Shulardan kelib chiqib, har birimiz farzandlarimiz tarbiyasiga o‘ta e’tiborli bo‘lishimiz, bu muhim 
masalada loqaydlik va beparvolikka yo‘l qo‘ymasligimiz zarur. Bu borada, ayniqsa, avloddan avlodga o‘tib 
kelayotgan qadriyatlarni saqlab qolish va rivojlantirish, eng avvalo, ota-onalarning oldida turgan ustuvor 
vazifadir. Boshqacha aytganda, har bir inson milliy qadriyatlarimizga ahamiyat qaratib, o‘z farzandi ongida 
axloqiy qadriyatlarni bolaligidanoq shakllantirib borishi lozim.
Xulosa o‘rnida aytganda, oilada bola tarbiyasi har qanday zamon va makonda ham davlat va jamiyat 
ahamiyatiga molik bo‘lgan ustuvor masala hisoblangan. Bu borada zamonaviy oilada voyaga yetayotgan 
farzandni oila qadriyatlarini yo‘qotmagan holda jamiyatning faol fuqarosiga aylantirish, nafaqat ota-ona, 
balki har bir inson o‘z burchi va mas’uliyatini chuqur his etishi maqsadga muvofiqdir.
* * *



Download 3.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling