Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari


“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”


Download 3.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet165/270
Sana28.10.2023
Hajmi3.48 Mb.
#1732433
TuriСборник
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   270
Bog'liq
Конференция 6 osd9d3c

“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
141
o‘zaro dildan suhbatlashish, o‘quvchilarning o‘z qo‘llari bilan chizgan rasmlariga baho berish yoki berilgan 
mavzuda yozilgan bayon yoxud inshoni o‘qib, fikr-munozara bildirish orqa planga o‘tib qolgandek. Asosiy 
ish dasturlarimiz hisobotida “innovatsion” texnologiyalarning tarbiyaga beruvchi “effekt”i haqida gapiramiz. 
Nazarimda, bugun tarbiyachi va o‘qituvchilarning “... falonchi muallifning ... shu nomli asarini topib 
o‘qing....” deyishining o‘rniga “...falon mavzu haqida internetdan ma’lumot topib keling....”, “...prezentatsiya 
tayyorlang...” deyishi yoshlarning emas, balki tarbiyachilarning, o‘qituvchilarning muammosidir. 
5. Mahalla bilan ota-ona hamkorligining sustligi muammosi. Ba’zi oilalar o‘z oilasi ichidagi muammolarni 
mahallaga ko‘tarib chiqishdan or qiladilar. Mahalla katta kuch ekanini anglab еtmaydilar. Oila jamiyatning bir 
bo‘lagi sifatida doim mahallaga suyanishi, mahalladan ko‘mak olishi mumkinligini tushunib еtmaydilar. Bu 
holatlar mahalla faollari aholi o‘rtasida tushuntirish, targ‘ibot ishlarini еtarli darajada olib bormasliklaridan 
dalolat beradi.
O‘zbekiston yoshlari mamlakatimizning kelajagini, taqdirini hal qiluvchi kuch ekan, davlat taqdirini 
bemalol ishonib topshira oladigan yoshlarni tarbiyalash bugungi kunning eng dolzarb vazifasidir. Bugungi 
kunda muhtaram Prezidentimiz va O‘zbekiston davlati yoshlarni ijtimoiy hayotga tayyorlashga katta e’tibor 
qaratmoqda.
Prezidentimiz farmoniga asosan, “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatining tashkil etilganligi 
muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti zimmasiga yuklatilgan ko‘p qirrali 
vazifalardan biri, albatta, yosh avlod hayoti bilan bog‘liq masalalardir.
Yoshlarda fuqarolik tushunchasining rivojlanishida mahalla va oilaning roli nihoyatda katta. Shu nuqtayi 
nazardan yoshlarni ijtimoiy hayotga tayyorlashda mahalla va oila o‘z faoliyati bilan muhim ahamiyat kasb 
etadi. Bu borada mahalla va oila dasturlarida asosiy urg‘u ijtimoiy munosabatlar, yangi qadriyatlar, yangi 
talablar va me’yorlar majmuasi asosida yoshlarning dunyoqarashiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishga qaratiladi.
Yoshlarni ijtimoiy hayotga izchil tayyorlashda mahalla va oila oldida turgan muhim masalalardan biri 
ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda ish olib borib, yoshlardagi insoniy munosabatlar va qarashlarni to‘g‘ri 
rivojlantirishdan iboratdir. Bu borada amalga oshiriladigan ishlar yoshlarning hayotini izchil o‘rganish, tahlil 
qilish, solishtirish, ularning muammolarini, qiziqishlarini, talablarini hisobga olgan holda hal etiladi, albatta. 
Bu borada asos bo‘lib hisoblanuvchi omillar:
– yoshlarni ajdodlar merosini qadrlashga o‘rgatish;
– umuminsoniy qadriyatlarni anglash va qadrlashga o‘rgatish;
– yoshlarda vatanparvarlik ruhini tarbiyalash;
– milliy qadriyatlarni qadrlashga o‘rgatish;
– ilmiy va diniy bilimlar majmuasini barobar singdirish;
– innovatsion texnik bilimlar majmuasi;
– iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy qarashlar ilg‘orligini oshirish;
– irqiy, diniy tenglik tushunchasini singdirish;
– tabiat bilan inson uyg‘unligi tushunchasini singdirish.
Mahalla va oilaning ta’lim muassasalari hamkorligida yoshlarni ijtimoiy hayotga tayyorlashda to‘siq 
bo‘ladigan muammolarni o‘rganib chiqish va ularni bartaraf etish yo‘llari:
– savodsizlikka barham berish;
– turli diniy-ekstremistik oqimlarga qarshi kurashish;
– madaniy ongsizlik va huquqiy ongsizlikka barham berish;
– yoshlarni kattalar tomonidan tahqirlanishiga barham berish;
– kichik va o‘smir yoshdagi qizlarning kamsitilishiga, tahqirlanishiga barham berish;
– ta’lim va tarbiya muassasalaridagi tartibsizliklarga barham berish; 
– irqiy va diniy tengsizliklarga barham berish;
– huquqiy tengsizlikka barham berish.
Talimiy-tarbiyaviy yo‘nalishlardagi yangi dasturlar asosida yoshlarni tarbiyalashda mahalla va oilaning 
ta’lim muassasalari bilan hamkorligini kuchaytirish maqsadga muvofiq:
– ota-onalar bilan hamkorlikda ish olib borish;
– ta’lim-tarbiya muassasalari xodimlari va ota-onalar hamkorligini kuchaytirish;
– muntazam ravishda psixolog ko‘rigini o‘tkazib turish;



Download 3.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling