Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari
Download 3.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция 6 osd9d3c
- Bu sahifa navigatsiya:
- Annotation.
- “Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami 140
Ключевые слова: молодежь Узбекистана, подготовка молодежи к социальной жизни,
сотрудничество махалли и семьи, ответственность родителей, воспитание, решения проблем, новые точки зрения, креативно мыслящая молодежь. Annotation. The article emphasizes that the systematic preparation of young people for social life is an important task of society; attention is drawn to the place and significance of the mahalla and the family in the life of young people. The essence of the tasks facing makhallas and families in educating modern youth as active, fast, smart, knowledgeable, intellectually perfect, patriots, humane people is revealed. Key words: youth of Uzbekistan, preparation of youth for social life, cooperation of makhalla and family, parental responsibility, upbringing, problem solving, new points of view, creative thinking youth. O‘sib kelayotgan yoshlarni ijtimoiy hayotga izchil tayyorlash doim dolzarb masala bo‘lib kelgan. Yoshlar masalasi, yoshlarni ijtimoiy hayotga tayyorlash, ularning tarbiyasi, bilim olishi, shaxs sifatida shakllanishida faqat davlatimiz, balki dunyo hamjamiyatining asosiy e’tibori qaratiladigan mavzusidir. Yoshlar tarbiyasi barcha davrlarda muhim masala bo‘lgan. Aynan shu jihatdan yoshlarni hayotga tayyorlash o‘zining ko‘p ming yillik tarixiga, tajribasiga ega. Bugungi kunda dunyo bo‘yicha 15 yoshdan to 24 yoshgacha bo‘lgan yoshlar 1,2 milliardni tashkil qiladi. Demak, dunyo aholisining 16 foizini yoshlar tashkil qiladi. Hisob bo‘yicha 2030-yilga borib bu raqam yana 7 foizga oshadi va dunyo yoshlarining soni 1,3 milliardga borib еtadi. Bu “Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami 140 raqamlar shunchaki sonlar emas, balki juda katta kuchga ega. Yoshlarga komil shaxs bo‘lib yеtishishlari uchun imkon yaratib berilgan taqdirda, ular dunyoni gullatishga qodir ulkan kuchga aylanadi. Mamlakatimizning iqtisodiy o‘sishi, ijtimoiy tenglikka erishishi, tolerantligi, sog‘lom turmush tarzining keng targ‘ib etilishi – bularning bari yoshlar imkoniyatidan to‘g‘ri foydalanishga bog‘liq bo‘ladi. Shu nuqtayi nazardan O‘zbekiston davlati butun dunyo hamjamiyatining bir bo‘lagi sifatida o‘z yurti farzandlarining komil inson bo‘lib еtishishlariga katta e’tibor beradi. Bugun O‘zbekiston muhim rivojlanish bosqichini boshidan kechirmoqda. Yaqin yigirma yil ichida bugungi bolalar va o‘smir-yoshlar O‘zbekistonning asosiy rivojlantiruvchi kuchiga aylanadilar. Yoshlar O‘zbekistonni ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan yangi pog‘onaga olib chiquvchi avlod bo‘ladi. Aynan ana shu nuqtayi nazardan mamlakatimiz Prezidentining 2019-yilning 8-oktabridagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori, 2021-yilning 18-yanvaridagi “O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini 2025-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 23-sonli qarori, 2021-yilni “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”, deb e’lon qilinishi katta voqea bo‘ldi. Bu qarorlar mamlakatimizning har bir fuqarosi oldiga, ayniqsa, yoshlar bilan ish olib boruvchi tashkilotlar – oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari, mahalla va oila zimmasiga katta mas’uliyat yukladi. “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti, Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti oldiga qator vazifalarni qo‘ydi. Davlatimiz rahbari “O‘zbekiston yoshlariga oid davlat siyosatining 2025-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdaqlash to‘g‘risida”gi qaror haqida to‘xtalar ekan, yoshlarni ijtimoiy hayotga to‘g‘ri tayyorlashda ta’lim-tarbiya muassasalari, ota-ona va mahallaning uzviy bog‘liqligi masalasiga alohida urg‘u beradi. Darhaqiqat, bu borada chuqur mulohaza yuritib, izchil dasturlar bo‘yicha ish olib borish nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi. To‘g‘ri, ta’lim-tarbiya jarayoni jamiyat boshqaruvining muhim bo‘g‘inidir. Bu borada uzil-kesil ishlab chiqilgan qolip mavjud emas. Ta’lim-tarbiya masalasi doimiy va tinimsiz izlanishni, rivojlantirilishni taqozo etadi. Bu sohada bog‘cha, maktab, oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari, ta’lim- tarbiya dasturlari bo‘yicha shug‘ullanuvchi institutlar, mahalla, ota-ona barobar va hamkorlikda ish olib borishlari lozim. Bu borada yuqorida qayd etilgan har bir jamoa ham o‘z yo‘nalishida, ham boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borishi lozim. Biroq yoshlar tarbiyasini amalga oshirishda ma’lum muammolar mavjudligi va yoshlarni hayotga to‘g‘ri tayyorlashda ularning sezilarli darajadi to‘siq bo‘lib kelishi ham bor gap. Jamiyat tashkilotlari yoshlar tarbiyasi bilan o‘z vaqtida o‘ziga xos ravishda shug‘ullanishlari darkor. Biroq buning o‘rniga mas’uliyatdan chetlashib, bu muhim masalani bir-biriga solsa, ya’ni bog‘cha maktabga, maktab mahallaga, mahalla ota-onaga ishonib qolsa, katta muammolar kelib chiqadi. Yuqorida qayd etilganidek, har bir tashkilot, muassasa, ota-ona o‘z burchi va mas’uliyatini sidqidildan ado etgan taqdirda va hamkorlikda ish olib borgandagina bu muammolar еchim topadi. Shu o‘rinda yoshlar tarbiyasi borasidagi ba’zi muammolarga urg‘u berib o‘tishni o‘rinli deb topdik: 1.Tarbiyada ota-onaning roli muammosi. Ko‘p hollarda ota-onalar farzandlari oldidagi mas’uliyatlarini bog‘cha va maktabga yuklab qo‘yadilar. Ota-onalar ishi ko‘pligini, farzandiga vaqt ajrata olmayotganini bahona qiladilar. Ba’zi hollarda esa bolani qanday to‘g‘ri tarbiya qilishni bilmaydilar yoki o‘z bolalariga to‘g‘ri tarbiya berishga ruhan tayyor emasdirlar. Biroq barcha insoniy qadriyatlar go‘dakka tug‘ilgan daqiqalaridan boshlaboq singdirilishi lozim. Bu jihatdan bolaga eng komil o‘rnak, albatta, ota-onadir. 2. Maktab esa turli yuklamalarga ko‘milib qolib, bola tarbiyasi bilan shug‘ullanishni istamaydi. 3. Bolaga ota-onaning to‘g‘ri tarbiyasi muhimligi asos bo‘lsa, tashqi dunyodan oladigan taassurotlar ta’siri ham juda muhim. Bugungi kunda bolalarning dunyoni internet, reklama, sotsial tarmoqlar orqali bilishi, o‘rganishi ularning hayotiga ijobiy yo salbiy ta’sir o‘tkazishini belgilab beradi. Aynan ana shu еrda bolalar tarbiyasiga putur еtkazuvchi noto‘g‘ri informatsiyalar uzatilishi katta muammodir. Yangilikning barchasi ham foydali bo‘lavermaydi, degan aqidaga muvofiq ota-onalar o‘z farzandlarining qiziqishlarini nazorat qilishlari darkor. 4. Kompyuter orqali bilish. Albatta, kompyuter juda muhim va kerakli ma’lumotlarni o‘rganish imkoniyatidir. U ko‘plab bilimlarga kalit bo‘la oladi, vaqtimiz tejamkorligini ta’minlaydi, dunyoni bilishga yordam beradi. Bugun multimediya texnikasisiz, elektron prezentatsiyalarsiz, kompyuter texnologiyalarisiz bilim olish mumkin emasdek hisoblanadi. Biroq, jonli muloqot, tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar o‘rtasida |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling