Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari
Download 3.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция 6 osd9d3c
Keywords: makhalla, national games, value, games on mobile, activity, upbringing, spiritual environment.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-noyabrdagi “Aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 735-sonli qarorida qayd etilgan muhim vazifalarni amalga oshirish maqsadida mahallalarda milliy o‘yinlar vositasida ijtimoiy faollikni oshirish, mahalla bolalari orasida milliy qadriyatlarimiz, milliy o‘yinlar va shaxs ijtimoiylashuviga ushbu o‘yinlarning ta’siri, hududlarda milliy o‘yinlarning tashkil etilishi nazariy va amaliy shart-sharoitlarini aniqlash lozim. Asosiy e’tibor o‘zbek mahallalarida milliy o‘yinlar mazmuni va tashkil etish metodikasi samaradorligini tekshirish, aniqlash imkonini beradigan metodikalarni tatbiq etish. Mahallangizda milliy xalq o‘yinlari tashkil etiladimi? Milliy xalq o‘yinlari qaysi paytlarda o‘tkazilishi kerak deb hisoblaysiz? Mahallangizda milliy xalq o‘yinlari tashkil etish uchun sharoit mavjudmi? va boshqa shu kabi qator savolnomalar asosida o‘rganish. Mahallalarda milliy o‘yinlar vositasida ijtimoiy faollikni oshirishning nazariy va amaliy masalalari, pedagogik shart-sharoitlarini ishlab chiqish masalalari M.Abrorov, S.Bulatov, O.Bo‘riyev, I.Jabborov, T.Javliyev, M.Inomova, Y.Ovlyakuliyev, N.Ortiqov, Q.Tohir, O.Usmonov, A.Madrahimov, I.Xayrullayev, M.Quronov, D.Ro‘ziyevalarning ishlarida xalq og‘zaki ijodi namunalari, milliy urf-odat, marosim va an’analarning mohiyati, ularda ilgari surilgan g‘oyalar, milliy madaniyat asoslari hamda ularning shaxs ma’naviyatini shakllantirishdagi o‘rni va roli ochib berilgan. Mahallalarda milliy o‘yinlar bolalarning jismonan va ruhan sog‘lom etib tarbiyalash, mahalla bolalarida xalqimizga xos bag‘rikenglik, jamoaviylik, jipslik tamoyillarini qaror toptirishga ko‘maklashadi. Mahallalardagi milliy o‘yinlarni tashkil etish milliy qadriyatlar tarkibidagi xalqning eng sevimli ma’naviy tadbirlaridan biridir. Kurash, ko‘pkari (uloq), “Oq terakmi, ko‘k terak”, “G‘ozlar va oqqushlar”, “Kuchlilar va chaqqonlar”, “Arqon tortish”, “Quvlashmachoq” “Durra”, “Otib qochar”, “Uchtalik to‘ptosh”, “Xakkalakam sharti”, “Otambaqala-Qoqbosh”, “Ikki tosh”, “Yong‘oq urish”, “Beshtosh” kabi o‘yinlar vositasida shaxs ijtimoiy faolligi oshiriladi. Yurtimizda xalq milliy o‘yinlarini o‘rganish va ularni qayta tiklash bilan yoshlarning ma’naviy va jismoniy kamolotini tarbiyalashda ulardan maqsadli foydalanish amalga oshirib kelinmoqda. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling