Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari
Download 3.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция 6 osd9d3c
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
- Ключевые слова
- “Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami 171
* * *
Abirova Umida Nazarovna, Nizomiy nomli TDPU o‘qituvchisi, Respublika Ma’naviyat va Ma’rifat markazi tadqiqotchisi YANGI O‘ZBEKISTONDA OILA, MAHALLA VA TA’LIM MUASSASALARI IjTIMOIY- PEDAGOGIK HAMKORLIGINING DOLZARB MASALALARI Annotatsiya. Maqolada Yangi O‘zbekistonda yoshlarni tarbiyalashda oila, mahalla va kollej ijtimoiy hamkorligini takomillashtirish yo‘llari va tavsiyalari berilgan hamda hamkorlikning o‘rganilganlik darajasi yoritilgan. Kalit so‘zlar: Ta’lim, tarbiya, oila, mahalla, ijtimoiy, ma’naviyat, ma’rifat, hamkorlik. Аннотация. В статье представлены пути и рекомендации по совершенствованию социального партнерства семьи, общины и вуза в обучении молодежи Нового Узбекистана, а также степень изученности данного сотрудничества. Ключевые слова: образование, воспитание, семья, сообщество, социальное, духовное, просвещение, сотрудничество. Annotation. The article provides ways and recommendations for improving the social partnership of the family, community and college in educating young people in New Uzbekistan, as well as level of studiedness of the cooperation. Keywords: education, upbringing, family, community, social, spirituality, enlightenment, cooperation. 94 Sunnatova R.I., Parpiev U. Kasbga yo‘naltirish maslahatlari: metodlar, muammolar, imkoniyatlar. – Toshkent: “Fan”, 2001. – B. 88. “Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami 171 Yangi O‘zbekistonda barcha sohalarda ulkan islohatlar olib borilmoqda. Olib borilayotgan islohatlarning bosh omili inson, inson manfaatlari uchun hisoblanadi. Shu jumladan, ta’lim-tarbiya sohasida ham tub islohotlar olib borilmoqda. Shu bois dunyo mamlakatlari tomonidan Yangi O‘zbekistonda yoshlarning aqliy, ma’naviy-ma’rifiy va jismoniy kamoloti taraqqiyoti, ularning zamon talablariga mos bilim olishlari, kasb- hunar egallashlari, iqtidori va qobiliyatlarini namoyon qilishi va yanada rivojlantirishi uchun yaratilgan imkoniyatlar e’tirof etilmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyevning zamonaviy davlatchiligimizning tarixida taraqqiyparvar o‘zgarishlar yaratayotgan Oliy Majlisga Murojaatnomalarida ilgari surilgan innovatsion g‘oyalar mamlakatimizda barkamol avlodni tarbiyalashda oila, mahalla va ta’lim muassasalari hamkorligini takomillashtirishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Yoshlarni hamkorlikda milliy va zamonaviy ruhda tarbiyalab ularga innovatsion g‘oyalarni singdirish bugungi kunning talabi hisoblanadi. Yosh avlodni har tomonlama sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash borasidagi ishlarimizni yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonunni yangi tahrirda qabul qilindi. Shu asnoda yangicha yondashuvlar hayotga faol joriy etilmoqda. Tadqiqotimiz obyekti xususiyatlaridan kelib chiqib, oila, mahalla va ta’lim muassasalari ijtimoiy- pedagogik hamkorligida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni samaradorligini oshirish jarayoni va bu jarayonning mazmuni, shakli va uslublari ilmiy tadqiqotlarda qay darajada aks etgani muhim ahamiyatga ega. Shu bois tadqiq qilinayotgan muammoni asoslash va uning ilmiy yechimini topish maqsadida ta’lim-tarbiya jarayonida oila, mahalla va ta’lim muassasalari ijtimoiy hamkorligida ma’naviy-ma’rifiy ishlarning pedagogik xususiyatlarini, jihatlarini ajratib olib tahlil qildik. Avvalo, tahlil qilishni bu yo‘nalishda amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlar, adabiyotlar, ularning bajarilishi va amalga oshirilishidan kelib chiqqan holda tadqiq etdik. Oila, mahalla va ta’lim muassasasi hamkorligi samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan ilmiy izlanishlar jahonning yetakchi ilmiy markazlari va oliy ta’lim muassasalarida olib borilmoqda. Jumladan, “Oila, gender, demografiya” ilmiy- pedagogik markaz (Rossiya), “Bo‘lg‘usi onalar maktabi” (Yaponiya), “Oila va maktab” Yapon markazi “Xokkaydo”, oilaviy muammolar, oila, maktab va jamoatchilik faoliyatini tadqiq etuvchi ko‘p tarmoqli ijtimoiy “Oila” markazi (Astraxan), yoshlarni oilada, jamiyatda zamon talabiga muvofiq tarbiyalashga qaratilgan “yoshlarga ahamiyat”, “yoshlar ishi”, “yoshlar xizmatlari” kabi harakat rejalari va tizimli ilmiy loyihalar ishlab chiqilgan (German Institute for International and Security Affairs, German Council on Foreign Relations). Yoshlarga o‘z hayotini yaxshilash va vatan ravnaqiga o‘zining hissasini qo‘shishga undaydigan yoshlar tashkilotlarining faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan umummilliy konsepsiyasi ishlab chiqilgan (Centre of scientific investigation of Central Asia, Institute for the study of Religion). Ta’lim muassasalarida yoshlar bilan ishlaydigan mutaxassis kadrlarni tayyorlash, vatanparvarlikni targ‘ib etuvchi loyihalarga pedagog, jamoatchilik birlashmalari va davlat tashkilotlari vakillari, ta’lim muassasalari va qo‘shimcha ta’lim markazlari xodimlari, ota-onalar, faol yosh volonterlarni jalb etgan holda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning ijtimoiy pedagogik texnologiyalari ishlab chiqilgan, oila institutini ijtimoiy-sotsiologik jihatdan tadqiq etuvchi, yoshlarni oilaga tayyorlovchi, yoshlarda ma’naviy- axloqiy fazilatlarni shakllantiruvchi, oila, mahalla va ta’lim muassasalari hamkorligini kuchaytirish chora- tadbirlarini amalga oshirayotgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (O‘zbekiston), Mahalla va oilani rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqotlar markazi (O‘zbekiston) faoliyat olib bormoqda. Bugungi kunda barkamol avlod tarbiyasi oila, mahalla va ta’lim muassasasining ijtimoiy, ma’naviy- ma’rifiy hamkorligining bosh, ustuvor masalasi hisoblanadi. Buning uchun oila, mahalla va ta’lim muassasasi ijtimoiy hamkorligini ma’naviy-ma’rifiy faoliyat misolida takomillashtirishni yoritish, tahlil qilish jarayonida, “ma’naviy-ma’rifiy” tushunchasini yoritish maqsadga muvofiq. Mamlakatimizning dunyodagi o‘rni, darajasini belgilovchi omillardan biri bu ma’naviyatdir. Bu o‘zbek davlatining uch ming yillik tarixidagi rivojlanish jarayonida tasdiqlangan va shu boisdan milliy mustaqillikning dastlabki yillaridanoq ma’naviy qadriyatlar masalasi, ularni asrash, tiklash va kelajak avlodga yetkazish eng dolzarb masalaga aylandi. Shu maqsadda oila, mahalla va ta’lim muassasalari ijtimoiy hamkorligida olib boriluvchi ma’naviy- ma’rifiy ishlar negizini to‘la yoritish uchun “ma’naviyat” va “ma’rifat” tushunchalaring lug‘aviy ma’nolarini |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling