Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari
Download 3.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция 6 osd9d3c
Ключевые слова: подростки, профессия, карьерная мотивация, профессиональное образование,
выбор профессии. Annotation. The article describes the family environment in the choice of profession of adolescents, the state of employment in the mahalla, the social cooperation in the field of youth employment in our country, it’s social necessity. The author emphasizes that the process of choosing a profession is of social significance, but behind it is a physical individual. Keywords: adolescents, profession, career choice motivation, vocational education, career selection. Hozirgi kunda juda ko‘plab davlatlarda bo‘lgani kabi dunyo xaritasida o‘zining munosib o‘rniga ega bo‘lgan yangi O‘zbekistonda ham barcha sohalarda tub islohotlar boshlandi. Bu islohotlarning barchasi inson omilini har qachongidan ham yuqori saviyaga ko‘tarib, uning kuchi, idroki, salohiyati, ruhiy hamda ma’naviy barkamolligini bevosita taraqqiyot, rivojlanish va sivilizatsiya bilan uzviy bog‘ladi. Bundan inson va uning mukammalligi, o‘z ustida ishlashi, o‘z mukammalligi xususida qayg‘urishi muammosi har qachongidan ham dolzarb masalaga aylandi. 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturiga muvofiq, shuningdek, oliy ta’lim muassasalari huzuridagi texnikumlarni o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha turdosh oliy ta’lim hamda tarmoq tashkilotlariga biriktirish, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini yanada takomillashtirish maqsadida 2021-2022-o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalari huzurida 24 ta texnikum tashkil etish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qabul qilindi 89 . Bunday dolzarb masalani har tomonlama hal etishda yoshlarni kasbga yo‘naltirishning ahamiyati juda ham katta. Yoshlarni kasbga yo‘naltirish uchun yoshlar psixologiyasini bilish, o‘z taraqqiyotini va iqtidorini tashkil etishni bilish, har qanday yosh davrda ham optimal ravishda ishga yaroqlilikni, turli o‘zgarishlarga psixologik jihatdan tayyorgarlikni ta’minlash, yangicha fikrlash va tafakkur qilish, ro‘y berayotgan jarayonlarni obyektiv va to‘g‘ri idrok qilish qobiliyatini rivojlantirish muammosini ilgari suradi. Pedagogika va psixologiya fanlarida o‘quv va kasbiy faoliyatning motivlari tarkibi yetarlicha ishlab chiqilgan. Lekin o‘quvchilar va ishlayotgan yosh mutaxassislarning ijtimoiy-kasbiy yo‘naltirish bilan bog‘liq kasbiy motivatsiyaning mazmuniy tomonlari yetarlicha o‘rganilmagan. 89 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 31-avgustdagi “Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘rtasida ta’lim jarayoni hamda tarmoq tashkilotlari bilan ishlab chiqarish amaliyoti uzviyligini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5241-son qarori . |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling