Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari


“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”


Download 3.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet209/270
Sana28.10.2023
Hajmi3.48 Mb.
#1732433
TuriСборник
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   270
Bog'liq
Конференция 6 osd9d3c

“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
175
barkamolligiga xizmat qiladigan “Baxtiyor oila” (Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf), “O‘tkan 
kunlar” (Abdulla Qodiriy), “Oila” (Abdurauf Fitrat), “Kelinlar daftariga” (Tohir Malik) kabi nodir asarlar 
ham bo‘lib, bu tanlovning saviyasini yanada oshishiga hissa qo‘shdi.
Umuman olganda, yosh oilalarning kitobxonlik madaniyatini oshirishga doir Respublikamizda amalga 
oshirilayotgan ishlar uzoq yillik strategik faoliyat bo‘lib, Vazirlar Mahkamasi tomonidan “2020-2025-yillarda 
kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturi” qabul qilinishi buni yana bir 
karra ko‘rsatib beradi. Mazkur dastur kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, ijodkorlar, noshirlar va kitob 
tarqatuvchilar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash tizimini izchil va samarali tashkil etish orqali faol kitobxonlar 
safini kengaytirish, aholi, ayniqsa, yosh avlodning intellektual salohiyatini oshirish maqsadida qabul qilingan. 
Umuman olganda, dastur oilaviy kitob o‘qish an’anasini joriy etishga yo‘naltirilgan. Dastur 3 bosqichda 
amalga oshirilib, 2025-yilga borib aholi, ayniqsa, yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ular 
orasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, kitobxonlik madaniyatini rivojlangan davlatlar bilan taqqoslanadigan 
darajaga ko‘tarish hamda yoshlarning kitobxonlik madaniyatini jadal rivojlantirishga, ularning madaniy 
savodxonligi o‘sishi orqali inson kapitali sifatini yaxshilashga erishish maqsad qilingan. 
Xulosa o‘rnida aytishimiz mumkinki, so‘nggi yillarda yurtimizda kitobxonlik madaniyatini oshirish, 
yoshlarni kitob o‘qishga rag‘batlantirish, jamiyatning savodxonligi, ziyoliligini oshirish maqsadida tizimli 
ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Xususan, oilalarni kitobxonlik madaniyatiga targ‘ib qilishda davlat va 
nodavlat tashkilotlarining, mahalla fuqarolar yig‘inlari, yoshlar tashkilotlarining hamkorlikdagi faoliyati 
yo‘lga qo‘yildi. Ushbu yo‘nalishdagi faoliyatda yosh oilalarning ham kitobga bo‘lgan mehrini oshirishga
bolalar va xotin-qizlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga moslashgan tizimli ishlar amalga oshirilib, 
bu orqali jamiyatning ma’naviy saviyasini oshirishga harakat qilinmoqda. 

Download 3.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling