O’zbek tilining taraqqiyot bosqichlari Dars rejasi
Download 40.5 Kb.
|
O’zbek tilining taraqqiyot bosqichlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 12-topshiriq.
Aim.uz O’zbek tilining taraqqiyot bosqichlari Dars rejasi: O’zbek tilining tarqqiyot bosqichlari haqida ma’lumot. Hozirgi o’zbek adabiy tilining shakllanishi. Mavzu yuzasidan mashqlar bajarish. O’zbek tilining taraqqiyot bosqichlari quyidagilar: 1. Eng qadimgi turkiy til (VI asrgacha) 2. Qadimgi turkiy til (X asrgacha) 3. Eski turkiy til (XI-XIV asrlar) 4. Eski o’zbek tili (XV-XIX asrlar) 5. Hozirgi o’zbek adabiy tili (XX asr boshlaridan hozirgacha) O`zbek tili turkiy tillar turkumiga kiruvchi yirik tillardan biridir. O`zbek (turkiy) tilda yozilgan dastlabki yozma yodgorliklar VI –VII asrlarga tegishli bo’lib, umumturk adabiy tili sifatida shakllandi. X-XI asrlarda bu tilda “Devoni lug’otit turk”, “Qutadg’u bilig”, “Hibat ul-haqoyiq” kabi nodir asarlar yaratildi. XII-XIII asrlarda yaratilgan “Devoni Hikmat”, “Qissasi Rabg’uziy”, “Muhabbatnoma”, “Me`rojnoma”, “Muqaddimat-ul adab”, “Yusuf va Zulayho”, “O`g’uznoma” kabi o`nlab mashhur kitoblar eski o’zbek tilini mahalliy shevaning go’zal unsurlari bilan boyitdi. O’zbek xalqi tilining takomillashuvida XIV asrdan XIX asrning ikkinchi yarmigacha bo’lgan tarixiy davr muhim rol o`ynaydi. Temur davlatining ravnaqi ostida ijod etgan Sakkokiy, Atoyi, Lutfiy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi mumtoz adiblarimiz o’zbek adabiy tilining mavqeyini yuksak darajaga ko’tardilar. Keyinchalik o’zbek tilini xalq tilining boy imkoniyatlari asosida Abulg’ozixon, Turdi, Gulxaniy, Maxmur, Munis, Ogahiy kabi adiblar yanada boyitdilar. XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab o’zbek adabiy tilining uslublari ham shakllana bordi, o’zbek milliy tilida me’yorlashish jarayoni barqarorlashtirish bosqichiga kirdi. Hozirgi o’zbek adabiy tili rivojlangan, ijtimoiy mavqeyi yuksalgan, sayqal topgan, fonetik va leksik, grammatik jihatdan me’yorlashgan milliy tildir. 5-mashq. Marndagi gaplarni tushunarlilik darajasiga ko’ra guruhlang va bu nutq namunalari til taraqqiyOtining qaysi davriga xosligini ayting. 1. Juda boy, chiroyli tilimiz bor. Bu tilda ifoda etib bo’lmaydigan fikr tuyg’u yo’q! (A.Qahhor). 2. Tang tangri kalti. Tang tangri o’zi kalti. Urunglar, qamug’ beklar, qadashlar, Tang tangrig’a o’galim… (Aprinchur Tegin). 3. “Til arslan turur, ko’r, eshikda yatur. Aya evlug, arsiq bashingni yeyur” (Yusuf Xos Hojib). 4. Turk zuhuridur ochunda bukun, Boshla uluq yir bila turkona un! (Haydar Xorazmiy). 5. Yeti yuz kishig uduzig’ma ulug’i shad erti (“Tunyuquq”). 12-topshiriq. Adabiyotimiz tarzining turli davrlariga xos badiiy ijod namunalaridan parchalar o’qing, ularning o’zbek adabiy tili taraqqiyOtining qaysi davriga xosligini aniqlab, xronologik jadval tuzing. 6 –mashq. Matnni ko’chiring, eski o’zbek tiliga xos fonetik, leksik va morfologik xususiyatlarini aniqlab, ostiga chizing va ularning ustiga hozirgi tildagi muqobillarini yozib qo’ying. “Yana bir Marg’ilondur. Andijonning g’arbidadur. Andijondin yetti yig’och yo’ldur. Yaxshi qasaba voqe bo’lubtur, pur ne’mat: anori va o’rugi asru ko’p xo’b bo’lur. Bir jins anor bo’lur, “dona kalon” dyerlar, chuchukligida zardolu mayxushlig’idin andak choshni bor. Samnon anorlarig’a tarjeh qilsa bo’lur. Yana bir jins o’ruk bo’lurkim, donasini olib, ichig’a mag’iz solib quruturlar, “subhoniy” derlar, bisyor lazizdur. Ovi qushi yaxshidur, oq kiyik yovuqta bo’lur. Eli sorttur va mushtzan va pursharu sho’r eldur” (Z.M.Bobur, “Boburnoma”). Aim.uz Download 40.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling