Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari
“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
Download 3.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция 6 osd9d3c
“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami 174 borayotgan bugungi globallashuv davrida insonlar o‘z hayotlarini to‘g‘ri yo‘lga solishlari uchun kitobga bo‘lgan ehtiyojlari yanada ortdi. Bu esa dunyoning barcha mintaqalarida kitobxonlik madaniyatining keng yoyilishiga olib keldi. NOP World xalqaro tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, 2015-yilda dunyodagi eng ko‘p vaqtini kitob o‘qishga sarflaydigan millat – hindlar bo‘lib, taylar, xitoyliklar, filippinliklar, ruslar, shvedlar, fransuzlar ham dunyoning eng kitobsevar millatlari qatorida e’tirof etilgan. 2016-yilda esa kuchli uchlikdan eng kitobsevar millatlar sifatida xitoylik, rossiyalik va ispaniyaliklar o‘rin egallashgan (“GfK” xalqaro tadqiqot instituti o‘tkazgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra). Kitobga bo‘lgan mehr bugungi kunda jamiyatning rivojini belgilab beradi. Ushbu millatlarning moddiy va ma’naviy saviyasi ortishi, barqaror rivojlanishiga kitobxonlikning jamiyatda keng targ‘ib etilishi ham ta’sir ko‘rsatadi, albatta. Xo‘sh, O‘zbekistonda kitobxonlik madaniyati bilan bog‘liq vaziyat qanday? Yoshlarning kitob o‘qishini targ‘ib etish maqsadida bugun qanday ishlar amalga oshirilmoqda? O‘zbekiston Respublikasida ham so‘nggi yillarda jamiyatda kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib etish, yoshlarni, xususan, yosh oilalarni kitobga mehr qo‘yishlarini ta’minlash, jamiyatda ziyolilarning sonini oshirishga yo‘naltirilgan ko‘plab amaliy ishlar amalga oshirildi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2016-yil 19-oktabrda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining VIII syezdidagi saylovoldi ma’ruzasida kitobxonlik madaniyatini yoyishga, kitob, adabiyot mutolaasini targ‘ib qilishga nisbatan aytgan quyidagi fikrlari ushbu ezgu ishlarning debochasi bo‘lib xizmat qildi: “Ayni paytda, axborot-kommunikatsiya sohasidagi oxirgi yutuqlarni o‘zlashtirish bilan birga, yoshlarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirishga, ularni kitob bilan do‘st bo‘lishga, aholining kitobxonlik saviyasini yanada oshirishga alohida e’tibor qaratish lozim bo‘ladi. Buning uchun, avvalo, milliy adabiyotimiz va jahon adabiyotining eng sara namunalarini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish va ularni keng targ‘ib qilishga alohida e’tibor berishimiz muhim ahamiyat kasb etadi”. Ushbu fikrlarning izchil davomi sifatida 2017-yil 13-sentabrda “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi PQ-3271-sonli, 2018-yil 12-mayda “Buyuk allomalar, adib va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini keng o‘rganish va targ‘ib qilish maqsadida yoshlar o‘rtasida kitobxonlik tanlovlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3721-sonli Prezident qarorlari, 2020-yil 14-dekabrda Vazirlar Mahkamasining “2020-2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 781-son qarori qabul qilindi, kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish uchun huquqiy-me’yoriy asoslar yaratildi. 2019-yil 19-martda yoshlarni bo‘sh vaqtlarni samarali sarflashlariga bag‘ishlangan videoselektorda davlatimiz rahbari ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surib, ularning to‘rtinchisi yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo‘naltirildi. “Yosh kitobxon”, “Yosh kitobxon oila”, “Duel” kabi Respublika tanlovlar tashkil etildi. Umuman olib qaraganda, jamiyatda kitobxonlikni yoyish uchun amalga oshirilayotgan ishlarning eng asosiy kutilayotgan natijasi – bu yoshlarda kitobga nisbatan mehr uyg‘otish, mutolaani sevimli mashg‘ulotga aylantirish hisoblanadi. O‘z navbatida yoshlarning kitobga bo‘lgan munosabatini rivojlantirishda ularning oilalari ham katta ta’sir kuchiga ega. Davlatimizning kitobxonlik madaniyatini targ‘ib etish bilan bog‘liq faoliyati, asosan, oila-mahalla nodavlat-notijorat tashkilotlari hamkorligiga asoslangan tizim orqali amalga oshirilib kelinmoqda. Bunday hamkorlikni joriy yilda ilk bor o‘tkazilayotgan “Yosh kitobxon oila” tanlovining tashkil etish va o‘tkazishda ham ko‘rishimiz mumkin. Ushbu tanlov yosh oilalarni kitob o‘qishga chorlash hamda kelajakda ziyoli oilalar sonini ko‘paytirish va yosh oilalarning intilishlarini qo‘llab-quvvatlash, joylarda adabiy muhit shakllanishiga erishish, yoshlar ongida Vatanimiz tarixi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, ijtimoiy hayot haqidagi tushuncha va bilim-ko‘nikmalarini yanada yuksaltirish maqsadida tashkil etilib, ushbu tanlovni tashkil etishda O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi kabi davlat tashkilotlari hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi kabi nodavlat notijorat tashkilotlar hamkorlikda faoliyat olib bordi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad – tanlov ishtirokchilarining ko‘lamini oshirish, yoshlarni kitob o‘qishga chorlash, kitobxonlik, ziyolilikni eng keng tarqalgan fazilatlar darajasiga ko‘tarish bo‘ldi. Tanlov uchun tanlab olingan asarlar orasida yosh oilaning ma’naviy, axloqiy muhitini |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling