“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
172
tahlil qilishni maqsadga muvofiq deb hisobladik. Ma’naviyat arabcha so‘z bo‘lib “ma’nolar majmuyi” –
kishilarning falsafiy, huquqiy, ilmiy, axloqiy, diniy tasavvurlari va tushunchalari yig‘indisini bildiradi. Butun
insoniyat o‘zining ming yillik tarixiy taraqqiyotida hayotiy tajriba to‘plab, uni o‘rab turgan tabiat, borliq
bilan hamkorlik qilib, tabiat hodisalari, hayot, Vatan, millat va xalq oldidagi burchlari va shaxsni shaxs bo‘lib
shakllanishidagi barcha ma’lumotlarni, faoliyatni o‘zidan keyingi avlodga o‘rgatib kelgan. Shu jumladan
o‘zbek xalqi ham o‘ziga xos bilimlar majmuyini asrlar davomida to‘plab keldi.
Olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida quyidagi holatlar mavjudligi kuzatildi. Ayrim talim
muassasalarida.
– talim muassasalarida ota-onalar yig‘ilishlari rejasi ishlab chiqilib pedagogik kengash qarori bilan
tasdiqlanmagan. Ota-onalar yig‘ilishlari rejasi asosida tashkil etilmaydi.
– ta’lim muassasalarida yarim yillik semestr yakunlaridagi tashkil qilinadigan ota-onalar yig‘ilishlariga
guruhdagi o‘ttiz nafar o‘quvchilardan 15-20 nafarining ota-onalar kelishadi. Ular ham a’lochi, yaxshi
o‘qiydigan, tarbiyali o‘quvchilarning ota-onalari. O‘zlashtirishlari past, tarbiyasi muammoli, nosog‘lom
oila farzand oilalardagi ota-onalar yig‘ilishlariga kelishmaydi.
O‘rganilgan 1573 ta oilani o‘rganish ota-onalar tomonidan farzand tarbiyasida nazorat ostiga olinishi
zarur bo‘lgan jabhalar holatini baholash imkoniyatini berdi. Hududlar kesimidagi statistik tahlil ota-
onalarning o‘smirlar bolalarining dars tayyorlashini nazorat qilishlarini asosiy vazifa deb bilishlarini ko‘rsatdi
(1-jadval). Ayni vaqtda farzandlarining kimlar bilan do‘st ekanliklari, bo‘sh vaqtlarini qanday o‘tkazishlari
va kitobxonlikka qiziqishlariga e’tibor yetarli emasligini ko‘rsatdi.
1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |