Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari


“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”


Download 3.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet249/270
Sana28.10.2023
Hajmi3.48 Mb.
#1732433
TuriСборник
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   270
Bog'liq
Конференция 6 osd9d3c

“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
207
Oilada er-xotinning oilaviy hayot to‘g‘risidagi tasavvurlarining o‘zaro mos kelmasligi nizo yoki 
ziddiyatlar kelib chiqishining asosiy sabablaridan biridir
143
. Ko‘pincha oiladagi zo‘ravonlikning zamirida 
er yoki xotinning bir-birini hurmat qilmaslik, haqorat qilish, ustidan kulish, kamsitish, mensimaslik kabi 
omillar jabrlanuvchida qasd yoki o‘ch olish niyatining shakllanishiga olib keladi. Aynan ushbu omillar 
ta’sirida judayam ko‘p jinoyatlarning sodir etilishi kuzatiladi.
Tahlillarga asoslanib aytish mumkinki, shaxsning salbiy xulq-atvori oilada nosog‘lom muhitning 
shakllanishiga, oila a’zolari o‘rtasida turli nizolarning kelib chiqishiga, shaxsning axloqsiz va tarbiyasiz 
bo‘lishiga sabab bo‘lishi muqarrar. Qiziqarli tomoni shundaki, ushbu salbiy illatlar bir-biri bilan bog‘liq 
bo‘lib, biri ikkinchisini doimiy ravishda taqozo etadi.
Shunday ekan, oilada sog‘lom va ma’naviy-ruhiy muhitni shakllantirish har bir ota-onaning burchi 
bo‘lmog‘i darkor. Chunki oilada tarbiyalanayotgan bolaga ota yoki onaning xatti-harakati o‘zining xususiyatiga 
qarab ijobiy yoki salbiy ta’sirini ko‘rsatadi.
Oilada voyaga yеtmaganlarning shakllanishiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni bartaraf etish
 uchun 
quyidagi vazifalarni amalga oshirish lozim: birinchidan, oilada tarbiyalanayotgan voyaga yеtmaganlarni milliy 
qadriyatlarimiz va urf-odatlarimiz ruhida tarbiyalash; ikkinchidan, farzand tarbiyasi bilan shug‘ullanmaydigan 
ota-onalar va ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarni aniqlash, ularni ro‘yxatga olish va ushbu toifadagi shaxslar 
bilan tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan yakka tartibdagi profilaktik ishlarni kuchaytish; uchinchidan, 
nosog‘lom turmush tarzi kechiruvchi oilalarda yashayotgan tarbiyasi og‘ir bo‘lgan voyaga yеtmaganlar bilan 
ta’lim muassasasi va mahallalar kesimida muntazam ravishda nazorat ishlarini olib borishto‘rtinchidan, 
nosog‘lom oilada tarbiyalanayotgan voyaga yеtmaganlarga ma’naviy va ruhiy jihatdan yordam ko‘rsatish, 
ayniqsa, tarbiyachi pedagog va psixologlar bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish; beshinchidan, 
profilaktik hisobga olingan, ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalaridan qaytgan, ilgari sudlangan 
voyaga yеtmaganlar bilan oila, mahalla va ta’lim muasasasalari bilan o‘zaro hamkorlikda profilaktik ishlarni 
olib borish; oltinchidan, voyaga yеtmaganlarni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qiluvchi shaxslar va 
guruhlarni aniqlash, ular bilan operativ profilaktik ishlarni olib borish; yеttinchidan, farzandlar tarbiyasi 
uchun ota-ona yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning mas’uliyatini oshirish maqsadida, ularning bu 
sohada qonun va boshqa normativ hujjatlarda belgilangan vazifalarni bajarmaganligi uchun javobgarligini 
kuchaytirish hamda uni ta’minlash mexanizmini ishlab chiqish bugungi kunning dolzarb muammolaridan 
biridir. 

Download 3.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling