Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari
Download 3.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция 6 osd9d3c
Keywords: family, environment, women, upbringing, social and spiritual, values.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 18-fevraldagi PF-5938-sonli hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora- tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 3-maydagi PQ-4307-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, yoshlarni mustaqil hayotga dunyoqarashi keng, faol fuqarolar etib tarbiyalash maqsadida Vazirlar Mahkamasi 2019- yil 31-dekabrdagi “Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora- tadbirlari to‘g‘risi”da O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi qarori qabul qilingan edi. Unga ko‘ra respublikamizda oilalarimiz farovonligida yoshlarimizni ijtimoiy-ma’naviy muhitda keng dunyoqarashli etib tarbiyalashga qaratilgan bir qancha ustuvor vazifalar amalga oshirildi. Azal-azaldan oila farovonligi – milliy farovonlik asosi sanalib kelingan. Xalqimiz tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, halollik, rostgo‘ylik, or-nomus, sharm-u hayo, mehr-oqibat, mehnatsevarlik kabi barcha insoniy fazilatlar oilada shakllangan. Oila jamiyatning asosiy negizi. Oilalarimizda sog‘lom, barqaror ijtimoiy-ma’naviy muhitni yaratish, ona va bola salomatligini, tinchligini muhofaza qilish, sog‘lom avlodni shakllantirish asosiy ustuvor vazifalardan biri sanalib kelingandir. Oila muqaddas Vatan sanalgan. Agar oila sog‘lom va mustahkam bo‘lsa, mahallada tinchlik va hamjihatlikka erishiladi. Binobarin, oila, mahalla-yurt mustahkam bo‘lsagina, davlatda osoyishtalik va barqarorlik hukm suradi. Mehr-oqibat va hamjihatlik ota-onalardan farzandlarga ham qon-qarindoshlik, ham kundalik ijtimoiy- ma’naviy munosabatlar jarayonida o‘tuvchi his-tuyg‘ulardir. Oilada ota va onaning bir-biriga ko‘rsatgan hurmat-ehtiromi, mehr-muhabbati ibrat namunasi sifatida farzandlarga yillar davomida singib boradi. Binobarin, farzandlar mehr-oqibatni, eng avvalo, oila tarbiyasidan o‘zlashtiradi. Olamga kelgan chaqaloq ilk bor tevaragini o‘rab turgan voqelik bilan oilasida tanishadi. Farzand uchun dunyodagi eng yеtuk, komil, ulug‘ martabali inson ota-onasi hisoblanadi. Tabiiyki, eng go‘zal, yorug‘, baxtli xonadon ham o‘z uyi bo‘lib tuyuladi. Farzand oila tarbiyasidan jamoa hayoti sari asta-sekinlik bilan kirib kela boshlaydi, demak, uning katta hayot sari odimlari ota-onasi homiyligida oila muhitida amalga oshiriladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling