Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari


“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”


Download 3.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/270
Sana28.10.2023
Hajmi3.48 Mb.
#1732433
TuriСборник
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   270
Bog'liq
Конференция 6 osd9d3c

“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
65
Bayjonov Furqat Baxramovich,
“Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti 
mustaqil izlanuvchisi
O‘SPIRINLARDA KASB TANLASH MOTIVATSIYASINING O‘ZIGA XOS 
XUSUSIYATLARI
Annotatsiya: Мaqolada keyingi yillarda o‘spirinlarda kasb tanlash motivatsiyasining o‘ziga xos 
xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha olib borilayotgan ulkan islohotlar haqida ma’lumotlar berilgan.
Kalit so‘zlar: motiv, o‘spirin, kasb, model, maorif, bilimlar, ko‘nikmalar, malaka.
Аннотaция: В статье предоставлена информация об огромных реформах, которые были 
проведены за последние годы для изучения специфики карьерной мотивации подростков.
Ключевые слова: мотив, подросток, профессия, модель, образование, знания, умения, 
квалификация.
Annotation: The article provides information about the huge reforms that have been carried out in 
recent еars to study the specifics of career motivation for adolescents.
Keywords: motive, teenager, profession, model, education, knowledge, skills, qualifications.
Hozirgi kunda juda ko‘plab davlatlarda bo‘lgani kabi O‘zbekistonda ham barcha sohalarda tub islohotlar 
boshlandi. Bu islohotlarning barchasi inson omilini har qachongidan ham yuqori saviyaga ko‘tarib, uning 
kuchi, idroki, salohiyati, ruhiy hamda ma’naviy barkamolligini bevosita taraqqiyot, rivojlanish va sivilizatsiya 
bilan uzviy bog‘ladi. Bundan inson va uning mukammalligi, o‘z ustida ishlashi, o‘z mukammalligi xususida 
qayg‘urishi muammosi har qachongidan ham dolzarb masalaga aylandi.
Bunday dolzarb masalani har tomonlama hal etishda yoshlarni kasbga yo‘naltirishning ahamiyati 
katta hisoblanadi. Yoshlarni kasbga yo‘naltirish uchun yoshlar psixologiyasini bilish, o‘z taraqqiyotini 
va iqtidorini tashkil etishni bilish, har qanday yosh davrda ham optimal ravishda ishga yaroqlilikni, turli 
o‘zgarishlarga psixologik jihatdan tayyorgarlikni ta’minlash, yangicha fikrlash va tafakkur qilish, ro‘y 
berayotgan jarayonlarni obyektiv va to‘g‘ri idrok qilish qobiliyatini rivojlantirish muammosini ilgari suradi.
Pedagogika va psixologiya fanlarida o‘quv hamda kasbiy faoliyatning motivlari tarkibi yеtarlicha ishlab 
chiqilgan. Lekin o‘quvchilar va ishlayotgan yosh mutaxassislarning ijtimoiy-kasbiy yo‘naltirish bilan bog‘liq 
kasbiy motivatsiyaning mazmuniy tomonlari hozirgacha yеtarlicha o‘rganilmagan.
Adabiyotlar va tadqiqotlar natijalari quyidagi kasbiy-ahamiyatli sabablarni ajratib olish imkonini beradi:
– kasb va o‘quv muassasasini tanlash sabablari;
– o‘qish, o‘quv kasbiy faoliyat sabablari;
– ish joyini tanlash sabablari;
– mehnat (kasbiy faoliyat) sabablari;
– kasbiy o‘sish va martabasining oshish sabablari [1].
Kollej o‘quvchilarining motivatsiyalash tizimining shakllanishi ko‘proq maktabda shakllangan o‘qishga, 
bilimlarni egallashga bo‘lgan munosabatga, bo‘lajak, kasbga va kasbiy faoliyat vazifalari va mohiyatini 
tushunishga bo‘lgan munosabatga bog‘liq. Kollejda o‘qish davomida kasb tanlash va “kasbiy motivatsiyaning” 
shakllanishi o‘quvchilar ongida aks etgan aniq ijtimoiy-kasbiy yo‘nalish ta’sirida ham shartlanadi, ya’ni:
– jamoatchilik fikri bo‘yicha kasbning nufuzi;
– mazkur kasb bo‘yicha iste’molchilar uchun mehnat natijalarining (mahsulotlar, xizmatlar) 
ahamiyati;
– mehnat bozorida kasbga (nomutaxassislikka) bo‘lgan talab;
– katta maosh olish imkoniyati;
– kasbiy faoliyatning ijodiy xususiyati;
– mazkur kasbga bo‘lgan qiziqish va yaxshi mutaxassis bo‘lishga intilishi;
– kasbiy o‘sish, mehnatda martaba oshirish istiqbollari [2].



Download 3.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling