Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari


“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”


Download 3.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/270
Sana28.10.2023
Hajmi3.48 Mb.
#1732433
TuriСборник
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   270
Bog'liq
Конференция 6 osd9d3c

“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
61
Shermanova F.D.,
Qori Niyoziy nomidagi ilmiy-tadqiqot 
instituti tayanch doktaranti
ZAMONAVIY OILADA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI
MEDIATA’LIM MUHITIGA TAYYORLASH 
Annotatsiya. Maqolada zamonaviy oilada maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyasida 
mediatexnologiyalarning o‘rni, ahamiyati, sabab va oqibatlari. Ota-onalar mediasavodxonligini shakllantirish 
va maktabgacha yoshdagi bolalarni mediata’lim muhitiga ijobiy tayyorlash bo‘yicha tavsiyalar ishlab 
chiqilgan. 
Kalit so‘zlar: zamonaviy oila, ma’naviy axloqiy tarbiya, zamonaviy ota-ona, mediata’lim, mediaaxborot, 
mediamadaniyat, mediaxavfsizlik, mediabozor.
Аннотация. В статье, причины и последствия медиатехнологий в воспитании дошкольников в 
современной семье. Разработаны рекомендации по формированию родительской медиаграмотности 
и позитивной подготовке дошкольников к среднеобразовательной среде.
Ключевые слова: современная семья, духовно-нравственное воспитание, современные родители, 
медиаобразование, медиаинформация, медиакультура, медиа безопасность, медиарынок.
Annotation. The article discusses the causes and consequences of media technologies in the upbringing 
of preschool children in the modern family. Recommendations for the formation of media literacy of parents 
and positive preparation of preschool children for the media education environment have been developed.
Keywords: Modern family, spiritual and moral education, modern parents, media education, media 
information, media culture, media security, media market.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardanoq oila institutini mustahkamlashni o‘zining 
ichki siyosati qilib belgiladi. Ushbu masalaning dolzarbligi taraqqiyotning bugungi bosqichida ham yanada 
oshib bormoqda. “Biz uchun muqaddas bo‘lgan oila asoslarini yanada mustahkamlash, xonadonlarda tinchlik-
xotirjamlik, ahillik va o‘zaro hurmat muhitini yaratish, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni aniq mazmun bilan 
to‘ldirishdan iborat bo‘lmog‘i zarur” [1]. Bu vazifalarni amalga oshirishda esa “Oila” ilmiy-amaliy markazi, 
“Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot institutida alohida tadqiqotlar olib borilmoqda
Oila jamiyatning tayanchi, uning birinchi va birlamchi yadrosi hamda zarrasidir. Har bir bolaning voyaga 
еtishi, shakllanishi va rivojlanishida so‘zsiz oila asosiy o‘rin tutadi. Ongli oila bo‘lib yashash, dunyodagi 
barcha maxluqot va jonzotlar orasida faqat inson zotiga xosdir [2]. Shunday ekan, uning jamiyatdagi o‘rni, 
ahamiyati ham muhimdir. Farzandlarning dunyoga kelishi va kamol topishi, oilada olib borilayotgan tarbiya 
mazmuni jamiyat uchun munosib vorislar bo‘lib еtishlari oilaning jamiyatdagi o‘rni beqiyos ekanligidan 
dalolatdir. Demak, jamiyatning mustahkam bo‘lishi sog‘lom muhitda, tarbiyali va bilimli ota-ona bag‘rida 
voyaga еtayotgan munosib barkamol avlodlarga bog‘liq. 
Bugungi kunda oila markazlari tomonidan zamonaviy oila tushunchasi ommaga targ‘ib etilmoqda. 
“Zamonaviy oila modeli”da ayolning siyosiy-iqtisodiy va ijtimoiy maqomi oshishi oila ichidagi rollar va oila 
hayoti me’yorlarining o‘zgarishiga olib keladi. Ota-ona professional karyerasini va oilaviy majburiyatlarini 
mutanosib ravishda (tengma-teng) olib boradi. Farzandlarga tadbirkorlik ko‘nikmalari va mustaqil bo‘lish 
fikri singdirib boriladi. Bu borada Oila institutini mustahkamlash, zamonaviy, farovon va sog‘lom oilalarni 
shakllantirishda muhim rol o‘ynaydigan farzandlarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasi va ta’lim olish mezonlari 
keyinchalik birinchi o‘ringa chiqadi [3].
Global axborot makonida har qanday mediaaxborotga ochiq kira oladigan resurslarga to‘lib-toshgan 
jamiyatda bolalarimizning asosiy vaqtlari oila davrasida kechar ekan, har bir ota-ona o‘z farzandlarining 
axborot asri muhim tarmoqlaridan biri bo‘lgan mediaga nisbatan o‘z munosabati, ularning xizmatlaridan 
foydalanish holatlari, darajasi (uzoq yoki kam vaqt), shuningdek, ularning aynan qanday axborot, teleko‘rsatuv 



Download 3.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling