Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari
“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
Download 3.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция 6 osd9d3c
“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami 62 va internet xabarlari yoki xizmatlari qiziqtirayotganliklaridan xabardor bo‘lishlari zarur [4]. Shunday ekan, har bir ota-onadan o‘z farzandining media bilan munosabatini to‘g‘ri tashkil etish bo‘yicha ta’lim muassasalaridan amaliy-metodik yordam olish ehtiyojini yuzaga keltiradi. Axborot asrida har qanday zamonaviy ota-ona o‘z farzandi tarbiyasi bilan muntazam shug‘ullanishi uchun: • oilaviy tarbiyaning o‘ziga xos zamonaviy va ta’sirchan metodlari haqida bilimlarning еtishmasligi; • farzand tarbiyasidagi pedagogik va psixologik bilimlarning еtishmasligi; • ota-onalarning “mediamadaniyat”, “mediabozor”, “mediatexnologiya” va “mediaxavfsizlik” bo‘yicha bilimlarining yеtishmasligi. Aksariyat oilalarimizdagi ota-onalarimizda ushbu bilim, ko‘nikma va malaka еtarli darajada shakllanmaganligi bois yoshlarimizni kundalik media hayotdan qay darajada foydalanishi bo‘yicha ularga to‘g‘ri ko‘rsatma berishda muammolarga duch kelmoqda. Turli axborot vositalari orqali kirib kelayotgan ma’lumotlarning barchasi ham tarbiyalanuvchining qobiliyatlarini, ma’naviy darajasi, madaniyatini yuksaltirishga xizmat qila olmaydi. “Bolalarni bizning gap-so‘zlarimiz emas, balki xatti-harakatlarimiz tarbiyalaydi”, – degan Makarenko ayni haqiqatni so‘zlagan edi [5]. Zamonaviy axborot asrida bolalar ilk bolalik davridanoq kompyuter, planshet, smartfon kabi mediavositalardan foydalanishni o‘zlashtirib olishgan. Ayniqsa, hozirgi kunda, murg‘ak go‘dakning qo‘liga uyali telefon tutqazishni odat qilgan “shuni ko‘rsa jim o‘tiradi, to‘polon qilmaydi”, “qo‘shnimning ikki yoshli bolasi telefonni bemalol ishlatadi”, “bu zamon talabi, bilmasa orqada qolib ketadi”, deb fikrlovchi zamonaviy ota-onalarimiz juda ko‘p uchraydi. Farzandga ortiqcha mehr ko‘rsatish, uning barcha istaklarini muhayyo qilish, aksincha, unga butkul e’tiborsiz bo‘lish, uning yurish-turishi bilan qiziqmaslik bolalarning kitobga bo‘lgan qiziqishini so‘ndirib virtual olamga kirib ketishlariga olib kelmoqda. Ota-onaning farzandlarga ta’siri quyidagicha: – ota-onalar hayotiy tajribaning asosiy manbayidir; – ota-onalar farzandining xulq-atvoriga jazolash yoki rag‘batlantirish usullari orqali ta’sir qiladilar; – farzand jamiyatda o‘zini tutish asoslarini ota-onasidan o‘rganadi; – oila bolaning tashqi dunyoda va uni o‘zlashtirishida xavfsizlik tuyg‘usini ta’minlaydi; – oiladagi muloqot bolaning o‘z qarashlari, me’yorlari, qoidalari va g‘oyalari shakllanishida asosiy omil hisoblanadi. Tadqiqotlar natijasi shuni ko‘rsatadiki, maktabgacha yoshdagi bolalarning ota-onalarning tashabbusi bilan 2 yoshdan boshlab mediavositalarning faol foydalanuvchilari bo‘lib, 3yoshdan boshlab mustaqil o‘zlari tanlash huquqiga ega, 5 yoshdan boshlab kompyuter va internet tarmog‘ini o‘rganmoqdalar. Bugungi kunda farzandlarimiz hayotini mediatexnologiyalarsiz tasavvur etib ham, bu vositalardan ularni taqiqlab ham bo‘lmaydi. Ko‘zlangan maqsad bolalarni pedagoglar va ota-onalari tomonidan axborotga ega bo‘lishlari, samarali va to‘g‘ri foydalanishlari, zamonaviy oilada va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida mediata’lim muhitini ijobiy yo‘lga qo‘yish, bolalarning mediata’lim texnologiyalari asosida intellektual va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishni talab etmoqda. Buning uchun esa biz: • oilada ota-onalarning mediasavodxonligini aniqlash; • mediabilimlarini shakllantirish uchun maqsadli va manzilli chora-tadbirlarini ishlab chiqish; • maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyachi va pedagoglarning mediasavodxonlik darajasini aniqlash; • tarbiyachi va pedagoglarning mediakompetentligini oshirishda pedagogik asoslarini ishlab chiqish; • oilada ota-onalar farzandlari bilan global tarmoq mediavositalaridan qay darajada, nima maqsadda foydalanayotganliklarini aniqlash; • mazkur masalalarda pedagogik-psixologik ko‘rsatmalarni ishlab chiqishimiz muhim hisoblanadi. Mutaxassislarning fikricha, mediata’lim o‘quvchi, bolalarni mustaqil fikr yuritishga, ijodkorlik faoliyatlarini yanada rivojlantirishga, axborot olish, uni qayta ishlash, umumlashtirish, xulosa chiqarishga o‘rgatadi. Ta’lim jarayonida mediata’lim qanchalik mukammal bo‘lsa, u yosh avlodning dunyoqarashi, intellektual salohiyati shunchalik rivojlanishiga xizmat qiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling