Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari
“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
Download 3.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция 6 osd9d3c
- Bu sahifa navigatsiya:
- MEDIATA’LIM MUHITIGA TAYYORLASH Annotatsiya.
- Kalit so‘zlar
- Ключевые слова
- Annotation.
“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami 61 Shermanova F.D., Qori Niyoziy nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti tayanch doktaranti ZAMONAVIY OILADA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI MEDIATA’LIM MUHITIGA TAYYORLASH Annotatsiya. Maqolada zamonaviy oilada maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyasida mediatexnologiyalarning o‘rni, ahamiyati, sabab va oqibatlari. Ota-onalar mediasavodxonligini shakllantirish va maktabgacha yoshdagi bolalarni mediata’lim muhitiga ijobiy tayyorlash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan. Kalit so‘zlar: zamonaviy oila, ma’naviy axloqiy tarbiya, zamonaviy ota-ona, mediata’lim, mediaaxborot, mediamadaniyat, mediaxavfsizlik, mediabozor. Аннотация. В статье, причины и последствия медиатехнологий в воспитании дошкольников в современной семье. Разработаны рекомендации по формированию родительской медиаграмотности и позитивной подготовке дошкольников к среднеобразовательной среде. Ключевые слова: современная семья, духовно-нравственное воспитание, современные родители, медиаобразование, медиаинформация, медиакультура, медиа безопасность, медиарынок. Annotation. The article discusses the causes and consequences of media technologies in the upbringing of preschool children in the modern family. Recommendations for the formation of media literacy of parents and positive preparation of preschool children for the media education environment have been developed. Keywords: Modern family, spiritual and moral education, modern parents, media education, media information, media culture, media security, media market. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardanoq oila institutini mustahkamlashni o‘zining ichki siyosati qilib belgiladi. Ushbu masalaning dolzarbligi taraqqiyotning bugungi bosqichida ham yanada oshib bormoqda. “Biz uchun muqaddas bo‘lgan oila asoslarini yanada mustahkamlash, xonadonlarda tinchlik- xotirjamlik, ahillik va o‘zaro hurmat muhitini yaratish, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni aniq mazmun bilan to‘ldirishdan iborat bo‘lmog‘i zarur” [1]. Bu vazifalarni amalga oshirishda esa “Oila” ilmiy-amaliy markazi, “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot institutida alohida tadqiqotlar olib borilmoqda Oila jamiyatning tayanchi, uning birinchi va birlamchi yadrosi hamda zarrasidir. Har bir bolaning voyaga еtishi, shakllanishi va rivojlanishida so‘zsiz oila asosiy o‘rin tutadi. Ongli oila bo‘lib yashash, dunyodagi barcha maxluqot va jonzotlar orasida faqat inson zotiga xosdir [2]. Shunday ekan, uning jamiyatdagi o‘rni, ahamiyati ham muhimdir. Farzandlarning dunyoga kelishi va kamol topishi, oilada olib borilayotgan tarbiya mazmuni jamiyat uchun munosib vorislar bo‘lib еtishlari oilaning jamiyatdagi o‘rni beqiyos ekanligidan dalolatdir. Demak, jamiyatning mustahkam bo‘lishi sog‘lom muhitda, tarbiyali va bilimli ota-ona bag‘rida voyaga еtayotgan munosib barkamol avlodlarga bog‘liq. Bugungi kunda oila markazlari tomonidan zamonaviy oila tushunchasi ommaga targ‘ib etilmoqda. “Zamonaviy oila modeli”da ayolning siyosiy-iqtisodiy va ijtimoiy maqomi oshishi oila ichidagi rollar va oila hayoti me’yorlarining o‘zgarishiga olib keladi. Ota-ona professional karyerasini va oilaviy majburiyatlarini mutanosib ravishda (tengma-teng) olib boradi. Farzandlarga tadbirkorlik ko‘nikmalari va mustaqil bo‘lish fikri singdirib boriladi. Bu borada Oila institutini mustahkamlash, zamonaviy, farovon va sog‘lom oilalarni shakllantirishda muhim rol o‘ynaydigan farzandlarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasi va ta’lim olish mezonlari keyinchalik birinchi o‘ringa chiqadi [3]. Global axborot makonida har qanday mediaaxborotga ochiq kira oladigan resurslarga to‘lib-toshgan jamiyatda bolalarimizning asosiy vaqtlari oila davrasida kechar ekan, har bir ota-ona o‘z farzandlarining axborot asri muhim tarmoqlaridan biri bo‘lgan mediaga nisbatan o‘z munosabati, ularning xizmatlaridan foydalanish holatlari, darajasi (uzoq yoki kam vaqt), shuningdek, ularning aynan qanday axborot, teleko‘rsatuv |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling