Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari
“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
Download 3.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция 6 osd9d3c
“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami 77 surishtirdim. Xos odamlar orqali sog‘liq-salomatligini, jismonan kamolotini aniqladim. Kelin bo‘lmish nasl- nasabi, odob-axloqi, sog‘lom va baquvvatligi bilan barcha qusurlardan xoli bo‘lsagina, el-yurtga katta to‘y tomosha berib, kelin tushurdim” 34 . Amir Temur bunday yuqori talabchanlik bilan kelin tanlashining asosiy sababi, mamlakat kelajagini ta’minlovchi sog‘lom va yеtuk kelajak avlodni yaratish istagidir. “Tаrbiyaning yanа biri оtа-оnаni hurmаt qilish, buni bаjаrish uning uchun mаjburiyatdir. Bu ikkisigа xizmаtni birdek qil, xizmаting qаnchа оrtiq bo‘lsа hаm kаm bil. Оtаng оldidа bоshingni fidо qilib, оnаng bоshi uchun butun jismingni sаdаqа qilsаng аrziydi!”. Mazkur go‘zal fikr buyuk shoir va davlat arbobi Alisher Navoiyning farzandning ota-ona oldidagi majburiyatlari haqidagi purma’no so‘zlaridir. Navoiy ushbu majburiyatlarni yoshlar chuqur anglashlari va ularning ota-onalarini hurmat qilishlari kerakligi, bu ularning farzandlik vazifalari ekanligini ta’kidlagan. Navoiyning “Mahbub ul-qulub” ya’ni “qalblarning sevgani” asari turmush madaniyati, odob-axloq, sevgi-muhabbat borasida o‘ziga xos fikrlarni jamlagan. Hozirgi davrga kelib, oila va turmush haqidagi fikr va qarashlar bir muncha o‘zgargan, ammo albatta, o‘z o‘zagida, aynan, shu mulohaza va jihatlarni saqlaydi. Qarashlarning o‘zgarganligiga yorqin misol sifatida hozirda qizlarning ta’lim olishi individual rivojlanishiga katta e’tibor qaratilib, bugungi davr ayollari mustaqil hayot kechirishi, tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi oddiy holatga aylangan. Hozirgi zamon oilalarida qadriyatlarga bo‘lgan munosabat va tarbiya usullarida o‘zgarishlar mavjud. Qadriyatlarga munosabatning o‘zgarishi deganda, oilalarning ajrashish holatlari nazarda tutilib, bunda oldingi davr bilan solishtirilganda katta farqni ko‘rish mumkin. Unga ko‘ra, olti oy davomida 12 ming 810 ta, o‘tgan yilning shu vaqtiga nisbatan 3 ming 151 ta kam oilaviy ajralishlar ro‘yxatga olingan. Mamlakatimizdagi mavjud oilalardan 0,03 foizining taqdiri ajralish bilan yakun topgan. Yuzaga kelgan mazkur ajrimlar natijasida joriy yilning o‘zida Respublika bo‘yicha 8 ming 725 nafardan ortiq voyaga yеtmagan bolalar ota yoki ona mehridan mahrum bo‘lgan. Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tomonidan joriy yilning shu vaqtiga qadar 15 ming 413 ta ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalarning 9 ming 980 tasi ya’ni, 60 foizi yarashtirildi. Shuningdek, 11 ming 985 ta nikohi qonuniy rasmiylashtirilmagan oilalar aniqlanib, ulardan 5 ming 960 tasi yoki 57,8 foizining nikohi qonuniy rasmiylashtirildi 35 . Mazkur 2020-yil statistikasiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, bu holatning sababi, aynan, oila muqaddasligiga va oila qurishga bo‘lgan yеngil munosabatni olsak bo‘ladi. Bu sonlarning kamayishi uchun qurilayotgan yosh oilalar bilan to‘liq tushuntirish ishlari olib borilishi, bunga mahallalardagi raislarning mas’ul bo‘lishi darkor. Aynan, shu sababdan bugungi kunda yangi oila qurish ostonasida bo‘lgan yoshlar FHDY bo‘limiga ariza topshirish uchun borgan vaqtlarida ular bilan psixolog uchrashuv o‘tkazishi va ularning mosligini tekshirgandan so‘ng nikoh qurishga ruhsat berishi yo‘lga qo‘yilgan. Oilada farzand tarbiyasi dolzarb va asosiy masala hisoblanadi. Chunki bir farzandni voyaga yеtkazib, uning o‘z hayotiga ma’suliyat bilan yondashishi, elga xizmat qiladigan mustaqil fikr egasi bo‘lishi uchun har tomonlama tarbiyalanib, puxta ta’lim olishi mushkul vazifadir. Prezidentimiz aytganlaridek: “Oila men uchun muqaddas. Muqaddasligi shuki, avvalambor, qayerda ishlashidan qat’i nazar, kim bo‘lishidan qat’i nazar agar oilada tarbiya, oilada muhit, oilada halollik, munosabat, tarbiyaga alohida e’tibor bermasa, hech qachon natija bo‘lmaydi. Shuning uchun men farzandlarimning tarbiyasiga juda katta e’tibor beraman. Har bir farzandimga ham, nevaramga ham alohida o‘zimning munosabatim bor. Har bir nevaramning alohida xarakterini bilaman, orzusini, istagini bilaman” 36 . Darhaqiqat, har bir farzand bu alohida hech kimga o‘xshamaydigan dunyo egasidir, shu sababdan eng ma’qul tarbiya uslubi, muqaddas Islom dinimiz va milliy qadriyatlarimizga ko‘ra tanlangandagina katta samara beradi. Oila tushunchasi qanchalik chuqur ildizlarga ega bo‘lmasin, hozirgi davrga kelib bu tushunchani har xil o‘lkalarda turlicha talqin qilinmoqda. Oilaning muhimligi yoki uning normalari turlicha. AQSH kuchli kapital davlat bo‘lgani sabab, oila bizning yurtimizdan farqli. Oila boshi, umumiy budjet, ayol kishini ardoqlash degan tushunchalar o‘z ma’nosini yo‘qotgan. Turmush qurishdan oldin oilada barcha holatlar, xarajatlar kelishilgan va bo‘lishib olingan hujjat tuziladi. Bunga sabab Amerika ajrimlar soni bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turishidir. Farzand tarbiyasiga kelganda esa bolalarning huquqlari kattalar bilan bir xil bo‘lib, ularning fikri va so‘zlari katta kuchga ega. Shu sababdan ota-onalar bolalarini tarbiyalashda tanbeh berish yoki jazolashlari qat’iyan taqiqlanib, bunga qamoq jazosi berilishi mumkin. Oilaviy muammolarni hal qilish uchun oilaning 34 Аlqаrоv I.Sh., Mаmаtqulоvа R.Sh. Oilа tаrbiyasining pedаgоgikаsi. – Tоshkent, 2007. – B. 13. 35 https://zarnews.uz/uz/f86 36 https://www.gazeta.uz/oz/2018/07/25/prezident/ |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling