Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari
“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
Download 3.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция 6 osd9d3c
- Bu sahifa navigatsiya:
- OILA – MA’NAVIY TARBIYA O‘CHOG‘I Annotatsiya.
- Kalit so‘zlar
- Ключевые слова
- Annotation.
“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami 76 Abdurasulova F.R., Nizomiy nomidagi TDPU “Ijtimoiy pedagogika” kafedrasi o‘qituvchisi Muxsumova Z.Z., 1-bosqich pedagogika va psixologiya Ta’lim yo‘nalishi talabasi OILA – MA’NAVIY TARBIYA O‘CHOG‘I Annotatsiya. Ushbu maqolada oila, oila haqidagi turli xil fikrlar, oilaning asosiy jihatlari, tarbiyaning turli xil tomonlari, hozirgi zamon oilalarining farqli jihatlari, ajrim muammolari va ularni bartaraf etish usullari, farzand tarbiyasi muhimligi yoritib berilgan. Kalit so‘zlar: oila, oila bardavomligi, qadriyat, komil inson, zardushtiylik, Avesto, Amir Temur, tarbiya, farzand, ota-ona, Alisher Navoiy, “Mahbub ul-qulub”. Аннотация. В данной статье освещаются понятие семьи, различные представления о семье, об основных аспектах семьи, различных особенностях воспитания, различиях между современными и историческими семьями, разводе и методах его предотвращения, о важности воспитания детей. Ключевые слова: семья, семейное благополучие, ценность, совершенный человек, зороастризм, Авеста, Амир Темур, воспитание, ребенок, родители, Алишер Навои, Махбуб уль-Кулуб. Annotation. This article covers the concept of the family, various ideas about the family, the main aspects of the family, the various features of upbringing, the differences between modern and historical families, divorce and methods of preventing it, and the importance of raising children. Keywords: family, family well-being, value, perfect person, Zoroastrianism, Avesta, Amir Temur, upbringing, child, parents, Alisher Navoi, Mahbub ul-Kulub. Oila bu hayot va kelajak poydevoridir. Yangi oila paydo bo‘layotgan davrda, qaysi zamon bo‘lishidan qat’i nazar, ularning bu jihatlari o‘zgarmay qoladi. Chunki o‘tmish va kelajakni oilasiz tasavvur qilib bo‘lmaydi, aks holda hayot oilasiz tanazzulga yuz tutgan bo‘lar edi. Oilaning bardavomligi – bu birinchi navbatda, oila qurayotgan insonlar ko‘p yillar davomida birga hayot kechirib, hayotning qiyinchiliklarini birga yеngib o‘tishlari kerakligi bo‘lsa, ikkinchidan, oila milliy qadriyatlar va urf-odatlarni o‘zida mujassamlashtirganligidadir. Milliy qadriyatlarimiz, barcha ajdodlarimizning o‘gitlari, pand-nasihatlari, o‘zbekona tarbiyaning ildizlarini o‘z ichiga oladi. Oilada tarbiyaga azaldan katta e’tibor qaratilgan, buni turli tarixiy manbalar va qo‘lyozmalarda keltirilgan oila borasidagi qarashlarda ko‘rishimiz mumkin. Qadimgi zardushtiylik dini muqaddas kitobi “Avesto”ning oltin qoidalaridan biri oila muqaddasligi hisoblanadi. Bundan tashqari mazkur kitobda ota-onaga bo‘lgan hurmatning muhimligi va ayollarning axloq-odoblariga alohida to‘xtab o‘tilgan. Bizga ma’lumki, Islom dinida ham oila masalasiga doir ko‘p oyat va hadislar mavjud. Dinimizda oilada ayol kishi juda ardoqlanadi, shuningdek, oilani pokligini, mustahkamligini saqlashda ayol kishining o‘rni muhim ahamiyatga egaligi ko‘pgina hadislarda keltirib o‘tilgan. Erkak kishi esa oilaning boshi bo‘lib, unga oilaning har tomonlama mustahkamligini, hamda iqtisodiy tomondan ta’minlash mas’uliyati berilgan. Shuningdek, ota-onaning oilada naqadar muhim o‘ringa ega ekanliklarini “Ota rozi – Xudo rozi”, “ Jannat onalarning oyog‘i ostida” degan so‘zlardan anglashimiz va ularning ko‘ngillarini og‘ritish juda katta gunohligi ko‘p marotaba takrorlanishidan tushunishimiz mumkin. Buyuk tarixiy shaxslardan biri Amir Temur ham oilaga davlat darajasidagi masala deb qaragan. Biz buni uning o‘z farzandlari va nabiralariga kelin tanlashdagi qo‘ygan talablarini quyidagi fikrlaridan bilishimiz mumkin: “O‘g‘illarim, nabiralarim va yaqinlarimni uylantirmoqchi tashvishida kelin izlamoqqa e’tibor berdim. Bu ishni davlat yumushlari bilan teng ko‘rdim. Kelin bo‘lmishning nasl-nasabini, yеtti pushtini |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling