Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari
“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
Download 3.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция 6 osd9d3c
“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami 75 va shaxsiy hayotda halollik va rostgo‘ylik, axloqiy sofdillik, odamiylik va kamtarlik, milliy va irqiy adovatlarga aslo yo‘l qo‘ymaslik va shu kabilar tarbiya jarayonining muhim xislatlaridir. Tarbiya jarayonida g‘amxo‘rlikning funksiyasi kattadir. Bolalar befarq ota-onalarga nisbatan g‘amxo‘r ota-onaga ko‘proq taqlid qiladilar. G‘amxo‘r ota-onalar bolaning salbiy xulq-atvorini qo‘llab-quvvatlamaganda, bola o‘z xatti-harakatlarining oqibatini ertaroq anglaydi. Tarbiyaviy jarayonni amalga oshirishda g‘amxo‘rlik bilan bir qatorda yaxshi ko‘rishga asoslangan intizomga rioya qilish zarurdir. Bu bola bilan doimiy muloqotni, tushuntirishni, muhokama qilishni, agar bolaning xulq-atvori shuni talab qilsa, og‘zaki tanbeh berishni, yaxshi xulq-atvor uchun taqdirlashni nazarda tutadi. Tarbiya jarayonining texnologiyasini quyidagicha sharhlash mumkin: 1. Tarbiyalanuvchini alohida takrorlanmas, individuallik sifatida tushunmoq lozim. Uning ehtiyojlari strukturasini aniqlash kerak. 2. Ijobiy emotsiyalar vositasida ijobiy xulq-atvor odatlarini shakllantirmoq kerak. Ong ham, iroda ham motivlar ierarxiyasini shakllantira olmaydi. Zotan, bir ehtiyojning o‘rnini faqat boshqa ehtiyojgina egallashi mumkin. 3. Shu ehtiyojlarni qondirish vositalari bilan bolani qurollantirish tarbiya va tarbiyachidan muloqotni ham, hamdardlikni ham emas, aynan shu vositalar bilan qurollantirishni kutadi. Maktablarda o‘quvchi-o‘smirlarni, kasbga yo‘naltirish ishlari olib boriladi, mashg‘ulotlar o‘tkaziladi, ayrim yirik maktablarda kasb-hunar xonalari, tikuvchilik, duradgorlik, metal ishlari bo‘yicha ustaxonalar ham mavjud. Biroq kasb-hunar ta’limining samarasi past, chunki maktabda o‘rganiladigan kasb-hunarlar amaliyot bilan bog‘lanmagan bo‘lib, eski asbob-uskunalar bilan jihozlangan ustaxonalarda o‘rgatiladi. O‘quvchilar amaliyotga borganda, u yerdagi rahbarlar ularga murabbiylar biriktirmasdan kasb-hunarni yaxshi o‘rganishlariga loqaydlik bilan qarashlari kuzatiladi. Ta’lim muassasalari ota-onalar, oila, mahalla qo‘mitalari, jamoat tashkilotlari bilan o‘zaro puxta hamkorlik qilishlariga alohida e’tibor berilgan. Ota-onaning oldida, ular bilan muloqotda bo‘lish o‘quvchilarga juda yoqib, ularning yo‘qligi yoqmaydi. Ota-onaning g‘amxo‘rligini bildiradigan so‘zlar, xatti-harakatlar shaxs ijtimoiylashuvi uchun juda katta ahamiyatga ega. Xulq-atvorning dastlabki ijtimoiylashuvi xuddi shu o‘rganish jarayoni orqali sodir bo‘lishi mumkin: xulq-atvorning istalgan shakllari g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan taqdirlanadi, kutilmagan shakllari esa qo‘llab- quvvatlanmaydi. Lekin, yaxshi xulq-atvorni rag‘batlantirish va yomon xulq-atvor uchun jazolash axloqiy ijtimoiylashuvning kichik bir qismidir. Biz ko‘rib chiqqan xulq-atvor hamma shaxslarga ham taalluqli emas. Turli davrlarni o‘rganish natijalariga ko‘ra, shaxsning ijodiy tafakkuri rivojlanishi atrof-muhit ta’siriga duchor bo‘ladi: ijodiy odamlar bilan muloqot, ularga taqlid qilish, oiladagi demokratik qadriyatlar va ayniqsa ota-ona bilan munosabatlarda, oilada paydo bo‘lgan his-tuyg‘ular aks etadi. Ta’lim muassasalari va oila, mahalla, jamoat tashkilotlari hamkorlikigida o‘quvchilarini ijtimoiylashtirishda o‘qituvchilar va ota- onalarning insoniy munosabatlariga urg‘u berish muhim ahamiyatga ega. * * * |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling