Zamonaviy o‘qituvchi va uning ma’naviy qiyofasi


O‘qituvchi ijtimoiy-psixologik moslashuvchan bo‘lishi kerak


Download 268.01 Kb.
bet3/3
Sana23.01.2023
Hajmi268.01 Kb.
#1112631
1   2   3

O‘qituvchi ijtimoiy-psixologik moslashuvchan bo‘lishi kerak.

  • Ijtimoiy moslashuv nima?
  • Rus olimi, faylasuf, sotsiolog Vladimir Dobrinkovning fikriga ko‘ra, ijtimoiy moslashuvchanlik bu bo‘ysunish emas, maqsadga erishish yo‘lida harakat yoki harakatsizlik kabi o‘zgarish.
  • Maktab o‘qituvchisi o‘quvchining psixologik-pedagogik tashxis daftaridan xabardor bo‘lishi kerak. Ya’ni, Dobrinkov g‘oyasiga qaytadigan bo‘lsak, o‘qituvchi o‘quvchi psixologiyasidan kelib chiqib, u bilan muloqot jarayonida dastlabki qadam tashlab, o‘quvchining ruhiyatidan kelib chiqib, uni o‘zgartira olishi shart. Bu, albatta, dars mobaynida o‘quvchining darsga bo‘lgan qiziqishini uyg‘otadi, diqqatini oshiradi. Ibn Sino har bir insonning temperamentidan kelib chiqib, unga alohida e’tibor berish kerakligini ta’kidlaydi. Forobiy bo‘lsa, “Inson aqli faqat bilish bilan cheklanmaydi, balki odatlar va qarashlarni o‘zining maqsadlariga bo‘ysundira olishi, yo‘naltirishi, o‘zgartirishi ham mumkin”, deb yozadi.
  • Demak, pedagog jamiyat, voqelikka, atrof-muhitga psixologik moslashuvchan bo‘lishi lozim.

O‘qituvchining qalbi adabiyotga oshno bo‘lishi kerak.

  • O‘qituvchi sohasiga taalluqli nafaqat ilmiy, balki badiiy adabiyotlar ham o‘qishi lozim. Adabiyot bilan yashaydigan talaba va o‘quvchilar illatlardan nafratlanadi. Bu o‘qituvchi ta’limni tarbiya bilan olib borishida zamonaviy yo‘nalish kasb etadi.

Xulosa o’rnida quyidagilarni keltirishimiz mumkin:

  • Mahmudxo‘ja Behbudiy 1912-yilda o‘z xulosalarini shunday ifoda etgan: “Dunyoda turmak uchun dunyoviy fan va ilm lozimdur. Zamona ilmi va fanidan bebahra millat boshqalarga poymol bo‘lur”.
  • O‘qituvchida shuncha xislatlarni ko‘rgan o‘quvchi hayotga o‘z ustozining ko‘zi bilan qaraydi va hayotni oq-qora rangda emas, serjilo ranglarda ko‘rib, unga muhabbat qo‘yadi. Shu go‘zal hayotning, millatning chiroyiga o‘z hissasini qo‘shish uchun ulg‘ayadi. Eng asosiysi, u o‘quvchiligidayoq shu jamiyat, shu millatga kerakman, degan ruhda kamol topadi.
  • Bugungi g‘ala-g‘ovur dunyoda ustoz o‘z so‘ziga, o‘z o‘rniga, o‘z obro‘siga ega bo‘lishi, yoshlarni yurtga otilgan har qanday toshlarga qalqon qilib tarbiyalashi shart.
  • Bu vazifa, muqaddas va sharafli kasb egalari uchun ham farz, ham qarzdir!

E’tiboringiz uchun rahmat!


Download 268.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling