Zamonaviy o’quv texnik vositalari reja


Videoproektorlarni qo’llanilgan texnologiyasiga qarab, turlariga ajratish mumkin


Download 0.6 Mb.
bet3/10
Sana24.01.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1115926
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
ZAMONAVIY O’QUV TEXNIK VOSITALARI

Videoproektorlarni qo’llanilgan texnologiyasiga qarab, turlariga ajratish mumkin.
Har qanday proektorning asosida (odatda) yarimyorug’ slayd orqali yorug’lik o’tkazish (yoki aks ettirish) yo’li bilan tasvirni namoyon etish, paydo qilish yotadi.



Kinoproektorlarda kinoplyonka kadrlari (slaydlar) ma`lum tezlikda juda katta kuchga ega yorug’lik manbai oldidan tortib o’tkazilib, ekranda harakatlanuvchi suratni aks ettiradi. Zamonaviy proektorlarda slaydlar (plyonka) rolini turlicha qurilmalar bajarishi mumkin. Shuning uchun videoproektorlarni besh turga ajratish mumkin:
- CRT proyektorlari – ular uchta nurlanish kineskopidan iborat bo’lib, R, G va B boshlang’ich ranglarda rangli plyuminofora Bilan katta bo’lmagan yorqin tasvirlar yaratadi. Bu tasvirlar uchta ob`ektiv bilan optik mustaqil (alohida) kanallarda ekranga tushiriladi, bu erda optik aniq moslashadilar va umumiy rangli tasvirni tashkil etadilar. Proektorlarning bu turi 60 yildan ortiq vaqt mavjud bo’lib, hamma proektorlar orasida eng yuqori sifatli kartinkaga egadir. Ammo CRT proektorlarining hamma ustunliklarni to’la ko’rish, yuqori sifatli, professional video yozuvli,yaxshilab qorong’ilatilgan xonada, diogonali 2 metrdan boshlab, ekranda tomosha qilingandagina mumkin bo’ladi. CRT proektorlari juda ham katta bo’ladi (hammasi ham odatda 60 kg dan og’ir) va malaka, ehtiyotkorlik bilan aniq ishlashni talab etadi. Har qanday joyini o’zgartirilgandan keyin ekranda uchta boshlang’ich tasvirlarni birlashtirish, moslashtirish uchun mutaxassis tomonidan sozlashni talab etadi. Ulardan boy klublar va katta tashkilotlarda foydalaniladi, chunki bu tashkilotlar eng yaxshi sharoit va rang uzatish imkoniyatlariga egadir. Kichik zallarda faqatgina statsionar qurilma sifatida foydalaniladi.
I.3 LCD proyektorlarining ko’rsatkichlari.
Bu ko’rsatkichlarni ikki asosiy guruhlarga ajratish mumkin. Birinchisi – turli interfeysli turli qurilmalarni ulash imkoniyati (raz`yomlari mavjudligi). Ikkinchisi –tasvir ko’rsatkichlarini ulash uchun raqamli manbalari mavjudligi: trapetsianal buzilishlarni kuzatish, tasvirni gorizontal va vertikal inversiya imkoniyati, 16:9/5:4 formatida ko’rsata olish imkoniyati, tasvirni vertikal – gorizontal surish xizmati, prezintatsion xizmatlari (havorang yoki ko’ra ekran, “kadrni to’xtatish”, bir qismini raqamli kattalashtirish, parda yopish, ko’rsatkich (kursor), ma`ruzachi taymeri, “stop-kadr” yoki “kartinka v kartinke” xizmatlari va shu kabilar).



Zamonaviy proektorlarga ko’plab qurilmalarni ulash mumkin, kompyuterni ham, (noutbukni ham) videomagnitofon, DVD-proigrivatel, videokamera (shu jumladan raqamlisi ham), televizor yoki TV-tyuner (rakamlisini xam), rakamli fotokamerani, o’yinlar qo’shimchasini ham ulash mumkin. Buning uchun proektorda quyidagi raz`yomlar bo’lishi mumkin:
-kompyuterni ulash uchun analogli RGB (15-pin Hd D-sub), raqamli RGB (DVI-D) audio (stereo mini-jack);
-videosignal manbaini ulash uchun –S-Video (mini din 4 pin) kompozit (RCA), komponentli (RCA), audio (RCA L va R kanallari uchun). Yuqori yorqinlikka ega professional modellarida tashkil etuvchi signallar bilan ishlashga katta e`tibor beriladi. Y, B-Y, R-Y asosiy turlaridan foydalanishdan tashqari Y,Cb, Cr, DVD yuqori sifatli proigrivatellarda qo’llaniladigan, Y-Rb-Pr (4:3 SDTY) standartli chiziq oralab va progressiv razvyortkali (DTV) raqamli televidenie va 1920×1080 elementgacha rastrli bo’linishli keng ekranli (16:9 HDTV) format tasviri signallari bilan ishlashi ham ko’zda tutilgan.
-analogli RGB tashqi uzatgich (15-ND D- sub). Bir vaqtning o’zida proektor va monitorni ulash uchun qulay.
-tovush uzatgichi-audio (stereo mini-jack), tashqi audiotizimini ulash uchun (har bir proektorda 2-3 Vattli kichik quvvatli dinamik o’rnatilgan, lekin odatda bu etarli bo’lmaydi).
-boshqaruv interfeysi- R S-232 (15-pin Hd D-sub) va yaqindan boshlab UZB.



Proektorlarning ba`zi modellaridi Flash Card ulanishi uchun portlar bo’lishi mumkin, undan raqamli kameralar va fotosuratni namoyish etish uchun foydalaniladi. PCMCIA interfeysi raz`yomi ham qo’llanishi ham mumkin. Ana shu interfeys yordamida ba`zi ishlab chiqaruvchilar PCMCIA radiokartasi yordamida kompyuterdan proektorga ma`lumotlarni uzatishni tashkil etish imkoniyatini ham qo’llashlari mumkin, bu juda qulay, chunki proektordan to kompyutergacha masofa va joylashishi uchun cheklanishlar va shnurlar yo’q.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling