Zamonaviy qurilish sanoatida keramzit beton va uning qo’llanilishi
Download 48.44 Kb. Pdf ko'rish
|
zamonaviy-qurilish-sanoatida-keramzit-beton-va-uning-qo-llanilishi
Xususiyatlari
Keramzit beton Oddiy beton Zichlik kg/m 3 850-1800 1800-2500 Issiqlik o’tkazuvchanlik Vt/m 0 C 0,15-0,45 0,05-2,02 Mustahkamlik bo’yicha markasi B3,5-B10 B3,5-B10 Suv shimuvchanlik % (massa ulushida) 10 4-8 Sovuqbardoshlik bo’yicha markasi 50/200 50/300 Bug’ o’tkazuvchanlik bo’yicha markasi (мг/(м*ч*Па) 0,3-0,9 0.03 Biz ushbu jadvalda keramzit asosidagi yengil beton va oddiy og’ir betonlarning eng asosiy fizik-mexanik xususiyatlarini keltirib o’tdik, jadvaldan ko’rinib turganidek zichlik jihatdan keramzit betonning oddiy betondan bir muncha farqli ekanini ko’rishimiz mumkin va bu farq tabiiyki materiallarning issiqlikni kam o’tkazish xususiyatiga ham bevosita aloqadordir chunki bizga ma’lumki materialning zichligi qanchalik kichik bo’lsa uning issiqlik o’tkazuvchanlik koeffitsiyenti ham shuncha past bo’ladi. Bizga ma’lumki issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsiyenti 0,175 W/(m·°C) dan yuqori bo‘lmagan (25°C) qurilish materiallari issiqlik izolatsiyasi materiallari sinfiga kiradi. Aynan shuning uchun ham biz keramzit betonni issiqlikni kam o’tkazuvchi matreriallar sinfiga kirita olamiz. Aynan shu jihat sababli bino va konstruksiyalarning issiqlik izolatsiyasi katta miqdordagi issiqlik energiyasini tejaydi. Bundan tashqari, bino devorlari qalinligi, konstruksiyalarning xususiy massasi ham "Science and Education" Scientific Journal May 2021 / Volume 2 Issue 5 www.openscience.uz 301 mutanosib ravishda kamayadi. Qurilish tizimida 1 t samarali ishlatish 200 t gacha shartli yoqilg‘ini tejaydi. Keramzit aosidagi betonning yuqorida keltirib o’tgan bir qancha jihatlari bilan boshqa turdagi materiallarga nisbatan samarali bo’lishiga asosiy sabab bu uning g’ovak strukturasidir. 1-rasm Keramzit to’ldiruvchili beton na’munasining ko’rinishi Hozirgi paytda qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoatida materiallarning o’rtacha zichliklarini kamaytirish ikki xil bosqichda amalga oshiriladi va bu usullar bir biridan tubdan farq qiladi: birinchi bosqich mahsulotni qoliplash jarayonida mahsulot xajmida g’ovakliklar hosil qilish yo’li bo’lsa; ikkinchi usulda materialni bir nechta texnalogik usullar orqali g’ovaklikini oshirish orqali erishiladi. Yana shuni ham aytish joizki ichki havo konveksiyasi tufayli mahsulotning hajmiy strukturasida juda katta bo’shliqlarni hosil qilish mumkin ammo bu jarayon faqat materialning issiqlik o’tkazuvchanlik xususyatlariga yomon ta’sir o’tkazishiga olib kelishi ham mumkin. Amalyotda 40% dan ortiq bo’shliqli materiallarni olish mumkinligi lekin bu jarayon katta texnalogik qiyinchiliklar bilan amalga oshirilishi isbotlangan. Aynan shuning uchun ham yengil beton ishlab chiqarish uchun to’ldiruvchi sifatida aynan keramzitning tanlanishi biz yuqorida keltirib o’tgan o’rtacha zichlikni kamaytirish vazifani yechish uchun xizmat qiladi va bu usul materialni qoliplash jarayonida material tarkibida g’ovakliklar hosil qilish usuliga o’xshashdir faqat birgina farqli jihati biz ko’rib chiqayotgan yengil beton ishlab chiqarishda qoliplash jarayonida g’ovak hosil qiluvchi emas balki tayyor g’ovakli qo’shimcha (keramzit)dan foydalaniladi. Aynan keramzitning bo’shliqli ichki strukturasi orqali biz yengil beton ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo’lamiz. "Science and Education" Scientific Journal May 2021 / Volume 2 Issue 5 www.openscience.uz 302 2-rasm Keramzitning ichki strukturasi Shu bois keramzitning qo‘llanilish sohasi juda keng qamrovli bo‘lib, uning zichligi, mustahkamligi, granulometrik tarkibi kabi xossalarini o‘zaro mujassamlantirib, qurilish sohasida undan turli-tuman buyumlar tayyorlash imkonini beradi. Keramzitni tayyorlash jarayoni sanoat korxonalarida yuqori darajada mexanizasiyalashgan va avtomatizasiyalashgan liniyalarda amalga oshiriladi. Uni tayyorlashda turli konstruktiv yechimlarni tanlash, jumladan kompozisiya tarkibini, bog‘lovchi turini, undan tayyorlanadigan buyumlarning o‘lchamlari va shaklini o‘zgartirish imkoniyatlari ham mavjud. Bunday ko‘p variantlilik turar joy binolarini loyihalashdagi bir hillikdan voz kechish, samarali qurilish materiallari bazasini izlab topish, yangi tabiiy iqlim va tarixiy an'analarga mos keluvchi me'moriy va konstruktiv yechimlar izlab topish imkonini beradi. Jumladan, AQSh, va Yevropa mamlakatlarida keramzitga o‘xshagan materiallardan foydalanish XX asrning II yarmidan boshlangan. Bugungi kunga kelib ham ushbu mamlakatlarda yengil betondan tayyorlangan oldindan zo‘riqtirilgan konstruksiyalar ko‘p qavatli binolarni barpo etish jarayonida keng qo‘llanilmoqda. Keyingi yillarda keramzit betonni respublikamiz qurilish ishlab chiqarish sanoati, sanoat va fuqaro qurilish sohalarida ham qo’llash surati sezilarli darajada o’sdi, Shu bois, yengil beton va uning boshqa turlaridan foydalanish keng miqqiyosida ommalashmoqda. Bu jarayonni quydagi rasm orqali ham yetarlicha tushinib olishimiz mumkin. 3-rasm Turli hil materiallarning issiqlik o’tkazuvchanlik ko’rsatkichi bir hil bo’lgandagi qalinliklari. "Science and Education" Scientific Journal May 2021 / Volume 2 Issue 5 www.openscience.uz 303 Ushbu rasmdan ko’rinib turganidek 210 sm qalinlikdagi devorning issiqlik o’tkazuvchanligi 90 sm qalinlikdagi keramzit betonning issiqlik o’tkazuvchanligi bilan bir hildir. Aynan shuning uchun ham bu turdagi qurilish materiallaridan keng miqyosida foydalanish davlat siyosati darajasiga ko’tarilib ulgurdi. Bilamizki bugungi kunda uy-joy qurilishi sohasida har bir metr kvadrat metr yer 3 million so’mdan 6 , 7 million so’mgacha (viloyatlar kesimiga qarab, joylashgan hudud infrastrukturasiga qarab) baholanmoqda, demak yengil betonlardan bin ova inshootlar qurilishida keng miqyosida foydalanish qurilish uchun ajratilgan yer maydonidan unumli foydalanishni ta’minlaydi. Bundan tashqari bino yoki inshoatning poydevori ushbu inshoatga tushadigan yuklanishga qarab hisob kitob qilinishini ham hisobga oladigan bo’lsak qurilishda yengil betonlardan foydalanish konstruktiv xarajatlar jihatdan ham iqtisodiy yutuqqa erisha olishimizni ta’minlaydi. Download 48.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling