Zamonaviy qurilish sanoatida keramzit beton va uning qo’llanilishi
Download 48.44 Kb. Pdf ko'rish
|
zamonaviy-qurilish-sanoatida-keramzit-beton-va-uning-qo-llanilishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so’zlar
- Keywords
Zamonaviy qurilish sanoatida keramzit beton va uning qo’llanilishi Humoyun Maksud o’g’li Bekchanov humoyunbekchanov92@mail.ru Urganch davlat universiteti Annotatsiya: Ushbu ilmiy maqolada bugungi kunda qurilish materiallari sanoatida ishlab chiqarilishi jihatdan tobora keng ko’lam kasb etayotgan keramzit beton va uning qurilish sohasida qo’llanilishi haqida qisqacha ma’lumotlar berib o’tilgan. Kalit so’zlar: Energiya tejamkorlik, issiqlilizolyasion, yengil beton, g’ovak struktura. Claydite concrete and its application in the modern construction industry Humoyun Maksud o’g’li Bekchanov humoyunbekchanov92@mail.ru Urgench State University Abstract: This scientific article provides a brief overview of expanded clay concrete, which is increasingly used in the construction materials industry today, and its application in the construction industry. Keywords: Energy saving, thermal insulation, lightweight concrete, hollow structure. Bugungi kunda dunyo hamjamiyati tomonidan energiyaning turli tuman toifalari orasidan faqatgina issiqlik energiyasining eng qimmat energiya sinfiga kiritilishi bejizga emas, chunki issiqlik energiyasi boshqa energiyalardan farqli o’laroq bir turdan ikkinchi turga o’tmaydi, umuman qayta tiklanmaydi, u faqat yonadi va tugaydi. Aynan shuning uchun ham biz rivojlangan deb tan olgan yevropa qit’asi mamlakatlari bugungi kunda issiqlik izolyasion qurilish materiallaridan foydalanmay turib bino yoki inshoat qurishni qonun normativlari bilan taqiqlab qo’yishgan. Keyingi yillarda respublikamizda ham qurilish materiallari sanoatida iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish va tarmoqni jadal rivojlantirish, yangi zamonaviy qurilish materiallari, konstruktsiyalari va buyumlari ishlab chiqarishni koʼpaytirish hamda uning turlarini kengaytirish boʼyicha keng qamrovli chora-tadbirlar amalga "Science and Education" Scientific Journal May 2021 / Volume 2 Issue 5 www.openscience.uz 299 oshirilib, muayyan natijalarga erishilmoqda. Xususan prezidentimiz tomonlaridan 2017-2021 yillarda Oʼzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʼyicha Harakatlar strategiyasida, jumladan milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshliligini oshirish, iqtisodiyotda energiya va resurslar sarfini kamaytirish, ishlab chiqarishda energiya tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish kabi muhim vazifalar belgilab berilgan. Mazkur vazifalarni amalga oshirish jumladan, qurilish tarmogʼini binolarning energiya samaradorligini oshiruvchi sifatli qurilish materiallari va konstruktsiyalari bilan taʼminlash maqsadida energiya tejamkor, ekologik sof bo’lgan materiallardni qo’llagan holda, yuqorida belgilangan vazifalarni bajarish ayni shu soha olimlarining muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Yengil betonlarni qurilish sanoatida ko’p miqdorda ishlab chiqarish va uni keng miqyosida qo’llash 2020-yilning 11 yanvar kuni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov raisligida tabiiy gaz bo‘yicha debitor qarzdorlikni kamaytirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektorda ham alohida ta’kidlab o’tildi. Jumladan ushbu video selektorda: tuproqni qayta tiklab bo‘lmasligi, yerning unumdorligi pasayib ketishini, ekologiya va atrof-muhitga salbiy ta'siri yuqoriligi bilan g’isht ishlab chiqarishni kamaytirish kerakligi sobiq ittifoq mamlakatlaridan tashqari, ko‘plab davlatlar, xususan, Yevropa davlatlarida g‘isht ishlab chiqarishdan allaqachon voz kechishgan. Buning o‘rniga issiqlik izolyasion, yengil materiallardan ishlab chiqarishni kengaytirish kerakligi va buning natijasida uyning haroratini me'yorda saqlanishi va boshqa bir qator qulay jihatlari bosh vazir tomonidan ham keltirib o’tilgan. Bino yoki inshootlar qurilishida qurilish uchun ketadigan muddatni kamaytirish, qurilayotgan bino yoki inshoot tashqi va ichki devorlarini issiqlikdan himoyalash, buning uchun samarador sinfga kiruvchi qurilish materiallari ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish zarurdir. Samarador sinfga kiruvchi qurilish materiallari ishlab chiqarishni yo’lga qo’yishning resursbop yo‘llaridan biri bu g‘ovak to‘ldiruvchili yengil betonlardan samarali foydalanish eng ma'qul yo‘nalishlardan biridir. Bir necha yillar muqaddam keramzit bino qurilishining asosi hisoblanib, qurilish hajmining ortishi, mehnat sarfining kamayishi hamda qurilish muddatlarining qisqarishiga olib kelganligi ilmiy izlanuvchilar tomonidan ko’p bora e'tirof etilib kelingan. So‘nggi yillarda keramzitni bino yoki inshootlar qurilishida qo’llash doirasi kamayib ketdi. Bunga asosiy sabab, keramzit ishlab chiqarish uchun xom ashyo bazasining kamligi asosiy faktor sifatida e’tirof etiladi. Shunga qaramay so‘nggi yillardagi ilmiy izlanishlar keramzit uchun xom ashyo bazasi O‘zbekiston hududida yetarli ekanligini va bu borada ayniqsa Navoiy viloyatida keramzit ishlab chiqarish uchun asosiy hom ashyo sanalgan bentanit qumining yetarlicha uchrashini ko‘rsatibgina qolmay balki shu bilan birga uning ekologik sof material ekanini ham yana bir bor isbot qila oldi. Ayniqsa, ushbu materialning issiqlik izolyasion xarakteristikasi respublikamiz iqlim sharoiti uchun muhim jihatlaridan biri hisoblanadi. Issiqlik va sovuqdan "Science and Education" Scientific Journal May 2021 / Volume 2 Issue 5 www.openscience.uz 300 izolatsiyalash keskin iqlimli O‘zbekiston hududida katta ahamiyatga egadir. Chunki, yozning jazirama kunlarida havo harorati 42–48°C, qishda esa 20–30°C haroratgacha sovuq bo‘lishi bino, konstruksiyalar hamda agregatlarni samarali va ishonchli materiallar bilan izolatsiyalashni taqozo etadi. Bugungi kunga kelib qurilish ishlab chiqarish hajmlarining ortishi, bino va inshootlar qurilishida samarali sinfdagi issiqlikdan himoyalashni yaratish bilan bir qatorda, binolarining havfsizligiga ham alohida e'tibor berish lozim. Chunki keramzit betondan barpo qilingan bino yoki inshoot odatdagi og’ir betondan qilingan binodan vazn jihatdan ancha yengil bo’ladi, birgina shu sababning o’zi ham bino yoki inshootlarning zilzilabardoshlik koeffisientini bir necha barobarga oshirishi isbotlangan faktdir. 1-jadval Keramzit beton va oddiy og’ir betonning solishtirma xarakteristika jadvali Download 48.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling