Zamonaviy tarbiyachining pedagogik imiji
Download 0.72 Mb. Pdf ko'rish
|
To’rayeva Sadoqat (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- To’rayeva Sadoqat Tursunova Durdona Normamatova Mavluda Aatatsiya
- Kalit so`zlar
Международный научный журнал № 9 (100), часть 3 «Научный импульс» апреля , 2023 1444 ZAMONAVIY TARBIYACHINING PEDAGOGIK IMIJI Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti ”Maktabgacha ta’lim” yo’nalishi 1-bosqich talabalari To’rayeva Sadoqat Tursunova Durdona Normamatova Mavluda Aatatsiya:Biz ushbu maqolamiz orqali Zamonaviy tarbiyachining pedagogik imiji haqida fikir yuritamiz.Tarbiyachining imidjiga avvalo uning muomila, nutq madaniyati kiradi.Tarbiyachi shunday inson bo’lish keraki bolaning tashqi tomondan tushuna bilish lozim hisoblanadi. Kalit so`zlar:Tarbiyachi, normativ hujjatlar, kasbiy aloqa madaniyati, nutqiy savodxonlik va h.k. Pedagog odobi umuminsoniy va milliy axloqning qonuniyatlari, vazifalari, tamoyillar, tushunchalari, talablari, mezonlari ta’lim-tarbiya jarayonida oydinlashtirib pedagogning ya’ni tarbiyachinig ta’lim oluvchilar, kasbdoshlar,ota-onalar, ta’lim muassasasi rahbarlari bilan munosabatlarida namoyon bo’ladigan kasbiy-axloqiy xususiyatlari yig`indisidir.Pedagog odobi eng avvalo tarbiyachi va tarbiyalanuvchining o`zaro munosabatlarida namoyon bo’ladi.Ammo bunday yodashuv bir qadar cheklangan nuqtai nazar ekanligini ta’kidlash zarur.Zero, tarbiyachining kasbiy axloqi faqatgina tarbiyalanuvchilar bilan muloqoti jarayonidagina namoyon bo`lamaydi ,balki uning butun faoliyati davomida birinchi darajali ehtiyoj sifatida ifodalanadi.Boshqacha qilib aytganda pedagog tushunchasi tarbiyachi dunyoqarashining hayotiy tizimini anglatadi. Tarbiyachi kasbi 19-asrda paydo bo`lgan.Ayol jamiyat ishlari bilan shug`ullana boshlaganligi sababli, maktabgacha ta’lim tashkilotlar tarmog`ini yaratish zarurati paydo bo`ldi.Bolalar bog`chalari tizimini rivojlantirish jarayonida paydo bo`ldi yangi kasb- tarbiyachi maktabgacha ta’lim.Bu kasb zamonaviy jamiyatda eng muhim kasblardan biri hisoblanadi.Bu kasb faqatgina muhim emas, balki mashaqqatli hamdir.Chunki hech kim bolaning ota- onasi bilan bo`lgan muloqotini o`rnini bosa olmaydi, ammo bizning hayotimizdagi kata haqiqatlardan biri shunday zamonaviy ota-onalar ko`pincha bobosi va buvisi ish bilan band. Shunig uchun u bolaga mustaqillik, xulq-atvor qoidalarini o`rgatadi.Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ko`pchilik tarbiyachilar bu kasbni juda erta tark etadilar chunki,ular bu kasbda o`zlarini ko`ra olmaydilar.Zamonaviy jamiyatda maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisiga jiddiy talablar qo`yilmoqda.Shuning uchun tarbiyachi maxsus ma’lumotga ega bo`lishi shart . Tarbiyachilar har tomonlama ta’lim-tarbiya jarayonini to‘g‘ri tashkil etishi bilan birga o‘zlarining tashqi qiyofasiga ham e’tibor berishi lozim. Международный научный журнал № 9 (100), часть 3 «Научный импульс» апреля , 2023 1445 Tashqi qiѐfa orqali bolalarning qiziqishlarini orttirgan holda, o‘zini namoyon qila olish, o‘ziga og‘dira olish va e’tiborni qarata olish ish jarayonini samaradorligini oshiradi. Imidj - aniq bir insonga bo‘lgan munosabatda insonlar tafakkurida yuzaga keladigan tashkilot yoki boshqa ijtimoiy ob’yekt qiyofasidir. Pedagogik imidj - pedagogning ma’naviy-axloqiy qiyofasi bilan tashqi ko‘rinishi o‘rtasidagi o‘zaro uyg‘unlik va mutanosiblikdir. Tarbiyachining tashqi qiyofasini ifodalovchi madaniyati 1. Gavdani tutish-to‘g‘ri tutish(yurishda, o‘tirib turishda), qo‘llarning rahbar va xodimi stolida erkin holatda bo‘lishi, batartibligi, ixchamligi. 2. Kiyim- ozodaligi, shinam va bashangligi, kamtarligi, ranglarning mos holda tanlanishi, kiyimning ѐshiga va kasbiga mosligi, kiyimni modaga muvofiqligi, bijuteriya, taqinchoqlarning ko‘p va kamligi, ishiga mosligi. 3. Pardozning me’yordaligi, yoshi, kasbi va ishiga mosigi. 4. Soch turmagi (sochning ma’lum bir tartibliligi). 5. Pedagogning mimik va pantomimik ifodasi. Tarbiyachining pedagogik texnikasi tizimida mimik va pantomimik ifodalari ham muhim o‘rin tutadi. Pedagogning mimik va pantomimik ifodasi, tarbiyachining imo-ishorasida, ma’noli qarashlarida, rag‘batlantiruvchi yoki kinoyali tabassumida namoyon bo‘ladi va ular tarbiyachining pedagogik ta’sir ko‘rsatishida, bolalarga mashg‘ulotlarni ta’sirchan, qiziqarli, samarali va mazmunli o‘tish uchun puxta zamin tayyorlab beradi. 6.Mimika-his-hayajonning ifoda etishi, yuz mushaklarining, ma’noli harakatlarning so‘zlaѐtgan nuqtaga gapga mosligi. Mimika- bu o‘z fikrlarini, kayfiyati, holati, hissiѐtini tinglovchi bajaraѐtgan ishdan roziligi ѐki norizoligini bildirish maqsadida uchun yuz, qosh, ko‘z muskullarini harakatga keltira olish san’atidir. Ba’zan yuzning va nigohning ifodasi bolalarga katta tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatadi. Mimik harakatlar, ifodalar ma’lumotlarning hissiy ahamiyatini kuchaytirib, ularni chuqur o‘zlashtirish uchun imkon yaratadi. Bola pedagogga qarab uning kayfiyatini, munosabatini «o‘qib» oladilar. 7.Pantomimika- qo‘l, oyoq, gavda harakatlari: yurish, qadam tashlash, erkin harakat qilish, jestlar va boshqalar. Pantomimika – bu gavda, qo‘l, oyoq harakatidir. Tarbiyachi mashg‘ulotda o‘quv ma’lumotlarini bayon qilar ekan, gavda holati orqali ma’lumotlarning obrazini chizadi, bolalar bundan zavqlanadilar, ichki his-tuyg‘ulari, ularning tashqi hissiyotlari bilan qo‘shilib butun borliq ma’lumotlar mazmunini o‘zlashtirishga qaratiladi. Gavdani rost tutib yura bilish, fikrlarini aniq va to‘liq bayon qila turib qo‘l, boshni turli harakatlarga keltirish tarbiyachining o‘z bilimiga, kuchiga ishonchini anglatadi. Shuni ham unutmaslik kerakki, tarbiyachi bolalar oldida o‘zini tuta bilsa, harakatlarini tartibga keltira olsa, o‘quv-tarbiya jarayoni samarali bo‘ladi. Mashg‘ulotlar jarayonida oyoqlar 12-15 sm. oraliqda bir oyoq sal oldinga surilgan holda turish bu tarbiyachining o‘z fanini mukammal bilishi, uni tushuntira olishiga ishoradir. Международный научный журнал № 9 (100), часть 3 «Научный импульс» апреля , 2023 1446 Tarbiyachining ishoralari ma’noli bo‘lib, u ortiqcha harakatlardan xoli bo‘lmog‘i darkor. Masalan, keraksiz hollarda qo‘llari bilan imo-ishoralar qilish, boshini u-yoq-bu- yoqqa tashlash, oyoqlarini kerib o‘tirish va h.k. Bunday holatlar bolalarning g‘ashini keltiradi va o‘quv faniga, tarbiyachiga nisbatan hurmatsizlik his-tuyg‘ularini uyg‘otadi. Tarbiyachi guruhda yurgan paytida faqat oldin va orqaga qarab yurishi tavsiya etiladi. Chunki, agar u yon tomonlarga, ya’ni, u yondan, bu yonga yursa bolalar fikri bo‘linadi va ular tez charchab qoladilar. Old tomonga yurayotganida, tarbiyachi eng muhim voqealarni bayon qilishi lozim, chunki bunda bolalar tarbiyachini butun diqqatlari bilan eshitayotgan bo‘ladilar. Yuzi bolalarga teskari holda yurayotganda uncha ahamiyatga molik bo‘lmagan fikrlarni aytish, dalillar keltirish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Chunki, bu vaqtda bolalar bir oz erkin holatda o‘zlarini his qilayotgan bo‘ladilar. Buyuk rus pedagogi A.S.Makarenko aytganidek: «Tarbiyachi tashkil etishni, yurishni, hazillashishni, quvnoq, ѐki jahldor bo‘lishini bilishi lozim, U o‘zini shunday tutishi kerakki, uning har bir harakati tarbiyalasin va o‘qitsin». Bunday malakaga ega bo‘lgan pedagog o‘z- o‘zini nazorat qila oladi, pedagogik faoliyati davomida sog‘lom asab tizimini o‘zida tarbiyalay oladi, asabiylashishdan, hissiy va aqliy zo‘riqishlardan o‘zini asraydi. O‘z xatti - harakati, hissiy holatini nazorat qilishda pedagog, avvalo, o‘zida quyidagilarni shakllantirishi lozim: - hayrixohlik va optimizm ruhida bo‘lish; - o‘z hulqini nazorat qilish, (muskul zo‘riqishini, harakatini, nutq tempini, nafas olishini tartibga solish); - faoliyatni dam oldirish, ya’ni lirik, musiqaviy, yumoristik, jismoniy daqiqalarni yaratish; - o‘z - o‘ziga salbiy ta’sir ko‘rsatishning oldini olish va h. k. Shunday qilib, tarbiyachi yuqorida qayd etib o‘tilgan pedagogik texnika ko‘nikmalarini tarbiyalangan bo‘lsa, u bolalarni o‘qitish, tarbiyalash, va ularni shaxs sifatida kamol toptirish sohasida muvaffaqiyatga erishadi. Shunday qilib, shuni takidlash mumkinki, zamonaviy tarbiyachi bugungi kunda maxsus tayyorgarlikka muhtoj deya hisoblaymiz.Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi bolalarni o`qitish va har tomonlama puxta rivojlantirish uchun ushbu sohadagi eng yangi texnalogiyalarning sir -asrorlarigacha puxta egalashi zarur. Shuningdek, keng bilimdonlik yuksak rivojlangan intelekt va yuksak axloqiy madaniyaga ega bo`lishi kerak. Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling