Zamonaviy texnik qurilmalar tahlili kirish


Download 21.53 Kb.
Sana21.09.2023
Hajmi21.53 Kb.
#1683927
Bog'liq
Zamonaviy texnik qurilmalar tahlili kirish-fayllar.org (1)


Zamonaviy texnik qurilmalar tahlili kirish

Mavzu: ZAMONAVIY TEXNIK QURILMALAR TAHLILI


Kirish
Reja:
1.Axborot texnologiyalari va ularning turlari haqida o'rganib, tahlil qilish.
2.Multimedia texnologiyalari va ularning turlari haqida o'rganib, tahlil qilish.
3.Qisqacha nazariy ma'lumotlar
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish: Zamonaviy axborot texnologiyasi deganda, mavjud axborotlar negizida yangi sifatdagi axborotni olish jarayoni uchun uchun zarur bo'lgan vositalar va uslublar jamlanmasi tushuniladi.
Axborot texnologiyasining maqsadi - inson tomonidan tahlil qilish va uning asosida qandaydiy xatti-harakatlarni bajarish bo'yicha aniq qaror qabul qilish uchun zarur bo'lgan axborotni ishlab chiqarishdan iborat ekan.
Turli texnologiyalarni qo'llagan holda bitta moddiy resursning o'zidan bir nechta buyum yoki turli sifatdagi mahsulotlarni olish mumkin bo'lsa, bu holat axborotni qayta ishlash texnologiyalari uchun ham o'rinlidir.
Axborot texnologiyasi jamiyatning axborot resurslaridan foydalanish jarayonining eng muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Hozirgi vaqtga kelib u bir nechta evolyutsiya bosqichlaridan o'tdi, bu bosqichlarning almashinishi asosan ilmiy-texnika taraqqiyotining rivojlanishi, axborotni qayta ishlashning yangi texnik vositalari paydo bo'lishi bilan belgilanadi.
Shaxsiy kompyuter zamonaviy jamiyatda axborotni qayta ishlash texnologiyasining asosiy texnik vositasi bo'lib xizmat qiladi, u texnologik jarayonlarni qurish va foydalanish konsepsiyasiga ham, natijali axborot sifatiga ham jiddiy ta'sir o'tkazdi. Axborot sohasiga shaxsiy kompyuterni joriy etish va aloqaning telekommunikatsiya vositalari qo'llanishi axborot texnologiyalarining rivojlanishida yangi bosqichni belgilab berdi va oqibatda "yangi", "kompyuter" yoki "zamonaviy" sinonimlaridan birini qo'shish hisobiga uning nomini ham o'zgartirdi.
Keyingi paytlarda turli korxonalarda kichik nashriyotlar paydo bo’la boshladi. Kichik nashriyot deganda, shaxsiy kompyuter bazasida, turli tez chop qiluvchi va boshqa qo’shimcha qurilmalar orqali bosma mahsulotlari (kitob, oynoma, jurnal, broshyuralar, prospektlar va hokazo) chiqarish tushuniladi.Bunda bo’lajak bosma mahsulotlari kompyuterda tayyorlanadi, ya'ni kompyuter varaqlash, asl maketlash ishlari ham kompyuterda bajariladi.
Nashriyot sohasida ishlatiladigan matn muharrirlari shu soha uchun yaratilgan maxsus dasturlar bo’lib, ular kichik nashriyotlar yordamida gazeta- jurnallar, kitoblar, turli reklama mahsulotlari tayyorlashga mo’ljallangan.
1.
Kichik nashriyot deganda, shaxsiy kompyuter dasturiy texnik vositalari hamda turli- tuman chop qiluvchi va boshqa qo’shimcha qurilmalar orqali bosma mahsulotlar tayyorlash jarayoni tushuniladi. Bunda bo’lajak bosma mahsulotlar tayyorlanib, bu matnni terish, tekshirish va tahrirlashdan to maketlashgacha bo’lgan bosqichlarni o’z ichiga oladi. Keyinchalik maket lazer printerda bitta asl nusqada chop etib olinadi va undan so’ng tayyorlangan hujjatning maketi rizograf deb nomlanuvchi maxsus qurilma yordamida ko’paytiriladi. Kichik nashriyot , broshyuralovchi va kesuvchi qurilmalar bilan ham ta'minlangan.
Sifatli va asl maketlarni tayyorlash uchun bir qancha turdagi nashriyot tizimlaridan foydalanadi.
Ularga misol qilib Page Maker, Ventura Publisher, Post Script, QuarkXPress, TEX, LATEX nashriyot tizimlarini keltirishimiz mumkin.
Shulardan biri va keng miqyosda ishlatiladigani Page Maker dasturlar paketi kitoblar matnini terish, taxrirlash, ko’rib chiqish va chop qilishda juda qulay vosita hisoblanadi.
Ventura Publisher esa gazeta- jurnallar matnini terish va chop etishga mo’ljallangan. Uning yordamida matnni sahifalarga bo’lish, matn bo’laklarini zarur joylarga joylashtirish (Komponovka) va shunga o’xshash ushbu sohada ko’plab ishlatiladigan amallarni tez va q ulay amalga oshirishi mumkin. Turli formulali matnlarni (masalan, matematika, fizika, ximiya fanlariga oid) tayorlashda TEX va uning keyingi versiyalari bo’lgan LATEX tahrirlovchi dasturlardan keng miqyosda foydalaniladi.
Page Maker dasturi Page Maker Aldus Corporation firmasi tomonidan yaratilgan keng imkoniyatli va qulay dasturdir. Uning ishlashi Microsoft Windows operasion sistemasining to’liq versiyasi bo’lishini talab qiladi. Page Maker dasturi fayl va kataloglar bilan ishlaydi. Fayl nomi esa .pub kegaytmasi yordamida yoziladi. Shuni ham aytib o’tish kerakki, nashriyot tizimlarining asosiy vazifasi nashrni tayyorlashda tez takrorlanuvchi amallarni iloji boricha ko’proq darajada avtomatlashtirishdir.Ularning afzalligi esa nashr sahifasi va uning umumiy ko’rinishini tayyorlashdagi qulaylik hamda o’zgartirishlar kiritishning osonligi va vaqt tejalishidir. Nashr sahifasining umumiy ko’rinishini tayyorlashda xususiy kompyuterdan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Asl nusxa maketini bosib chiqarish uchun esa lazerli yoki post skript printeridan foydalanish ma'quldir. Matn va suratlar kompyuter xotirasiga oldindan kiritilishi lozim. Nashr asosiy elementlarini kompyuterda sarlashning asosiy afzalligi shundaki, matnni to’g’ridan-to’g’ri harf terish qurilmasiga berish mumkin, shunda matn bilan suratlarni mos joylarga qo’lda joylashtirishga ehtiyoj qolmaydi.
Page Maker Aldus Corporation firmasi tomonidan yaratilgan keng imkoniyatli, qulay nashriyot sistemasidir. AQSh firmasining Yevropa bo’limi 1989 yil sentyabr oyida Page Maker dasturining ruscha variantini e'lon qildi. Page Maker dasturining ishlashi uchun Microsoft Office dasturining to’liq versiyasi bo’lishi talab qilinadi. Shaxsiy kompyuterning operasion sistemasi bilan tanish bo’lgan foydalanuvchi diskning formatlash, fayl nusxasini hosil qilish, faylni o’chirish, uni bosib chiqarish yoki dasturni ishga tushirish buyruqlarini albatta bilishi kerak. Page Maker dasturi yordamida nashr sahifasini ekranda ko’rish va unga chop shgangunga qadar tegishli tuzatishlar kiritish mumkin, Barcha kerakli o’zgartirishlar kiritilagndan so’ng, asl nusxa maketi harf terish qurilmasiga uzatiladi yoki lazerli printerda bosib chiqariladi.
Har qanday hujjatni nashrga tayyorlashda quyidagi ishlarni bajarishga to’g’ri keladi:
1)Taxrirlangan qo’lyozma elementlarini oxirigacha tayyorlash;
2)Kerakli surat, belgi va chizmalarni yaratish va joylashtirish;
3)Original maket (asl nusxa) ni tayyorlash.
2.Elektron jadvallar va MBBT lar haqida ma’lumot .
2.
Elektron jadvallar inson xayotining xar xil soxasida uchraydigan, xisoblash va iqtisodiy , jumladan, berilganlarni tez o’zgartirib turuvchi masalalarni tezkor ravishda qayta ishlab chiqishda, masalan, bank xujjatlari bilan ishlash kabi keng ko’lamli masalalarni yechishda qo’llaniladigan uta kuvvatli vosita xisoblanadi. Хisoblash elektron jadvalining dastlabki dasturi 1979 yili Visicals (Visiblencalculators-ko’rinib turuvchi kalkulyator) nomi bilan Software Arts firmasida yaratilgan. Bu dastur Apple II kompyuteri uchun ishlab chiqilgan va ko’p jixatdan uning bozorda ommabobligi aniqlangan.1981 yili IBM PS kompyuteri paydo bo’lishi bilan bu tipdagi kompyuterlar uchun elektron jadvallar ishlab chiqila boshlandi.Visicals va Supercals dasturlarining yangi ko’rinishlari paydo bo’ldi, shu bilan birgalikda Microsoft - Multiplan firmasining birinchi amaliy dasturi paydo bo’ldi va u elektron jadvallar yangi avlodining yorqin yulduziga aylandi.

Хisoblashlar natijalarini ko’rgazmaliroq tasvirlash uchun joylashtirilgan grafik rejimlarining paydo bo’lishi bu elektron jadval rivojlanishining navbatdagi qadami b’ldi. 1983 yil LOTUS firmasining 1-2-3 paketlari chiqib, kutilgandan xam ziyodrok muvaffakiyatga erishdi. Ammo 1997 yil Microsoft firmasi tomonidan EXCEL dasturi taqdim etildi, u xozirgi kunda xam o’z sinfidagi eng quvvatli dastur xisoblanadi. Bu dastur ixtiyoriy axborotni (matnlar, sonlar, sana va hokazolarni) qayta ishlab chiqish va saqlash imkonini beribgina qolmasdan, balki qilgan ishingiz natijasini bezash, ko’rgazmaliroq ko’rsatish va chop etish imkoniyatini beradi.Bunda Win Word dasturidagi taxrirlash vositalardan foydalanish mumkin.EXCEL ning ommaviy imkoniyatlarini o’zlashtirish qiyin emas,ammo dasturning murakkabligi va imkoniyatlarining juda kengligi sababli , ular bilan tanishish uzoq davom etishi mumkin, binobarin, aynan ish jarayonida uning yangi-yangi imkoniyatlarini ko’rish mumkin. EXCEL bugungi kunda mashhur elektron dasturlash jadvallaridan biridir. Undan ishbilarmonlar,o’qimishli kishilar,xisobchilar va jurnalistlar foydalanadilar. U yordamida turli xildagi ro’yxatlar, kataloglar, jadvallar, moliyaviy va statik otchyotlar,jamoa fikrini xisobga olish biznes korxonalarni rejalashtirish, ilmiy eksperimentlar , prezentatsion materiallar tayyorlash mumkin. Хullas, YeХSEL qulay elektron jadvaldir. Jadvallarni jihozlash turli xil bo’ladi, formatlashda berilgan imkoniyatlar xuddi yaxshi tekst protsessordek, shriftlarni o’zgartirish mum-kin, rasm chizishni, qatorlar ajratishni, qatorli yoki aloxida yacheykalardagi tekstni rang bilan ko’pincha agar sizda rangli printer bo’lsa, ramkali va chiziqli, oblastlarni ranglash, berilgan jadvallarda grafik va diagramalar ko’rish, jadvallarda kartinkalar qo’ya bilish va hokazolarni bajarish mumkin. Shuni aytish lozimki, bu dastur xaddan tashqari kuchli,imkoniyatlari juda ko’p, ko’pincha oxirgi versiyalar (5.0 va 7.0 WINDOWS 95 uchun) mikesida berilgan. Biz, albatta o’zimizga kerakli bo’lgan tushunchalarni ko’rib chiqamiz, shuningdek, uning ishlash prinsipini xam, boshqa qolgan juda ko’p ma’lumotlarni kerakli vaqtda biz kengaytirilgan xolatdagi EXCEL sistemasidan qidirishimiz mumkin.



3.
Ko‘pgina masalalarni yechish asosida axborotlar yoki axborotlarni qayta ishlash yotadi. Axborotlarni qayta ishlashni yengillashtirish maksadida axborot tizimlari yaratiladi. Avtomatlashgan axborot tizimlari (AAT) (Axborot tizimlar AT) dеb, shunday tizimlarga aytamizki, ularning tarkibida tеxnik vositalar, jumladan shaxsiy kompyutеrlar ishtrok etadi. ATlarni kеng ma’noda axborotni qayta ishlaydigan ixtiyoriy tizimni tushunish mumkin. Tadbiq etish sohasiga qarab, ATlar ishlab chiqarish sohasida, talim sohasida, sog‘liqni saqlash sohasida, harbiy sohada va boshqa sohalarda ishlatiladigan tizimlarga ajratish mumkin. ATlarni maqsadli ishlatilishiga qarab bir qancha katеgoriyalarga ajratishimiz mumkin. , axborot qidiruv, axborot ma’lumotnoma va boshqa tizimlarga ajratiladi. ATlarning tor ma’noda ba’zi bir amaliy masalalarni yechishga ishlatiladigan apparat dasturiy vositalari majmuasini ham tushunamiz. Masalan, tashkilotlarda ishlatiladigan kadrlarni hisobga olish va kuzatish, omborxona yoki skladlardagi matеrial va tovarlarni hisobga olish va nazorat qilish, buxgaltеr masalarini yechish va boshqalar. ATlarni asosida ma’lumotlar bazasi yotadi. MB dеganda, ma’lumotlarni shunday o‘zaro bog‘langan to‘plamini tushunamizki, u mashina xotirasida saqlanib, maxsus ma’lumotlarni bazasini boshqarish tizimi dasturiy vositasi yordamida to‘ldirilishi, o‘zgartirilishi, takomillashtirilishi mumkin. Aniq ma’lumotlarni (masalani) hal qilishda inson rеal dunyoni u yoki bu sohasi bilan chеklanadi. Bunday hollarda faqat ba’zibir ob’еktlarni o‘rganishgina qiziqish o‘yg‘otadi. Bunday ob’еktlarni majmuasini prеdmеt soxa dеyiladi. Ob’еkt – bu ixtiyoriy prеdmеt, xodisa, tushuncha yoki jarayondir. Ma’lumot – bu uni ma’nosiga e’tibor bеrmay qaraladigan ixtiyoriy simvollar to‘plamidir. O‘zaro bog‘langan ma’lumotlar ma’lumotlar tizimi dеyiladi. Barcha ob’еktlar atributlari bilan xaraktеrlanadi. Masalan, ob’еkt sifatida fakultеt, kutubxona, kompyutеr va boshqalarni qarash mumkin. Jumladan, kompyutеr ob’еktini atributi sifatida hisoblash tеzligini , opеrativ xotira xajmi, o‘lchamlari va boshqalarni ko‘rish mumkin. Atributlarda saqlanadigan xabarlar ma’lumotlarni qiymatlari dеyiladi. Masalan, opеrativ xotira xajmi 128 MB, EHM hisoblash tеzligi sеkundiga 5 mln.ta amal. Atributning qiymatlari mavjudki, ular yordamida ob’еktlarni idеntifikatsiyalash mumkin. Bog‘langan atributlarni qiymatlarni birlashtirsak, ma’lumot yozuvlarni hosil qilamiz. Tartiblangan yozuvlarnig majmuasi ma’lumot fayli dеyiladi. Yozuv Fayl Ma’lumot elеmеnti, maydon, Ma’lumotlarni nomlangan eng kichik birligi ma’lumot elеmеntidir. U ko‘pincha maydon dеb aytiladi va bayt va bitlardan tashkil topadi. Ma’lumotlar agrеgati ma’lumot elеmеntini nomlangan to‘plamidir. Ma’lumotlar bazasini ishlatish afzalliklari. Ma’lumot bazasini administratori. MB administratori dеyilganda birorta shaxs yoki bir nеcha shaxslardan iborat bo‘lgan va MBni loyihalash, uzatish va samarador ishlashini ta’minlovchidir. Ma’lumotlar bazasi tushunchasi bilan ma’lumotlar banki tushunchasi ham mavjud (ishlatiladi).Ma’lumotlar banki (MBn) tushunchasi ikki xil talqin etiladi.
1. Hozirgi kunda ma’lumotlar markazlashmagan holda (ishchi o‘rinlarda) ShK yordamida qayta ishlanadi. Ilgari ular alohida xonalarda joylashgan EHM larda (hisoblash markazlarida (HM)) markazlashgan holda qayta ishlangan. XM lariga axborotlar tashqi qurilmalar orqali kеlib to‘plangan. Ma’lumotlar bazasi markazlashgani hisobiga ularni ma’lumotlar banki dеb atashgan. Bunda ma’lumotlarga murojat etish ishchi stansiyalardan markazlashgan xoldatashkil etilgan va shuning uchun ma’lumotlar banki bilan ma’lumotlar bazasi tushunchalari o‘rtasida farq qilingan. Hozirgi kunda ko‘p hollarda ma’lumotlar bazasi markazlashmagan holda tashkil kilinmokda. Shuning uchun ma’lumotlar banki va ma’lumotlar bazasi sinonim so’zlar sifatida xam ishlatiladi.
2. , ma’lumotlar banki dеyilganda ma’lumotlar bazasi uni boshqarish tizimi(MBBT) tushuniladi. Ma’lumot bazasi bilan ishlaydigan dasturni ilova (prilojеniе) dеb ataladi. Bitta ma’lumot bazasi bilan juda ko‘p ishlashi mumkin.
MB ni ishlatish afzalliklari:
- Ixchamligi;
- Axborotlarni qayta ishlash tеzligini oshishi;
- Kam mеxnat sarfi;
- Har doim yangi axborot olish imkoniyati;
- Ma’lumotlarni ortiqchaligini kamayishi.
3. Texnik multimedia vositalari haqida.
Multimediy vositalari (multimedia – ko’pvositalilik) - bu insonga o’zi uchun tabiiy muxit: tovush, video, grafika, matnlar, animatsiya va boshqalardan foydalanib, kompyuter bilan muloqatda bo’lishga imkon beruvchi texnik va dasturiy vositalar majmuidir. Multimedia - gurkirab rivojlanayotgan zamonaviy axborotlar texnologiyasidir. Uning ajralib turuvchi belgilariga quyi-dagilar kiradi:
- axborotning xilma-xil turlari: an'anaviy (matn, jadvallar, bezaklar va boshqalar), original (nutk, musika, videofilmlardan parchalar, telekadrlar, animatsiya va boshqalar) turlarini bir dasturiy maxsulotda integratsiyalaydi. Bun­day integratsiya axborotni ro’yxatdan o’tkazish va aks ettirishning turli kurilmalari: mikrofon, audio-tizimlar, optik kompaktdisklar, televizor, videomagnitafon, videokamera, elektron musiqiy asboblardan foydalanilgan holda kompyuter boshqaruvida bajariladi;
- muayyan vaqtdagi ish, o’z tabiatiga ko’ra statik bo’lgan matn , audio va videosignallar faqat vaqtning ma'lum oralig’ida ko’rib chiqiladi. Video va audio axborotlarni kompyuterda qayta ishlash va aks ettirish uchun markaziy protsessor tez harakatchanligi, ma'lumotlarni o’zatish shinasining o’tkazish qobiliyati, operativ (tezkor) va video-xotira katta sig’imli tashqi xotira (ommaviy xotira), hajm va kompyuter kirish-chiqish kanallari bo’yicha almashuvi tezligini taxminan ikki baravar oshirilishi talab etiladi;
- "inson-kompyuter" interaktiv mulokotining yangi darajasi, bunda muloqot jarayonida foydalanuvchi ancha keng va har tomonlama axborotlarni oladiki, mazkur xolat ta'lim, ish­lash yoki dam olish sharoitlarini yaxshilashga imkon beradi.
Multimedia vositalari asosida o’quvchilarga ta'lim berish va kadrlarni qayta tayyorlashni yo’lga qo’yish xozirgi kunning dolzarb masalalaridandir. Multimedia tushunchasi 90-yillar boshida xayotimizga kirib keldi. Uning o’zi nima degan savol tug’iladi? Ko’pgina mutaxassislar bu atamani turlicha tahlil qilishmoqda. Bizning fikrimizcha, multimedia - bu informatikaning dasturiy va texnikaviy vositalari asosida audio, video, matn, grafika va animatsiya (ob'yektlarining fazodagi xarakati) effektlari asosida o’quv materiallarini o’quvchilarga yetkazib berishning mujassamlangan xoldagi ko’rinishidir.
Rivojlangan mamlakatlarda o’qitishning bu usuli, xozirgi kunda ta'lim sohasi yo’nalishlari bo’yicha tatbiq, qilinmoqda. Xatto, xar bir oila multimedia vositalarisiz xordiq, chiqarmaydigan bo’lib koldi. Multimedia vositalarining 1981 yildagi yalpi oboroti 4 mlrd. AQSh dollarini tashkil qilgan bo’lsa, 1994 yili esa 16 mlrd. AQSh dollarini tashkil kildi. X,ozirgi kunda esa sotilayotgan har bir komp'yuterni multimedia vosi­talarisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Kompyuterlarning 70-yillarda ta'lim soxasida keng qo’llash yo’lida urinishlar zoye ketganligi, avvalombor, ular unumdorligining nixoyatda pastligi bilan bog’liq edi. Amaliyot shuni ko’rsatmoqdaki, multimedia ' vositalari asosida o’quvchilarni o’qitish ikki barobar unumlidir va vaqtdan yo’tish mumkin. Multimedia vositalari asosida bilim olishda 30 % gacha vaqtni tejash mumkin bo’lib, olingan bilimlar esa xotirada o’zoq muddat saqlanib qoladi. Agar o’quvchilar berilayotgan materiallarni ko’rish (video) asosida qabul qilsa, axborotni xotirada saqlab qolinishi 25-30 % oshadi. Bunga qo’shimcha sifatida o’quv materiallari audio, video va grafika ko’rinishda mujassamlashgan holda berilsa, materiallarni xotirada saqlab kolish 75 % ortadi. Bunga biz multimedia vositalari asosida chet tillarini o’rganish jarayenida yana bir bor ishonch xosil qildik.
Multimedia vositalari asosida o’quvchilarni o’qitish quyidagi afzalliklarga ega:
a) berilayotgan materiallarni chuqurroq, va mukammalroq o’zlashtirish imkoniyati bor;
b) ta'lim olishning yangi sohalari bilan yaqindan aloqa qilish ishtiyoqi yanada ortadi:
v) ta'lim olish , vaqtni te­jash imkoniyatiga erishish;
g) olingan bilimlar kishi xotirasida o’zoq muddat saqlanib, kerak bo’lganda amaliyotda qo’llash imkoniyatiga erishiladi.
Shuni aytib o’tish kerakki, kadrlarni qayta tayyorlash yo’lida Jaxon Valyuta Fondi, Umumjaxon banki, Yevropa Ittifoki komissiyasi kabi nufo’zli tashkilotlar katta tajribaga egadirlar.Biz bunga, ushbu tashkilotlar tomonidan tashkil qilingan semi­nar va konferensiyalarning ishtirokchisi sifatida yana bir bor ishonch xosil qildik. Avvalombor, o’quv jarayonida zamonaviy kom­pyuter texnologiyalaridan foydalanish taxsinga sazovordir.
O’z o’rnida, multimedia vositalaridan keng foydalanish yo’lida ayrim ob'yektiv muammolar ham mavjud. Bulardan eng asosiysi - o’quvchilar uchun kerak bo’lgan o’quv materiallarini, qonunlarni va boshqa ko’rsatmalarni qo’llanma qilib kompyuter dasturlarini ishlab chiqarishdir. Ishlab chiqilgan kompyuter dasturlarida multimedia elementlarini qo’llash esa, kompakt disklarni (lazer disklari) qo’llashni talab qiladi. Xozirgi kunda bunday ko’rinishdagi kompakt disklarni respublikamizda ishlab chiqarish imkoniyati yo’qdir. Bular ma'lum bir miqdordagi mablag’ni oldindan jalb etishni talab qiladi.
Bizning fikrimizcha, zamonaviy kompyuter texnolo­giyalaridan o’quvchilarga ta'lim berish va qayta tayyorlash jarayo­nida keng foydalanish, kelajakda yetuk va yuqori malakali mutaxassislarni kamol toptiradi.
2. Distant uslubi asosida o’quvchilarni o’qitish xozirgi kunning eng rivojlanib borayotgan yo’nalishlaridan bo’lib, o’qituvchi bilan o’quvchilar ma'lum bir masofada joylashgan holda ta'­lim berish tizimidir. O’qituvchi va o’quvchining ma'lum bir ma­sofada joylashganligi, o’qituvchini dars jarayonida kompyuterlar, sputnik aloqasi, kabel televideniyesi kabi vositalar asosida o’quv ishlarini tashkil qilishini talab qiladi. Zamo­naviy kompyuter texnologiyalarining tez rivojlanib borishi, ayniqsa, axborotlarni o’zatish kanallarini rivojlanishi te­lekommunikatsiya sohasiga o’ziga xos tarixiy o’zgarishlar kiritmoqda. Mamlakatimizdagi barcha o’quv yurtlarini va biznes bi­lan shug’ullanayotgan kompaniyalarni distant uslubi asosida birlashtirilsa, o’qitish jarayonini va tijorat ishlarini yanada yuqori pog’onaga olib chiqadi.Distant uslubi asosida o’qitish quyidagi texnologiyalarni o’z ichiga oladi:
Interaktiv texnologiyalar:
- audiokonferensiyalar ;
- videokonferensiyalar ;
- ish stolidagi videokonferensiyalar ;;
- ovoz kommunikatsiyalari ;
- ikki tomonlama sputnik aloqa ;
- virtual borliq ;
Nointeraktiv texnologiyalar:
- bosib chiqarilgan materiallar;
- audiokassetalar;
- videokassetalar;
- bir tomonlama sputnik aloqa;
- televizion va radio ko’rsatuvlari;
- disketa va CD-ROM lar.
Xulosa: Bizning fikrimizcha, zamonaviy kompyuter texnolo­giyalaridan o’quvchilarga ta'lim berish va qayta tayyorlash jarayo­nida keng foydalanish, kelajakda yetuk va yuqori malakali mutaxassislarni kamol toptiradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Google ijtimoiy tarmog’i
Fayllar orginal web sahifasi
http://fayllar.org
Download 21.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling