Uch fazali to’g’rilagichlar
Uch fazali to’g’rilagichlar katta va o’rtacha quvvatli quril-malarda qo’llaniladi. Bitta yarim davrli uch fazali to’g’rilagichning sxemasi 17.4-rasmda keltirilgan. Transformatorning ikkilamchi chulg’amlari yulduz usulida ulangan.
Ularning erkin uchlariga VD1, VD2, VD3 diodlar ulangan bo’ladi. Davrning 1/3 qismi davomida bitta fazaning kuchlanishi boshqalarga nisbatan yuqoriroq bo’ladi. SHuning uchun o’sha fazaga ulangan diod ochiq bo’lib, yuklanish orqali tok o’tkazadi. Davrning keyingi 1/3 qismi davomida boshqa diod ochiladi va hokazo. Tok va kuchlanishning grafiklari 17. 4-rasmda keltirilgan. To’g’rilagichning parametrlari:
1. To’g’rilangan tokning qiymati:
17.4-расм. Уч фазали битта ярим даврли тўғрилагич:
а) схема, б) фаза кучланишларнинг графиклари.
Har bitta dioddan tok davrining 1/3 qismi davomida o’tadi. SHuning uchun uning o’rtacha qiymati ga teng bo’ladi.
2. To’g’rilangan kuchlanish: (17.10)
- transformatorning ikkilamchi chulg’amidagi kuchlanishning effektiv qiymati.
3. Teskari kuchlanish: (17.10)
4. Pulslanish koeffitsienti: (17.12)
Tiristorli to’g’rilagich
Diodli to’g’rilagichlarda to’g’rilangan kuchlanishni rostlash uchun o’zgaruvchan tok zanjirida avtotransformator yoki to’g’rilangan tok zanjirida reostat yordamida kuchlanishni o’zgartirish kerak. Elektr energiya ko’p isrof bo’lgani uchun ikkala usulning foydali ish koeffitsienti past bo’ladi (ularda zamonaviy avtomatik rostlash sxemalarini qo’llash mumkin emas). SHu sababli, hozirda tiristorli boshqa-ruvchi to’g’rilagichlar juda keng tarqalgan (18.5-rasm).
17.5-расм. Тиристорли тўғрилагич:
а) схема, б) ток ва кучланишлари графиклари.
Oddiy to’g’rilagichlarda diodning ochilish payti musbat yarim davrning boshlanishiga to’g’ri keladi va tok yuklanishidan shu yarim davrning hamma vaqti davomida o’tadi. Tiristorli to’g’rilagichlarda esa tiristor faqat bosh-qaruvchi elektrodga impuls berilganda ochiladi. 17,5-rasmga qaraganda boshqaruvchi impuls kuchlanishning har bir yarim davrida vaqtga kechikib beriladi. SHuning uchun yuklanishdan tok butun yarim davrda emas, balki vaqt davomida o’tadi. Demak, to’g’rilangan tokning o’rtacha qiymati kamayadi. SHunday qilib, tiristorning boshqaruvchi elektrodga impulslarni har xil vaqtlarda berib yuklanishdan o’tayotgan tok va kuchlanishning o’rtacha qiymatlarini rostlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |