Zamonaviy texnika va texnologiyalar, avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish jarayonlari bu ma’lum bir tizimga solingan elektrotexnik va elektron qurilmalarning majmuasidir
Sinxron mashinalar Sinxron mashinalarini vazifalari
Download 0.81 Mb.
|
elektrotexnika yangi javoblar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sinsxron mashina Ularning tuzilishi va ishlash prinsipi.
- 1.Noayon qutbli, 2.Ayon qutbli.
Sinxron mashinalar Sinxron mashinalarini vazifalari. Sinxron mashinalar elektr energiyasi xosil qiluvchi generatorlar, dvigatellar va reaktiv quvvat kompensatorlari sifatida ko’p qo’laniladi. Barcha elektr mashinalari singari u xam qaytuvchanlik xossasiga ega. Bu dvigatelni xam 1889 – 91 yilarda M.O.Dolivo – Dobrovolskiy tomonidan o’zgaruvchan tok tizimlari yaratilgandan so’ng kashf qilingan. Sinxron mashinalar asosan barcha elektrostansiyalarda, uch fazali generatorlar sifatida ishlatilib kelinmoqda. Zamonaviy issiqlik elektrostansiyalarda quvvati 800 kVA va undan ortiq bo’lgan generatorlar o’rnatilgan. Gidravlik elektrostansiyalardagi generatorlarning quvvati bir – muncha kam bo’lib, 500 – 600 kVA ni tashkil qiladi. Atom elektrostansiyalarida esa bitta energiya blokining quvvati 1,5 mVA etadi. Bundan ko’rinib turibdiki atom energoblokining quvvati boshqalarnikiga nisbatan bir necha barobar katta ekan. Sinsxron mashina Ularning tuzilishi va ishlash prinsipi. O’zgaruvchan tok dvigatellari qo’zgalmas stator va aylanuvchi rotordan iborat. Sinxron dvigatellarni rotor chulgamiga o’zgarmas tok beriladi. Bu elektrodviga-tellarni stator chulg’amlarida esa o’zgaruvchan, EYUK induksiyalanadi va o’zgaruvchan tok oqadi. Demak stator va rotor ariqchalarida chulgamlar joylashgan bo’ladi. Dvigatelni stator chulg’amlari uch fazali tarmokka ulanganda aylanuvchi magnit maydoni xosil bo’ladi. Stator chulg’amlaridan oqqan tok xosil qilgan aylanuvchi magnit maydon rotor chulg’amlarini kesib o’tib ularda EYUK induksiyalaydi, natijada ulardan tok oqadi. Sinxron elektr mashinalari asosan ikki xil bo’ladi.1.Noayon qutbli, 2.Ayon qutbli. Aniq namoyon qutbli – ayon qutbli generatorlarning daigateli sifatida ko’pincha gidravlik turbina ishlatiladi. SHuning uchun bunday generatorlar gidrogeneratorlar – deb ataladi. Ularning aylanishlar tezligi 60 dan 750 ayl/min gacha oraliqda bo’ladi. Tezlikning bunday katta farqda o’zgarishi gidrostansiyalarda suvning bosimi va isrofining turlicha bo’lishi bilan bog’liqdir. Gidrogeneratorlarning qutblarinisoni gidroturbinaning tezligiga bog’liq xolda bir necha o’ntagacha bo’lishi mumkin. Masalan, turbinaning aylanishlar tezligi 75 ayl/min va standart chastotasi 50 Gs bo’lganda YAqqol ko’rinmaydigan – noayon qutbli sinxron mashinalar asosan rotorningaylanishlar tezligi ko’p bo’lgan 1500 ayl/min, 3000 ayl/min tezliklarda qo’llaniladi. Bunday mashina rotori konstruksiyasining qutblari bo’rtib chiqmagan qutb sifatida bo’lib, uyg’otish chulg’amlari joylashtiriladigan pazlar silindrsimon shaklda yasaladi. YAqqol ko’rinmaydigan qutbli sinxron mashinalarni birlamchi dvigateli sifatida bug’ turbinasi qo’llanilganligi uchun bu generatorlar – turbogeneratorlar deb ataladi. Sinxron dvigatellar quvvati bir –necha 10 000 kVA gacha yaqqol ko’rinmaydigan qutbli qilib ishlakb chiqariladi. YAqqol ko’rinadigan qutbli sinxron mashinalarni tayyorlash texnologiyasi xamda konstruksiyasining mexanik mustaxkamligini ularni aylanishlar tezligi 1000 ayl/min dan kam bo’lgan xollarda qo’llash tavsiya etiladi. Sinxron mashinalar ko’pincha generatorlar sifatida ishlatiladi. O’zgaruvchan tok generatorlarini xammasi deyarli istonosiz sinxron mashinalardir. Sinxron elektrodvigatellar asinxron elektrodvigatellarga qaraganda nisbatan kam ishlatiladi. Ular odatda birday quvvat va bir xil ish rejimida asinxron elektr dvigatellariga qaraganda tejamliroq bo’lgan xollardagina ishlatiladi. Katta quvvatli sinxron elektrodvigatellari xavo xaydovchi nasoslarda, fazalarni siljitish kompensatorlari sifatida va kichik quvvatlilari esa avtomatik boshqarish sistemalarini qismlarini xarakatga keltirishda qo’llaniladi.
Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling