Zamonaviy turarjoy majmuasning loyihalashda milliylikni ahamiyati


Turar joy (boshqa nomlari: uy-joy


Download 3.23 Mb.
bet5/21
Sana10.07.2023
Hajmi3.23 Mb.
#1659537
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Shamsuddinova diplom

Turar joy (boshqa nomlari: uy-joy, makon, istiqomatgoh) deb odam yoki boshqa hayvonlar istiqomat qiladigan inshootga aytiladi.[4][5]
Turar joyyashash maskani, boshpana joy, uyjoy binolari. Oila istiqomat qiladigan uy, oilaning maishiy hayoti oʻtadigan muhit. Turar joy ibtidoiy davrlardayoq taom tayyorlash, libos kiyish qatorida paydo boʻlgan. Turar joylar meʼmorliqsa eng koʻp tarqalgan inshoot turi boʻlib, boshqa turdagi inshootlarning shakllanishi va rivojlanishini koʻp jihatdan belgilab bergan. Turar joyning tashki va ichki shakllari, turlari va koʻrinishi jihatidan xilmaxilligi iklim, tabiiy geografik sharoit takrzosi, ijtimoiy munosabatlar xususiyati, iqtisodiy moddiyturmush darajasi, madaniy va milliy anʼanalarga bogʻliq holda rivojlanib, murakkablashib borgan. Turar joyning oddiy turlari qad. tosh davridan maʼlum. Turar joylar asrlar davomida togʻ gʻorlari, tabiatdagi oddiy boshpana bostirmalardan boshlab, zamonaviy koʻp qavatli uylargacha murakkab tarak, qiyot jarayonini bosib oʻtgan. Ayni vaqtda meʼmorlik shaklu shamoyili asosini taʼminlab kelgan.
Tosh davrida gor, chayla, yertoʻlalar turar joy vazifasini oʻtagan ( Ibtidoiy jamiyat). Inson oʻtroqlashgan sari turar joy shakli ham oʻzgara borgan, oʻrmonli joylarda yogʻoch uylar yuzaga kelgan (botqoq va suv bosadigan yerlarga yogoch, xoda qoqib, ustiga uy qurilgan). Iqlimi quruq, daraxt oʻsmaydigan dasht va togʻ etaklarida neolit davridan boshlab tosh, loy, xom gʻisht, guvala, somon kabi qurilish materiallaridan foydalanilgan. Osiyo va Afrikaning chorvachilik bilan shugʻullanadigan oʻlkalarida koʻchma turar joylar keng tarqalgan.
Chodir (hayvon terisi, matodan; Osiyoning jan. toglik hududlarida, eroniylar, arablar), oq uy, qora uyoʻtov, chayla, kapa, olachuq kabi (namat va yogʻochdan) mugʻul koʻchma uyjoylari ayniqsa koʻchmanchi turkiy qavmlarda keng qoʻllangan, hatto arava ustiga qurilgan koʻchik (koʻshk)lar Dashti Qipchoqsan Sharqiy Yevropagacha boʻlgan hududlarda kuzatilgan. Shimolida eskimoslarning turar joylari bugʻu terisi va muzdan qurilgan.
Jamiyatda tabaqalanish yuzaga kelgach Qadimgi Misr, Qadimgi Rim va Yunoniston qullarning sodda uy, kulbalari bilan bir qatorda kuldorlarning uyqoʻrgʻonlari, koʻp xonali qalʼalari barpo etilgan. Gʻarbiy Yevropa shaharlarida sinchkor faxverkli qurilmadagi Turar joylar hozirgacha saqlangan. Sharqiy slavyan (shu bilan birga rus, ukrain, belorus) va hududi ularga yaqin xalqlar (fin, eston, litva, rumin va boshqalar)da dastlab yogʻoch qalab qurilgan uylar (xata va boshqalar) keng tarqalgan. Kavkaz xalklarida togʻ qoyalari—terrasalarda loy va toshdan ustmaust qurilgan kulbalar, minorasimon koʻp qavatli uylar (Togʻli Dogʻiston va boshqalar) tarqalgan. Hindistonda turar joy xom va pishiq gʻishtdan, tomi yassi, baʼzan nishabli yasalib, ustiga poxol qamish, yirik barglar bosilgan. Sinchli yogʻoch yoki bambukdan somonli loy bilan suvalgan uylar ham boʻlgan. Sharqiy Osiyo mamlakatlarida (maye. shim. Xitoyda) sinchli, xom gʻishtli devor ustidan suvalib tomiga poxol, qamish bostirilgan. Tez-tez zilzila boʻlib turadigan joylarda asosan sinchkori yengil uylar koʻp qurilgan.
Uygʻonish davrida Italiya shaharlarida aslzodalarning saroy palatssolari, villalari, bogʻpark majmualari oʻziga xos meʼmoriy tizim va uslubga ega boʻlgan (Dojlar saroyi va boshqalar).
O‘zbek xalqining urf-odatlari asrlar bo‘yi o‘zbeklar millatining tashkil etopishida ishtirok etgan barcha qabilalar va elatlarning madaniy malakalari va an’analarining uyg‘unlashuvidagi murakkab jarayonlar oqibatida tarkib topgan. Ular o‘ta o‘ziga xos, yorqin va turli-tuman bo‘lib, urug‘chilik patriarxal munosabatlaridan kelib chiqadi. Urf-odatlarning ko‘pchiligi oilaviy hayotga oid bo‘lib, bolaning tug‘ilishi va tarbiyasi (beshik to‘yi, xatna qilish), nikoh (fotiha to‘yi, to‘y) bilan bog‘liq bo‘ladi. Ko‘pincha ular islom urf-odatlarining sehrgarlik amaliyoti bilan bog‘liq bo‘lgan undan ham qadimiyroq shakllarga uzviy kirib ketishini namoyon etadi. Islom qabul qilinganidan beri ko‘pgina oilaviy-maishiy urf-odatlar uning ta’sirida o‘zgargan, o‘zbeklarning hayotiga musulmon diiy marosimlari kirib kelgan. Juma kuni bayram kuni hisoblanadi va shu kuni barcha yig‘iladigan masjidda umumiy namoz (duo) o‘qiladi. Patriarxal urf-odatlar masjid, choyxonalar, bozorda o‘tadigan hamda faqat erkaklar ishtirok etadigan ijtimoiy hayotda hozirgacha ham yashamoqda. Milliy madaniyat va urf-odatlari ham turar uy-joylarining tuzilmasiga va xillariga ta‟sir qilgan. Iqlimi bir bo‘lgan janubdagi uy-joylar bir-biriga o‘xshab ketsa ham ular shu yerdagi yerli xalqning tarixiy madaniyat va urf-odatlariga qarab o‘zgarib borgan. Shuning uchun o‘zbek xalqining an‟anaviy turar-joylari o‘zining iqlim sharoitiga, madaniyat darajasiga, urf-odatlariga va badiiy an‟analariga moslashgan bo‘lgan. Turar-uy joylarining O‘zbekistonda qurilishi o‘zining tarixiy an‟anasiga ega. Uylar ikki xilda qurilgan: milliy va yevropa usulida. Bu uylar asosan shaxsiy hovlili uylar bo‘lgan. O‘zbekistonning har bir viloyati o‘ziga xos shu hudud sharoitiga moslashgan uylar qurgan. Bu uylar uch xilga bo‘lingan: Buxoro, Farg‘ona va Xiva uslubida qurilgan uylar.
Buxoro uylari feodal davrida juda kam rivojlangan bo‘lib, zich qurilishlarni tashkil etgan, ular ko‘chaga teskari, ya‟ni ko‘chadan ajratilgan holda hovli tarafga qaratib solingan xonalar bir-ikki qavatli bo‘lib, hovli atrofiga zich qurilgan va shunday qilib hovlida ko‘chaning issiq va changli havosiga qaraganda ancha yaxshi va salqinroq iqlim sharoiti hosil qilingan.
Xiva uylari ham yopiq fazoviy muhit shaklida, ya‟ni hovli atrofiga qurilgan bo‘lib, uning Buxorodagi uylardan farqi shundaki, uning tarxida ikki xil ayvon joylashgan. Bu ayvonlar bir-biriga qarama-qarshi joylashgan bo‘lib, shimol tarafga qaratib qurilgan ayvon balandroq bo‘lgan va u yoz mavsumida shimol tomondan esayotgan shamolni hovli tomon yo‘naltirib hovlilarga salqin havo hosil qilishga olib kelgan.
Farg‘ona uylari esa, Farg‘onaning go‘zal vodiylarida paydo bo‘lib, yopiq harakterini yo‘qotgan. U o‘zining tarxiy yechimida ichkari hovlisi yo‘q bo‘lib, ayvon orqali bog‘larga qaratilgan bo‘lgan. Farg‘ona vodiysida ayvon yoz oylarida asosiy xona bo‘lib xizmat qilgan. Farg‘ona vodiysi va Toshkent viloyatida ayvonlar oynavand bo‘lib, bu xildagi ayvonlar tashqaricha usul deb atalgan va aholi yil bo‘yi shu ayvonda istiqomat qilgan.

Download 3.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling