Zamonaviy turarjoy majmuasning loyihalashda milliylikni ahamiyati
Download 3.23 Mb.
|
Shamsuddinova diplom
KIRISHO‘zbekistonda yuz berayotgan siyosiy va ma’naviy rivojlanish, jamiyatni demokratlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnik taraqqiyot mamlakatimizdagi shaharsozlik sohasida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlarini jadal rivojlantirish imkoniyatini berdi. Shu bilan birga shaharsozlik sohasi ushbu zamonaviy bosqichda hududiy tizimlaming yangi masshtablari, rejalashtirish va kelajak istiqbollarining yangi loyihaviy muddatlari, shaharlami loyihalash va qurishning yangi muammolari bilan yuzma-yuz keldi. Bu esa yosh mutaxassislar - shaharsozlarni tayyorlashga yangicha yondashuvni talab etadi. Ular shaharsozlik sohasida barcha yutuq va kamchiliklami o‘rganib chiqib, oldingi tajribalar asosida malakaviy ko‘nikma va mahoratga ega bo‘lishlari lozim. Bu o‘z navbatida bozor iqtisodiyoti sharoitida rivojlanib borayotgan O‘zbekistonning yangi shaharsozlik strategiyasini hayotga tatbiq etish mezonidir. O‘zbekiston shaharlarining zamonaviy rivojlanishi to‘xtovsiz urbanizatsiya jarayonida amalga oshadi. Bu o‘z navbatida jamiyat hayotining barcha jabhalarida ko‘zga tashlanadi va shaharlar ahamiyatining o‘sib borayotganidan dalolat beradi. Urbanizatsiyaning o‘ziga xos tomoni bu, shahar aholisining katta va yirik shaharlarda to‘planishidir va bu jarayonning natijasi - yashash muhitining yangisini shakllantirish va eskisini rekonstruksiya qilish talabining oshishidir. Hududlami arxitekturaviy-rejaviy tashkil etish masalasi, ulardagi tabiiy-ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy muammolami yechishda shaharsozlik uslublarini qo‘llash zamonamizning dolzarb vazifasiga aylandi. Yashash muhitini shakllantirish butun shaharsozlik muammolari majmuasini hal etishga bog‘liq. Bu muammolar o‘zida shahar va uning yashash hududi (turar-joy majmuasini va kichik majmualar) rejaviy strukturasini mukammallashtirish, turar-joy va jamoat binolari, savdo va xizmat ko‘rsatuvchi markazlar loyihalarini zamonaviy va kelajak talablariga moslashtirgan holda loyihalashni aks ettiradi. Bitiruv malakaviy ishning obyekti. Turar-joy majmuasinini loyihalashtirish va qurishda eng muhim shartlardan biri shaharning arxitekturaviy-fazoviy kompozitsiyasini belgilab beruvchi ijtimoiy va shaharsozlik omillaridir. Turar-joy majmuasinini j.mksional-rejaviy tashkil etishda ijtimoiy talablar. Turar-joy majmuasi shahar yashash hududi rejaviy tuzilmasining asosiy elementi hisoblanadi va u shaharsozlikning ijtimoiy mazmunini tashkil etadi - aholi uchun maksimal qulayliklar yaratish va sanitar-gigiyenik me’yorlarga amal qilgan holda va qurilish iqtisodiyotini hisobga olgan holda qurilmalarning ko‘rimli arxitekturaviy manzarasini yaratishdir. Maksimal qulayliklar yaratib berish deganda, aholi uchun har tomonlama qulay muhitni yaratish ko‘zda tutiladi. Bu aholiga xizmat ko‘rsatuvchi madaniy-maishiy tashkilotlar - maktab, bog‘chalar, do‘konlar, kinoteatrlar, klublar, sport inshootlari va hokazolarning zamonaviy tizimini loyihalashdir, shuningdek, jamoat transporti, ko‘kalamzorlashtirish hamda mahalliy milliy-maishiy talablardan kelib chiqib, bo‘sh vaqtni o‘tkazish va marosimlar o‘tkazish joylari tizimini tashkil etishdir. Download 3.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling