Zamonaviy turarjoy majmuasning loyihalashda milliylikni ahamiyati
Jadvalda avtomobillar ochiq turargohini uylardan qancha mafofada bo‘lishi ko‘rsatilgan
Download 3.23 Mb.
|
Shamsuddinova diplom
Jadvalda avtomobillar ochiq turargohini uylardan qancha mafofada bo‘lishi ko‘rsatilgan
Besh qavatli va undan yuqori qavatli Turar-joy binolarda, qoidaga ko‘ra, ikki tasmali avtomobil yurish yo‘llari mavjud bo‘ladi, o‘rta qavatli uylarda esa bir tasmaali avtoyo‘laklarning joylashtirilishi ko‘zda tutiladi. Bir tasmali avtomobil o‘tish yo‘llarida eni 6 m va uzunligi 15 m bo‘lgan burilish maydonchalarini joylashtirish ko‘zda tutiladi, bu maydonchalarning orasidagi masofa 75 m.dan oshmasligi lozim. Fasad tomonida kirish joylariga ega bo‘lgan binolarning fasadlari chegarasida avtomobil o‘tish yo‘laklari 5,5 m. enlikda quriladi. Boshi berk avtoyo‘laklarning uzunligi 150 m.dan oshmasligi lozim va ular axlat tashuvchi mashinalar va yong‘in xavfsizligi mashinalarining burilib olishini ta’minlaydigan burilish maydonchalari bilan yakunlashishi lozim. Trotuarlar va velosiped yo‘lakchalari avtoyo‘lakchalari sathidan 15 sm balandlikda joylashtirilishi talab etiladi. Avtomobil yurish yo‘llari bu piyodalar yo‘lakchalarini loyihalashtirishda turar-joy binolari oldiga yong‘in xavfsizligi avtomashinalarining kirib kelishini ta’minlash taqozo etiladi va bunda albatta yong‘in xavfsizligi avto zinapoyalari yoki avto ko‘targichlarining istalgan xonadon yoki xonaga etib borishini ta’minlash ko‘zda tutiladi. Avtomobil o‘tish yo‘lining chetidan bino devorigacha bo‘lgan masofani 5m dan kam bo‘lmagan o‘lchamda qabul qilish taqozo etiladi (5 qavatgacha bo‘lgan binolar uchun). Bu zonaga to‘siqlarni joylashtirish va daraxtlarni qator qilib ekishga(o‘tqazish) ruxsat berilmaydi. Shahar, turar joy hududiga yoki alohida turar joy uyiga yer maydonini tanlash o‘ta mas’uliyatli ishdir. chunki bu yerda aholining yashashi uchun hamma shart-sharoit mavjud bo‘lishi va kelgusi avlodlaminp vashashlarini hisobga olish zarur. Shaharsozlik masalasi yuqori kursda alohida o‘tiladi. Shuning uchun, biz faqatgina shaharsozlikni alohida turar uy-joy uchun yer maydoni sathi balandroq, suv to‘planmaydigan, yerga suv shaxobchalari o‘tkazish va ko‘kalamzorlashtirish imkoniyatiga ega bolgan, undan tashqari sanoat va ishlab chiqarish korxonalaridan sanitariya-gigiyenik jihatdan uzoqroq masofada bo‘lishi kerak. Shuningdek, bino boshqa turar joy va jamoat binolaridan, ma’lum bir joyda joylashgan quyoshga nisbatan yaxshi qaratilgan bo‘lishi va yaxshi shamollatilishi kerak. Uy bundan tashqari ko‘cha shovqinidan ma’lum bir uzoq masofada joylashtirilishi, ko‘chaning qizil chizig‘idan ko‘kalamzor va shovqindan saqlanadigan to‘siqlar orqali ajratilishi kerak. Uyga avtomobil kirishi uchun yolakcha ajratilishi, bundan tashqari uy atrofi ko‘kalamzorlashtirilgan va suv o‘tkazilgan bolalar maydonchalari, kir quritadigan va sport maydonchalari, soyabonlar, kattalar dam oladigan joylar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. Bu O‘zbekiston tabiiy iqlim sharoitida muhim omillardan biridir. Yer sathi qo‘shni uylar bilan, tuman markazi bilan bog‘cha, maktab, savdo, madaniy va maishiy xizmat ko‘rsatish joylari bilan qulay bog‘langan bo‘lishi kerak. Download 3.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling