Zamonaviy turarjoy majmuasning loyihalashda milliylikni ahamiyati


Turar uy - joy qurilishida shaharsozlik talablari


Download 3.23 Mb.
bet6/21
Sana10.07.2023
Hajmi3.23 Mb.
#1659537
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Shamsuddinova diplom

1.2 Turar uy - joy qurilishida shaharsozlik talablari


Shahar, turar-joy hududiga yoki alohida turar-joy uyiga yer sathini tanlash o‘ta ma’suliyatli ishdir, chunki bu yerda aholining yashashi uchun hamma shartsharoitlar mavjud bo‘lishi va kelgusi avlodlarning yashashlarini hisobga olish zarur. Shaharsozlik masalari alohida asosiy kursda o‘tiladi. Shuning uchun, biz qator talablar bilan chegaralangan holda alohida turar uy joyini qurish uchun maydon tanlanadi. Ushbu tanlangan yer maydoni turar uy joy uchun yer sathi balandroq, ya’ni suv to‘planmaydigan, yerga suv shahobchalari o‘tkazish va ko‘kalamzorlashtirish imkoniyatiga ega bo‘lgan, undan tashqari sanoat va ishlab chiqarish korxonalaridan sanitariya - gigienik jihatdan uzoqroq masofada bo‘lishi kerak.
Shuningdek, bino boshqa turar-joy va jamoat binolaridan uzoqroq masofada joylashishini, quyoshga nisbatan yaxshi oriyentatsiyada bo‘lishi va tabiiy shamollatilishini ta’minlamoq lozim. Turar-joy uyi bundan tashqari ko‘cha shovqinidan, transport harakatidan muhofazalangan bo‘lishi kerak. Turar-joy binolarini shahar va qishloq hududlarida joylashtirishni shaharsozlik loyihasi bo‘yicha SHNK 2.07.01ning talablariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
Ommaviy uy-joy qurilish uchun 4-qavatdan baland bo‘lmagan; Oqvalashtirilmagan (kanalizatsiyalashtirilmagan) shahar va qishloqlarda 1-2 qavatli binolar qo‘llanilishi lozim.
9-12 qavatli binolar yirik shaharlarninng markazida qurish uchun qo‘llash mumkin; 16 qavatli binolar maxsus (alohida) asoslar bo‘yicha va Davarxitektqurilishning ruxsati bo‘yicha qo‘llaniladi. Ommaviy uy-joy qurilish uchun 4-qavatdan baland bo‘lmagan; kanalizatsiyalashtirilmagan shahar va qishloqlarda 1-2 qavatli binolar qo‘llanilishi lozim.
Turar - joy kompleksining ko‘kalamzorlashtiriladigan hududining yuzasini 6m 2 kishi dan kam bo‘lmagan yuzada qabul qilish taqozo etiladi. Ko‘kalamzorlashtiriladigan hudud maydoniga shuningdek, katta yoshli kishilar uchun mo‘ljallangan dam olish maydonchalari, bolalarga mo‘ljallangan o‘yin maydonchalari va piyodalar yo‘lakchalari (agar bu yo‘lakchalarning yuzasi ko‘kalamzorlashtiriladigan hududning – 30% dan kamrog‘ini egallasa) ham kiritiladi.
Birinchi qavatda xonadonlarga ega bo‘lgan turar-joy binolarini qoidaga ko‘ra qizil chiziqdan ancha chetroqda joylashtirish taqozo etiladi. Qizil chiziq bo‘yicha ijtimoiy vazifalarni bajaruvchi xonalari birinchi qavatga ichki qurilgan yoki birinchi qavatga qo‘shib qurilgan binolarni joylashtirishga ruxsat beriladi.

Maydonchalar

Maydonchalarning solishtirma yuzasi m2/kishi

Maydonchalardagi turar-joy uylarining derazalaridan jamoat binolarigacha bo‘lgan masofa, m

Maktabgacha yoshdagi va boshlang‘ich maktab bolalari uchun mo‘ljallangan o‘yin maydonchalari Katta yoshli aholi uchun dam olish maydonchalari Badantarbiya uchun mo‘ljallangan maydonchalari Xo‘jalik ehtiyojlar va sayr qildirishga mo‘ljallangan maydonchalar

0,7
0,1
2,0
0,3

12
10
10-40
20 (xo‘jalik ehtiyojlari uchun)

Avtomashinalar turish maydonchalari

0,8

Tepadagi jadval bo‘yicha

Izoh. Badan-tarbiya maydonchalaridan turar-joy uylarining derazalaridan jamoat binolarigacha bo‘lgan masofa bu maydonchalarning shovqin harakteristikalariga bog‘liq ravishda o‘rnatiladi; choyshablarni quritishga mo‘ljallangan maydonchalardan turar-joy uylari va jamoat binolarigacha bo‘lgan masofa me’yorlashtirilmaydi, maishiy axlat to‘planadigan maydonchalardan badan-tarbiya maydonchalarigacha, bolalar o‘yin maydonchalaridan katta yoshli aholi guruhlarining dam olish maydonchalarigacha bo‘lgan masofani 20m dan kam bo‘lmagan o‘lchamda qabul qilish taqozo etiladi. Xo‘jalik maqsadlarida foydalaniladigan maydonchalardan turar-joy uyining eng uzoqdagi kirish joyigacha bo‘lgan masofa 100m.dan oshmasligi lozim.
Agar yashash xonalari derazadan derazaga qarab kuzatmaslik ta’minlangan hollarda insolyatsiya va yoritilganlik me’yorlariga rioya qilingan holda yuqorida ko‘rsatilgan masofalarni qisqartirish mumkin. Olov bardoshligi birinchi va ikkinchi darajada bo‘lgan turar-joy binolari orasidagi yong‘in xavfsizligi masofasi 6 m.dan kam bo‘lmasligi lozim.
Turar-joy kompleksi hududi chegarasida garajlarni (yer usti va yer osti) va shaxsiy yengil avtomobillarni ularning hisobiy sonining 80% dan kam bo‘lmagan sonini doimiy joylashtirish uchun ochiq avtomobil turar-joylarini ko‘zda tutish taqozo etiladi. Mashinalar uchun parkli o‘rinlar sonini avtomobillar bilan ta’minlashning perspektiv darajasini hisobga olgan holda – har bir xonadonga bitta mashina to‘g‘ri kelishidan kelib chiqqan holda qabul qilish lozim. Yengil avtomobillarning yer osti garajlariga tushish va ulardan chiqish joylari yashash xonalarining derazalaridan kamida 15 m uzoqlikda bo‘lishi talab etiladi.

Download 3.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling