Zarafshon shahar 12- umumta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi To‘xtaeva Marhabo Keldiyorovnaning


Download 72.55 Kb.
bet4/5
Sana05.05.2023
Hajmi72.55 Kb.
#1431089
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ona tili va o\'qish savodxonligi darslarida ta\'limiy-didaktik o\'yinlar

«Pochtachi» ta’limiy o‘yini.
Bunda o‘quvchilardan biri pochtachi sifatida sinfga kirib keladi va
o‘quvchilarga bittadan surat solingan xatjild topshiradi. Har bir o‘quvchi qo‘lidagi suratda nimalar tasvirlanganligini so‘zlab beradi. Boshqa o‘quvchilar o‘rtoqlarining hikoya davomida nechta so‘zdan foydalanganini sanab boradi. So‘zlardan ko‘p va o‘rinli foydalangan o‘quvchi g‘olib sanaladi.
O‘qituvchi:
Demak, so‘zlardan biz nima hosil qilishimiz mumkin ekan?
– So‘zlardan gaplar tuziladi.
– Gaplardan nima tuziladi?
– Hikoya yoki matn.
Anvarning dadasi mohir duradgor. Ravshan aka yasagan deraza va
romlariga hammaning havasi keladi. Anvar katta bo‘lsa dadasiga o‘xshab
duradgor usta bo‘lmoqchi. U o‘z qo‘llari bilan qushlarga in yasadi.
Shundan so‘ng matn yuzasidan qisqacha savol-javob o‘tkaziladi:
– tuzgan hikoyangiz nechta gapdan iborat?
– 4 ta gapdan.
– Hikoyani qanday bayon qildingiz?
– Og‘zaki.
Bu o‘yin orqali o‘qituvchi istalgan mavzuni o‘quvchilarga tushintirishida foydalanishi mumkin. Xuddi shu usulni yana boshqacha qilib quyidagi “Hikoya ” ta’limiy o‘yinida ko‘rib o‘tishimiz mumkin.
«Hikoya» ta’limiy o‘yini
Topshiriq asosida har bir gapdagi so‘zlar aralash holda doskaga yoziladi yoki qog‘ozda yozilgan so‘zlar doskaga yopishtiriladi. O‘quvchilar shu so‘zlar ishtirokida gap tuzadi. Har bir qatorga alohida vazifa beriladi, so‘ng jamlanadi.
Masalan: istaydi, Anvar, bo‘lishni, rassom.
1-qator: Anvar rassom bo‘lishni istaydi.
2-qator: chizdi, osmon, rasmini, dala, u, ko‘m-ko‘k, beg‘ubor.
U ko‘m-ko‘k dala, beg‘ubor osmon rasmini chizdi.
3-qator: yoqdi, o‘rtoqlariga, rasm.
Rasm o‘rtoqlariga yoqdi.
O‘qituvchi o‘quvchilarga quyidagi savollar bilan murojaat etadi:
– Anvar haqida nimalarni bilib oldingiz? Siz qanday nutq o‘qidingiz?
O‘quvchilarning yozganlari tekshirilib boriladi.
Mana sizlarga ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida qo‘llash mumkin bo‘lgan ta’limiy-didaktik o‘yinlardan namunalar berdik. Ona tili va o‘qish savodxonligi fanini o‘qitishda bugungi kun Milliy dasturda ham asosiy e’tibor quyidagilarga qaratilmoqda. Bularga : oʻqib tushunish, tinglab tushunish, nutq soʻzlash va yozish hamda grammatik savodxonlikni shakllantirishga qaratiladi.
Ta’lim jarayonida o‘quvchilar voqea-hodisalarni kuzatish, anglash, qiyoslash, analiz va sintez
qilishga o‘rgatish orqali ijodiy va tanqidiy tafakkurini, fikrlash doirasini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. Ona tili va o‘qish savodxonligi fani ushbu maqsadlarni amalga oshirishga xizmat qiladi. Darslar davomida esa biz o‘qituvchilardan mana shu talablarni kengroq amalga oshirish uchun juda katta mahorat, izlanuvchanlik, o‘quvchini ta’lim jarayonida turli didaktik o‘yinlardan foydalanib darsga qiziqtirish talab etiladi. Biz bilamizki, ona tili va o‘qish savodxonligi fanini o‘qitishda quyidagi tamoyillarga tayaniladi: tilning muloqot vazifasi birlamchidir. Shuningdek, integrativ, faoliyatga yo‘naltirilgan, onglilik, kashfiyotchilik, farqli va tanqidiy yondashuvlar e’tiborda bo‘lishi lozim. Matnni o‘qish orqali ham grammatika, ham uning qo‘llanishini o‘rgatishga asoslaniladi. Grammatik savodxonlik doirasida o‘quvchining so‘z boyligini oshirish, so‘zlarning ma’no nozikliklari, farq va o‘xshashliklarini his qilish va anglab yetish, bexato talaffuz qilish va yozish, so‘zlarni bog‘lab gap, gaplardan esa matn tuza olish, birikmalardagi ma’noviy va grammatik, matndagi mantiqiy xatoliklarni topish va tuzatish, o‘zgalar fikrini to‘g‘ri anglash, bir fikrni turli shaklda ifodalash, nutq vaziyatini to‘g‘ri baholash va til imkoniyatlaridan unga mos ravishda foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish va malakasini o‘stirishga e’tibor qaratiladi. Mana shulardan kelib chiqib mazkur metodik qo‘llanmada ham ana shunday tamoyillarga alohida e’tibor qaratilgandir.

Download 72.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling