Zararsizlantirish turlari va usullari Reja
Download 25.58 Kb.
|
6. Zararsizlantirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Degazatsiya
- Dezaktivatsiya
- Sterilizatsiya
Degazatsiya (gaz) 1) zaharlangan joylar, inshootlar, harbiy texnika, jangovar qurollar, oziq-ovqat, havo, suv va b.ni zararsizlantirish. Degazatsiya qiluvchi moddalar sifatida xlorli ohak, kalsiy gipoxlorit, xloraminning har xil konsentratsiyalari, ishkrrli tuzlar qoʻllanilishi mumkin. Zaharlangan joy xlorli ohak bilan degazatsiya qilinadi, ayrim hollarda esa tuproq yoki qorning zaharlangan qatlami olib tashlanadi. Kiyim-boshlar issiq qavo yordamida, jangovar texnika va harbiy qurollar xloramin va ishqorli eritmalarni purkash yoʻli bilan yoki yuvuvchi eritmalar (benzin, kerosin, spirt) da degazatsiya qilinadi. Xonalarni zaharli moddalar bugʻi va gazlardan xoli qilish uchun ular shamollatiladi. Degazatsiyada maxsus mashina va asboblar, oddiy suv sepish mashinalari, greyderlar, gidropult lar qoʻllanilishi mumkin;
2) metallurgiyada — vakuumda ishlov berish yoʻli bilan suyuq metallar tarkibidagi gazlarni chiqarib yuborish. Kovshli, sirkulyasion va b. usullari bor; 3) foydali qazilmalar qatlamlari va atrofdagi jinslar orasidan zararli gazlarni tabiiy yoki sunʼiy usullar bilan chiqarib yuborish. Konlarga gaz toʻplanib qolishining oldini olish uchun bajariladi: 4) qishloq xoʻjaligida — fumigatsiyaning soʻng zaharli gaz va bugʻ qoldiqlarini yoʻqotish. Havoning quruq va x.aroratning yuqori boʻlishi degazatsiyani tezlashtiradi. Degazatsiya aktiv va passiv usulda bajariladi. Aktiv degazatsiya don va don quritgichlar yordamida yoki quyosh taftida shopirib quritish bilan amalga oshiriladi. Passiv degazatsiyada esa fumigatsiya qilingan don, chigit va b. mahsulotlardan gaz tamoman uchib ketmaguniga qadar ularga tegilmaydi, mahsulotlar saqlanadigan omborda derazalar ochilib, yelvizak hosil qilinadi. Binoda brommetil bor-yoʻqligini aniqlash uchun atsetil lampasi, sham, gugurtni yondirib polga yaqinlashtiriladi, agar olov oʻchmasa yoki rangi oʻzgarmasa degazatsiya nihoyasiga yetgan hisoblanadi. Dezaktivatsiya (dez.va lot. activus — taʼsirchan) — radioaktiv zarralar bilan zaharlangan obʼyektlar (suv, oziq-ovqat, kiyim-bosh, tuproq, bino va inshootlar, texnika, qurol-yarogʻlar)ni radioaktiv iflosliklardan tozalash; ommaviy shikastlash vositalaridan himoya qilishning bir usuli. Suv maxsus filtrlash (suzish) qurilmalari b-n, texnika maxsus mashinalar va asboblar yordamida yuvuvchi kimyoviy moddalar bilan dezaktivatsiyalanadi va h.k. Dezaktivatsiya samarasi radiometr bilan tekshirib turiladi. Atom elektr styalarida, yadro reaktorlarida falokat yuz berganda, dushman yadro quroli ishlatganda va b. favqulodda holatlarda ishlatiladi. Sterilizatsiya - turli moddalar, xirurgiya asboblari, bogʻlov materiallari, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqalarni mikroorganizmlardan butunlay tozalash. Tibbiyotda aseptikaning muhim usullaridan. Sterilizatsiya fizik va kimyoviy usullar yordamida amalga oshiriladi. Fizik usullarga termik (issiqlik) va nur bilan sterilizatsiya qilish kiradi. Kimyoviy sterilizatsiya sovuq sterilizatsiya deb ham yuritiladi, bunda sunʼiy materiallar yoki issiqlikka chidamsiz asboblar mikroblarni oʻddirish taʼsiriga ega boʻlgan kimyoviy moddalar yordamida sterilizatsiya qilinadi. Download 25.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling