Zardushtiylikda xudolar va ma'budalar talqini
Download 195.03 Kb. Pdf ko'rish
|
Zardushtiylikda xudolar va ma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Document Outline
Zardushtiylikda xudolar va ma'budalar talqini E.Mirzayev – Tarix fani o’qituvchisi Ibtidoiy odamlar qadim o'tmishda tabiat xodisalari oldidagi ojizliklari, ularni tushunmasliklari tufayli va ana shu sir-sinoatni yechimini topish maqsadida turli ibtidoiy din ko'rinishlarini o'zlari uchun kashf etdilar. Shu sababdan turli xaqlar ko'p yillar mobaynida ko'p xudolik asosida e'tiqod qilib, shu asnoda qirg'ibrabotlar, bosqinchilarni keltirib chiqarilgan. Shu sababdan ularni bir g'oyaviy e'tiqodga keltirish, turli nizolarni xal etish, turli qabilalarni birlashtirish yo'li bilan ularni ilk buyuk davlatchilik g'oyasi atrofida uyushtirish zaruriyati tug'ildi. Bu zaruriyat dastlabki yakkaxudolik dini – zardushtiylik faoliyatida aks etdi. Zardusht yoki Zaratushtra eroncha so'z bo'lib, dishtra – tuya, zarat – sariq ya'ni keksa tuyachi ma'nosini anglatadi. U ko'p xudolik tasavvuriga, tabiat xodisalariga qarshi chiqib, yakkaxudolik – Axrumazda diniga e'tiqod qilishni targ'ib. Buning uchun u Gatlar deb atalgan, qo'shiq qilib aytishga mo'ljallangan me'yorlar yaratadi. Be she'rlar zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto”da jamlangan. Xozirgacha “Avesto”ning bizgacha 4 kitobi yetib kelgan. Zardushtiylik ta'limotiga ko'ra olam va barcha insoniyat hayotining asosida yovuzlik va ezgulik o'rtasidagi azaliy kurash yotadi. Bu kurash ezgulik xudosi Axriman o'rtasida bo'lib, oxir oqibat ezgulikning yovuzlik, yorug'likning zulmat ustidan g'alaba qozonish bilan yakunlanadi. Zardushtiylik dini yakkaxudolik dini bo'lsada, lekin “Avesto” orqali bizga undagi ko'pgina xudolar nomi yetib kelgan. Bu din ta'limotiga ko'ra, xudo Axuramazda “Oliy ibtidodir”. Axuramazda (oxura – xo'jayin, ega, mazda – idrokli, bilimdon) tartibni saqlovchi osmon xudosi, yorug'lik va ezgulik xudosi xisoblanadi. U hamma mavjudodni yaratuvchi va Oliy boshqaruvchi Oliy Ruhdir. Axuramazda o'ziga eng yaqin yorqin 7 ta yordamchilarni yaratdi: 1. Vaxu Manax (ezgu fikr) poda va chorvani boshqargan. 2. Asha Vaxishta (yuksak haqiqat) olovni boshqargan. 3. Xshatra Varya (munosib qudrat, hokimiyat) ma'danlarni boshqargan. 4. Siyenta Armati (muqaddas itoat) yerni boshqargan. 5. Harvatat (salomatlik) suvlari boshqargan. 6. Ameretat (boqiylik) o'simliklar dunyosini boshqargan. 7. Xurdod – komillikdir. Axriman ham o'z navbatida devlardan iborat zulmat qo'shinini, urushlar, ochlik, kasallik, adovat va boshqa yovuz kuchlarni yaratdi. Zardushtiylik dinida yerdagi birinchi mavjudod Iyim tarzida tilga olinadi. U eroniylarning ilk podshosi bo'lib, uch yuz qish xukmronlik qilgan. Shu davr ichida uning yerida o'simlklar, qushlar, hayvonlar, chorva va odamlar shu qadar ko'payib ketganki, turar joy qolmay, yerga og'irlik tushgan. Yima o'z odamlarini yangi makon izlab, quyosh yo'li bilan janubga boshlagan va u yerda 600 yil xukmronlik qilgan. Yana aholi ko'payib zich bo'lganidan, Yima o'z kishilarini 900 yil davomida asta-sekin janub tomonga ko'chirib, o'zi orzu qilgan Arkanam Vaejoga yetadi. Arxeologik tadqiqotlarning ma'lumot berishicha bu mamlakat ko'xna Xorazm sanaladi. Yyimga Axuramazda oltin nayza va oltin qamchi sovg'a qilgan. Yer torlik qilib qolgan paytda Yyim oltin nayzani yerga sanchib, xudo Axuramazdadan yerni kengaytirishni so'ragan. Iyim jasoratidan mag'rurlanib ketib, xudo man etgan qoramol go'shtini iste'mol qilib qo'ygan. Oqibat u xudoning qarg'ishiga uchrab, odamzod abadiylikdan maxrum bo'ladi. Shu paytdan boshlab Anxra Maynyu (Axriman) Axuramazda tanasidan ajralib chiqib, yovuzliklar o'ylab topishga tutinadi. “Zardushtiylikning qadimgi Markaziy Osiyo xind-eron xudolari obrazidan kelib chiqqanligini xisobga olsak, ilk xudolar Varuna va Mitra obrazlarini uchrashi diqqatga sazovor. Bu juftlikda Varuna jamiyat ahloqiy tartibotlarini jamiyat ahloqiy tartibotlarini buzgan kishilar o'rtasiagi ahd va do'stlik xudosi sifatida tasvirlanadi. Zardushlikda esa Varuna obrazini Axuramazda (donishmadn xudo) sifati bidan ulug'laydi. Uni butun koinot va jonli mavjudodni yaratgan yagona xudo sifatida gavdalantiriladi”_. Murosasiz kurashlar oqibatida Axuramazda Axrimanni yengach, insoniyat birikib, yagona tilda so'zlashadi, tinchlik o'rnatiladi. Ammo jannatiy xayot o'rnatilishidan oldin qiyomat qoyim bo'lib Durj (tartibsizlik, yolg'on ruhi) tarafdorlari, do'zaxga, Arta (haqiqat, tartibot ruhi) tarafdorlari esa ziyo saltanatiga ravona bo'ladilar. Shuningdek kimki Aramati (tinchlik) bilan do'stlashsa, o'sha Axuramazda va Arta saltanatiga tushadi. Girihmalar zardusht dini dushmani bo'lib ohiratda ular do'zaxga tushadi. Zardushtiylikda olov, suv, xaoma, guasi, Urvana ibodatiga bog'liq xudolar va tabiat kuchlarini ifodalovchi ma'budalar ham mavjud bo'lgan. Bulardan Osmon va Zam nomi moviy osmon va yer ma'budalari, Xvar va Max nomli Quyosh va Oy ma'budalari diqqatga sazovor. Yuqoridagi ma'budalar Xorazm etimologiyasi bilan bog'lab ko'rilsa, Xvar (oftob), Zam (yer) nomlaridan kelib chiqqanligini faraz qilish mumkin _. Suv, yer va xosildorlik xudosi Anaxita singari Xorazm obidolarida qadah ko'targan bog'bon, jimjima jiyakli kamzul va burmali ko'ylak kiygan, bir qo'lida ko'zacha, ikkinchisida qadah ushlagan ayol haykalchalari ko'plab topilgan. S.P. Tolstov fikricha, bu ayol siymosida xosildorlik ma'budasi, vinochilik xudosi Mino obrazi tasvirlangan bo'lishi mumkin. Bu xaykalchalardagi ayollarning serxasham kiyim kiyishi, bir qo'lini ko'kragiga qo'yib, ikkinchi qo'lida qo'shquloq idish tutgan xaykalcha diqqatga sazovor. Bu esa Xorazmda har yili yig'im-terim vaqtida, xuddi yunonlardagi Dionois sharafiga aysh-ishrat bayramiga o'xshash bayram o'tkazilgan bo'lishi mumkin degan fikrga olib keladi. Shuningdek Ardvisur (daryo va suv xudosi), Ashi (taqdir va baxt xudosi) kabi xudolar “Avesto”ning Yasht (qasida) kitobida tarannum etiladi. Zardusht ta'limotining ulug'ligi shundaki, u har bir kishiga tanlash imkonini beradi, ya'ni har kim yovuzlikni yo'q qilish, ezgulik xukmron bo'lishi uchun kurashda qatnashadi. Ezgulik yovuzlik ustidan g'alaba qilganda yerda ilgari insoniyat tarixida bo'lmagan jannat – oltin asr tiklanadi. Unda sovuq ham, jazirama issiq ham, qarshilik ham, o'lim ham bo'lmaydi. Document Outline
Download 195.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling